calendar 25 Sep 13:15
eye 10
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shaxmat Olimpiadasi sovrindorlariga “BYD Chazor” beriladi. Ular yana qancha pul mukofoti oladi?

image
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan 45-butunjahon shaxmat Olimpiadasida bronza medallarni qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston erkaklar jamoasi aʼzolari 'Prezident sovgʻasi' sifatida 'BYD Chazor' rusumidagi avtomobillar hamda pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olingan sportchilarimiz Olimpiadada munosib ishtirok etib, faxrli 3-oʻrinni egallashgandi. Kumush medallarga ega chiqqan AQSH Oʻzbekiston termasidan faqatgina qoʻshimcha koeffitsiyentlar evaziga ustun kelgan.

Qizlar terma jamoasi esa yakuniy jadvalda 12-pogʻonani band etdi. Oʻzbekiston terma jamoasi qoʻshimcha koʻrsatkichlar evaziga Xitoy, Ukraina, Polsha, Bolgariya, Argentinadan ortda qoldi. Aytish kerakki, qizlarimiz Oʻzbekiston tarixidagi eng yaxshi natijalarini koʻrsata olishdi.

Shuningdek, taxtalar kesimida 1-taxtada Nodirbek Abdusattorov 2-oʻrin va kumush medalni, 4-taxtada Shamsiddin Vohidov 1-oʻrin va oltin medalni qoʻlga kiritdi. Qizlar oʻrtasida esa 4-taxtada Nodira Nodirjonova 3-oʻrin va bronza medalni qoʻlga kiritgandi.

Shaxmatchilarimizga topshiriladigan pul miqdori ochiq maʼlum qilinmagan boʻlsa-da, Shavkat Mirziyoyevning 'Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi qaroriga muvofiq BHMning 500 barobarida mukofot puli berilishi kerak. Bazaviy hisoblash miqdori 375 ming soʻmligini hisobga olsak, shaxmatchi yigitlarimizga 187 million 500 ming soʻm miqdoridagi mukofot puli beriladi.

Avvalroq, 2024-yilning qolgan davrida 500 ming aholi kambagʻallikdan chiqarilishi haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:44
 
69
0
xs.uz

Svetlana Osipova finalga yoʻl oldi

Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Svetlana Osipova (-67 kg)''Parij-2024' yozgi Olimpiya oʻyinlarining final bosqichiga yoʻl oldi.Murosasiz kechgan yarim final'bahsida yurtdoshimiz janubiy koreyalik Li Dabin ustidan gʻalaba qozondi.Қайд этиш керакки, ҳамюртимиз дастлаб Кот-дъивуар вакиласи Астан Батилини 2:1, иккинчи баҳсда эса учинчи рақамда сараланган британия

19 Aug 07:04
 
42
0
xs.uz

Mbappe “Real” uchun gol urgan oʻyinda UYEFA Superkubogiga ega chiqdi

'Real Madrid' soʻnggi anʼanaviy UYEFA Superkubogida Italiyaning 'Atalanta' klubi ustidan ishonchli gʻalaba qozondi.Birinchi boʻlimda zerikarli oʻyin boʻlgan boʻlsa-da, ikkinchi boʻlim 'Real'ning ustunligida davom etdi. 59-daqiqada ajoyib 'solo' yurishidan soʻng Vinisius Juniorning uzatmasini Valverde golga aylantirdi. 68-daqiqada esa 'qaymoqranglilar' safida debyutini oʻtkazgan Kilian Mbappe dastlabki golini urdi.Qolgan daqiqalarda darvozalar ishgʻol etilmadi va 'Real' UYEFA Superkubo

24 Aug 17:27
 
27
0
xs.uz

Ronalduning kanali YouTubehtml5-dom-document-internal-entity2-039-endda rekord “urdi”

Bunday qisqa vaqt ichida bir million tahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endqibchi yigʻgan futbolchini YouTube ham tabrikladi.Ushbu xabar yozilayotgan vaqt (22-avgust, soat 03:16)da kanal obunachilari soni 8,18 millionni tashkil etayotgandi. Bu raqamlar juda tez oʻzgarmoqda...Aytish joiz, ijtimoiy tarmoqlarda ancha faol boʻlgan sportchi ayni vaqtda Instagram platformasida ham obunachilar soni boʻyicha mutlaq rekordchi hisoblanadi. Ronalduni hozirda Instagramʻda 636 million obunachi ta

14 Aug 06:38
 
60
0
xs.uz

Endi navbat paralimpiadachilarga: 65 nafar sportchi bilan 113 ta litsenziya boʻyicha “Parij-2024”da kurash olib boradi

Bugun Olimpiya shon-shuhrati muzeyida mamlakatimiz sport delegatsiyasini 'Parij-2024' XVII yozgi Paralimpiada oʻyinlariga tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Bosh Vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov maʼlum qildi.Qayd etish kerakki, bu galgi Paralimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik sikli avvalgilariga qaraganda ancha farqli boʻlgan va Oʻzbekiston delegatsiyasidan katta natijalar kutilmoqda.Rasmiy kuzatish marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov soʻzga