calendar 11 Aug 03:44
eye 83
comments 0
comments Manba: xs.uz

Akbar Joʻrayev kumush medal sohibi!

image
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz ishtiroklarini davom ettirmoqda.

Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Akbar Joʻrayev 'Parij-2024' yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirok etdi.

Erkaklar oʻrtasida +102 kg vazn toifasida qatnashayotgan hamyurtimiz oʻzining dast koʻtarishdagi chiqishlarini 185 kg vazn bilan yakunlagandi.

Siltab koʻtarish bahslarida esa Akbar Joʻrayev 219 kg natija qayd etdi. Yurtdoshimiz shu tariqa xitoylik sportchidan soʻng 2-oʻrin bilan yakunladi. Uning umumiy natijasi 404 kg boʻldi va 1-oʻrindan 2 kgga kamroq boʻldi.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Akbar Xusnidilla oʻgʻli Joʻrayev 1999-yil 8-oktyabrda Toshkent viloyati Gʻazalkent shahrida tavallud topgan. Akbar 109 kg vazn toifasida 'Osiyo chempionati ' 2019' kumush medali sovrindori, 2019-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi hisoblanadi. U 2020-yil Tokioda Olimpiada chempioni boʻlgandi.

Bungacha Hasanboy Doʻsmatov va Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev 'Parij-2024'ning boks bellashuvlarida oltin medallarni qoʻlga kiritgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
55
0
qalampir.uz

Mashhur Amerika nashri O‘zbekiston Olimpiadada nechta medal olishini taxmin qildi

Amerikaning “Sports Illustrated” jurnali 75 ta litsenziya bo‘yicha Parij Olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasini musobaqalarda 12 ta medalga ega chiqishini taxmin qildi. Jurnaldagi taxminlarga ko‘ra, o‘zbek bokschilaridan Hasanboy Do‘smatov, Bahodir Jalolov va Abdumalik Xalokov o‘z vazn toifalarida Olimpiada chempioni bo‘ladi. -71 kg vaznda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev kumush, -92 kg da esa Lazizbek Mullajonov bronza medalni qo‘lga kiritishi

26 Jul 10:19
 
41
0
qalampir.uz

“Real Madrid” yana bir rekord o‘rnatdi

“Real Madrid” bir mavsumda daromadi 1 milliard yevrodan oshgan birinchi futbol klubi bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Futbolchi transferlarini hisobga olmaganda, “Real Madrid”ning daromadi 1,073 milliard yevroni tashkil etdi. Bu moliyaviy yil davomida klubning sof foydasi taxminan 16 million yevroni tashkil qildi. 2023/24 yilgi mavsum yakunida “Real” Yevropa Chempionlar ligasi, Ispaniya chempionati va mamlakat Superkubogini qo‘lga k

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

“Barselona” futbolchisi faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin

Qatarning “Al-Sadd” futbol klubi Ispaniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi, germaniyalik Ilkay Gyundoganga transfer taklifi bilan chiqdi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi. Futbolchining ispan klubi bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi va yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.  Qayd etilishicha, “Barselona” moliyaviy qiyinchiliklar tufayli nemis futbolchisini sotish taklifini ko‘rib chiqmoqchi.

19 Jul 18:14
 
78
0
xs.uz

“EA Sports FC 25” muqovasidan qaysi futbolchi joy olishi maʼlum boʻldi. U Messi ham, Ronaldu ham, Mbappe ham emas (Video)

Shu tariqa 'Qirollik klubi' yulduzi 'EA Sports' tarixidagi global muqova yuzidan joy olayotgan eng yosh futbolchiga aylanmoqda. Ayni paytda u 21 yoshda. Muqovada Bellingem oʻtgan aprel oyida 'Barselona'ga qarshi oʻyinda urgan golini nishonlayotgani tasvirlangan.Bellingem, shuningdek, Devid Bekxem, Zinedin Zidan, Janluiji Buffon, va Aytana Bonmati kabi mashhur oʻyinchilar bilan birga oʻyinning 'Ultimate Edition' muqovasida ham boʻladi. Jud oʻzining hayajonini bildirib, ushbu oʻyinni oʻyna