calendar 19 Jul 16:16
eye 77
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiyalik jangchi aeroportda sayyohni kaltakladi

image

Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Larkin Vnukovo aeroportida sayyohni kaltakladi. Bu haqda “Mash” Telegram sahifasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, sportchi erkak sayyohga hujum qilgan. Sayyoh va uning oilasi sportchi va do‘stlariga VIP yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan golf mashinasiga chiqishga xalaqit bergan.

Qayd etilishicha, dastlab tomonlar o‘rtasida og‘zaki nizo kelib chiqqan, biroq keyinchalik Larkin mushtlarini ishlatgan. Jangchi bilan birga aeroport xodimi ham mushtlashuvda ishtirok etgan.

Larkin haydovchi bilan birga hibsga olingan va tushuntirish berilganidan keyin qo‘yib yuborilgan. Shuningdek, Aleksandrning do‘stlari huquq-tartibot idoralari xodimlari kelguniga qadar jo‘nab ketgan.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 21:54
 
110
0
qalampir.uz

Parijdan yana bir “qovun”. Ochilish marosimida Olimpiya bayrog‘i teskari ko‘tarildi

Parijda bo‘lib o‘tgan XXXIII Olimpiadaning ochilish marosimida Olimpiya bayrog‘i adashib, teskari ko‘rinishda ko‘tarildi. Marosimning badiiy qismi va delegatsiyalar ishtirokidagi parad yakunlangach, tadbir oxirida tashkilotchilar adashib Olimpiada bayrog‘ini “oyog‘ini osmondan qilib” ko‘tardi. Bu holat esa butun dunyo sport muxlis va mutasaddilarining muhokamasiga sabab bo‘lmoqda.  Ko‘pgina xorij nashrlari bu holatni sharmandalik deb qayd etdi. 

26 Jul 10:19
 
32
0
qalampir.uz

“Barselona” futbolchisi faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin

Qatarning “Al-Sadd” futbol klubi Ispaniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi, germaniyalik Ilkay Gyundoganga transfer taklifi bilan chiqdi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi. Futbolchining ispan klubi bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi va yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.  Qayd etilishicha, “Barselona” moliyaviy qiyinchiliklar tufayli nemis futbolchisini sotish taklifini ko‘rib chiqmoqchi.

11 Jul 15:12
 
90
0
xs.uz

Rustam Qosimjonov “Rustam Qosimjonov kubogi”da kuchli uchlikka ham kira olmadi

Toshkentda 8-9-iyul kunlari 'Rustam Qosimjonov kubogi ' 2024' musobaqasi boʻlib oʻtdi. Musobaqaning mukofot jamgʻarmasi 50 ming AQSH dollarini tashkil etgan. Musobaqaning vaqt nazorati 'Rapid 15+10' shaklida boʻlib, Nodirbek Abdusattorov 6.5 ochko bilan gʻolib boʻldi. Ikkinchi oʻrinni Javohir Sindorov 6 ochko bilan, uchinchi oʻrinni esa eronlik shaxmatchi Parham Maghsoodloo 5.5 ochko bilan qoʻlga kiritdi. Rustam Qosimjonov esa oʻzining nomi bilan atalgan turnirda atigi 5.5 ochko bila