calendar 11 Aug 03:44
eye 32
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bahodir Jalolov ikki karra Olimpiada chempioni!

image
+92 kg vazn toifasida bellashuvlarda qatnashgan bokschimiz finalda hamyurtimizga Ispaniya vakili Ayyub Gadfaga qarshi ringga chiqdi.

Qiyin kechgan bahsda 'Big Uzbek' ('Katta Oʻzbek') nomini olgan yurtdoshimiz raqibidan har tomonlama ustunlik qildi va bellashuvni oʻz foydasiga hal qildi ' 5:0.

Bu Bahodirning yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ikkinchi oltin medali hisoblanadi. Mahoratli bokschimiz 'Tokio-2020'da ham barcha raqiblaridan ustun kelgandi.

Bahodir Jalolov Parij Olimpiadasining 1/8 finalida norvegiyalik Omar Shixani, 1/4 finalda esa avstraliyalik Teremoana Teremoanani, yarim finalda esa germaniyalik Nelvi Tiafak magʻlubiyatga uchratgandi.

Bahodir Jalolov Isomiddin oʻgʻli 1994-yil 8-iyulda Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. U 2019 va 2023-yillarda oʻtkazilgan jahon, 2017, 2019 va 2021-yillarda tashkil etilgan Osiyo chempionatlaridan oltin medallarni qoʻlga kiritgan. 2022-yilda oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarida ham unga teng keladigan raqib topilmagan.

Avvalroq,''Tokio-2020' gʻolibi Akbar Joʻrayev 'Parij-2024'da kumush medaliga ega chiqqandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 18:33
 
63
0
qalampir.uz

Hozir bor e’tibor Madrimov bilan jangga qaratilgan – Kroufordning murabbiyi

Terens Kroufordning murabbiyi Brayan Makintayr shogirdi supero‘rta vazn toifasida WBA yo‘nalishi chempioni Isroil Madrimovni mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng ikki vazn toifasiga yuqoriga ko‘tarilib, supero‘rta vazn toifasidagi jangchi Saul Alvares bilan jang qilishiga ishonchi komil. Bu haqda Makintayr “Boxing247”ga bergan intervyusida aytdi. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, ularning jamoasi vazn farqiga qaramay, bu jangni qabul qilishga tayyor, ammo so‘nggi qaror

11 Aug 03:44
 
83
0
xs.uz

Akbar Joʻrayev kumush medal sohibi!

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz ishtiroklarini davom ettirmoqda.Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Akbar Joʻrayev 'Parij-2024' yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirok etdi.Erkaklar oʻrtasida +102 kg vazn toifasida qatnashayotgan hamyurtimiz oʻzining dast koʻtarishdagi chiqishlarini 185 kg vazn bilan yakunlagandi.Siltab koʻtarish bahslarida esa Akbar Joʻrayev 219 kg natija qayd etdi. Yurtdoshimiz shu tariq

26 Jul 10:19
 
35
0
qalampir.uz

Kichik xatolar evaziga imkoniyatni boy berdik – Eldor Shomurodov

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Olimpiada guruh bosqichi 1-turi doirasidagi Ispaniyaga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. “Raqibdan kelib chiqib aytishim mumkinki, birinchi o‘yinni yomon o‘tkazmadik. Kichik xatolar evaziga imkoniyatni boy berdik. Birinchi vazifamiz avvalo guruhdan chiqish hisoblanadi. Ispaniyani mag‘lub eta olmagan bo‘lsak ham, qolgan raqiblar bilan bahslarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Hozircha hech narsa

24 Aug 17:27
 
25
0
xs.uz

Oʻzbekiston yana bir Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi

18,19,20-avgust kunlari Samarqand shahrida ITKF Karate-do boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.Qayd etilishicha, 18-avgust kuni chempionatning rasmiy ochilish marosimi oʻtkazildi. Unda 18 dan ortiq davlatlar ishtirok etdi.Chempionat: 6-8 yosh ' bolalar va qizlar, 9-13 yosh ' yoshlar va qizlar, 14-18 yosh ' oʻsmirlar va oʻsmir qizlar, 19-21+ kattalar va ayollar, 40+ faxriylar oʻrtasida oʻtkazildi.Umumiy hisobda:1-oʻrin Oʻzbekiston2-oʻrin Tojikiston3-oʻrin Turkmaniston.Jamoaviy kume