calendar 27 Jul 21:54
eye 112
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Parijdan yana bir “qovun”. Ochilish marosimida Olimpiya bayrog‘i teskari ko‘tarildi

image

Parijda bo‘lib o‘tgan XXXIII Olimpiadaning ochilish marosimida Olimpiya bayrog‘i adashib, teskari ko‘rinishda ko‘tarildi.

Marosimning badiiy qismi va delegatsiyalar ishtirokidagi parad yakunlangach, tadbir oxirida tashkilotchilar adashib Olimpiada bayrog‘ini “oyog‘ini osmondan qilib” ko‘tardi. Bu holat esa butun dunyo sport muxlis va mutasaddilarining muhokamasiga sabab bo‘lmoqda. 

Ko‘pgina xorij nashrlari bu holatni sharmandalik deb qayd etdi. 

Qayd etish joiz, Olimpiya bayrog‘ini ko‘tarish marosimning asosiy voqeliklaridan biri hisoblanadi. Bayroq ko‘tarilgandan so‘ng Olimpiya madhiyasi ijro etiladi. 

Ma’lumot uchun, Olimpiada o‘yinlari 11 avgustga qadar davom etadi. Sportchilar 32 tur bo‘yicha 329 ta medallar shodasi uchun bahs olib boradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 15:38
 
44
0
xs.uz

Ruslan Abdullayev meksikalik bokschiga imkoniyat qoldirmadi

Qayd etish kerakki, boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ruslan Abdullayev ham Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli start oldi.-63,5 kg vazn toifasida ilk jangini oʻtkazgan Abdullayev meksikalik Migel Ramiresni katta ustunlik bilan magʻlub etdi. Shu tariqa sportchimiz chorak finalga yoʻl oldi. Endi u 1-avgust kuni yarim final yoʻllanmasi uchun ringga koʻtariladi.Avvalroq, oʻzbekistonlik sportchilar juftligi akademik eshkak eshish boʻyicha finalda ishtirok eta

11 Aug 03:44
 
31
0
xs.uz

Bahodir Jalolov ikki karra Olimpiada chempioni!

+92 kg vazn toifasida bellashuvlarda qatnashgan bokschimiz finalda hamyurtimizga Ispaniya vakili Ayyub Gadfaga qarshi ringga chiqdi.Qiyin kechgan bahsda 'Big Uzbek' ('Katta Oʻzbek') nomini olgan yurtdoshimiz raqibidan har tomonlama ustunlik qildi va bellashuvni oʻz foydasiga hal qildi ' 5:0.Bu Bahodirning yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ikkinchi oltin medali hisoblanadi. Mahoratli bokschimiz 'Tokio-2020'da ham barcha raqiblaridan ustun kelgandi.Bahodir Jalolov Parij Olimpiadasining 1/8 finalida

22 Jul 18:33
 
63
0
qalampir.uz

Hozir bor e’tibor Madrimov bilan jangga qaratilgan – Kroufordning murabbiyi

Terens Kroufordning murabbiyi Brayan Makintayr shogirdi supero‘rta vazn toifasida WBA yo‘nalishi chempioni Isroil Madrimovni mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng ikki vazn toifasiga yuqoriga ko‘tarilib, supero‘rta vazn toifasidagi jangchi Saul Alvares bilan jang qilishiga ishonchi komil. Bu haqda Makintayr “Boxing247”ga bergan intervyusida aytdi. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, ularning jamoasi vazn farqiga qaramay, bu jangni qabul qilishga tayyor, ammo so‘nggi qaror

26 Jul 10:19
 
30
0
qalampir.uz

Olimpiada vaqtida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Fransiya politsiyasi Olimpiya o‘yinlari paytida vaziyatni beqarorlashtirishga urinishda gumon qilingan rossiyalikni qo‘lga oldi. Bu haqda “France-Presse” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, 23 iyul kuni Olimpiada o‘yinlari vaqtida terakt uyushtirishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan.  Fransiya hukumati 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida teraktlar sodir etilishi xavfidan o‘z xavotirini bildirdi. “23 iyul kuni Fransiyada adovat qo‘zg‘atish maqsadida xo