calendar 26 Jul 10:19
eye 56
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mashhur Amerika nashri O‘zbekiston Olimpiadada nechta medal olishini taxmin qildi

image

Amerikaning “Sports Illustrated” jurnali 75 ta litsenziya bo‘yicha Parij Olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasini musobaqalarda 12 ta medalga ega chiqishini taxmin qildi.

Jurnaldagi taxminlarga ko‘ra, o‘zbek bokschilaridan Hasanboy Do‘smatov, Bahodir Jalolov va Abdumalik Xalokov o‘z vazn toifalarida Olimpiada chempioni bo‘ladi. -71 kg vaznda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev kumush, -92 kg da esa Lazizbek Mullajonov bronza medalni qo‘lga kiritishi kutilmoqda. 

Nashr tomonidan O‘zbekistonga eng ko‘p medal olib keladigan sport turlaridan biri sifatida dzyudo taxmin qilinmoqda. Dzyudochilar Dilshodbek Baratov, Muzaffarbek To‘raboyev, Alisher Yusupov va Diyora Keldiyorova o‘z vaznida bronza medalni qo‘lga kiritishi kutilyapti,biroq QALAMPIR.UZ'ga ma’lum bo‘lishicha -60 kg vaznda Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini Dilshodbek Baratov emas, Doston Ro‘ziyev himoya qiladi. Davlat Bobonovning esa kumush medal uchun imkoniyatlari yuqori baholanyapti.

Taekvondochilardan Tokio-2020 Olimpiadasi g‘olibi Ulug‘bek Rashidov bronza, Svetlana Osipova esa kumush medal egasi bo‘ladi deb qayd etilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
36
0
qalampir.uz

Sportchilar Olimpiya shaharchasida ovqat yetishmasligidan norozi bo‘lmoqda

Sportchilar Parij-2024 Olimpiya shaharchasida oziq-ovqat yetishmasligidan shikoyat qildi. Bu haqda “L'Equipe”  xabar berdi. Manbaga ko‘ra, tashkilotchilar iste’mol mahsulotlari hamma uchun yetarli bo‘lishini ta’minlash uchun ba’zi turdagi oziq-ovqatlarni ratsionga kiritishlari kerak. Misol uchun, sportchilar tovuq tuxumining kamligi va boshqa ba’zi mahsulotlarni yetkazish tezligidan shikoyat qilmoqda. Olimpiya shaharchasida faoliyat yurituvchi “Sodexo

20 Jul 15:10
 
62
0
qalampir.uz

“Real” Raboni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Adriyen Rabo Madridning “Real” klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda “La Gazzeta dello Sport” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, 29 yoshli futbolchiga “qaymoqranglilar” hamon qiziqish bildirilmoqda. Hozirda Madrid klubidan Raboga taklif bor. Rabo 2012 yilda PSJdagi debyutini “Real”ning amaldagi ustozi Karlo Anchelotti qo‘l ostida o‘tkazgan. Adriyenga Italiyaning “Milan” klubi ham qiziqmoqda. &l

26 Jul 10:19
 
42
0
qalampir.uz

“Liverpul” sobiq “Real” a’zosi uchun 60 million yevro to‘lashga tayyor

“Real Sosedad”ning 23 yoshli vingeri Takefusa Kubo faoliyatini Angliyaning “Liverpul” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS xabar berdi Manbaga ko‘ra, ingliz klubi yaponiyalik futbolchining “Real Sosedad” bilan shartnomasida sotib olish variantini faollashtirishga tayyor, buning uchun “qizillar” rahbariyati allaqachon Kubo bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.  Qayd etilishicha, “Real

11 Aug 03:44
 
51
0
xs.uz

Oʻzbekistonlik sportchi 42 kmlik marafonda finishga yetib kela olmadi

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz ishtiroklarini davom ettirmoqda.Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Shohruh Davlatov 'Parij-2024' yozgi Olimpida oʻyinlaridagi ishtirokini yakunladi.Erkaklar oʻrtasida 42 km 195 metr masofaga kechgan marafonda qatnashgan hamyurtimiz finishgacha yetib kela olmadi.Hamyurtimiz Shohruh Davlatov 30-kilometrdan soʻng oʻzini yomon his qilgani bois trassadan chetga chiqdi va finishgac