calendar 26 Jul 10:19
eye 36
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Barselona” futbolchisi faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin

image

Qatarning “Al-Sadd” futbol klubi Ispaniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi, germaniyalik Ilkay Gyundoganga transfer taklifi bilan chiqdi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.

Futbolchining ispan klubi bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi va yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin. 

Qayd etilishicha, “Barselona” moliyaviy qiyinchiliklar tufayli nemis futbolchisini sotish taklifini ko‘rib chiqmoqchi.

Germaniyada bo‘lib o‘tgan so‘nggi Yevropa chempionatida Gyundogan terma jamoa tarkibida 5 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Germaniya terma jamoasi Yevropa chempionatining chorak finalida Ispaniyaga qo‘shimcha bo‘limlarda mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi.

Gyundogan 33 yoshda va 2023 yildan buyon ispan klubida o‘ynamoqda. U erkin agent sifatida “Barselona”ga o‘tgandi. Faoliyati davomida futbolchi Angliyaning “Manchester Siti” jamoasida o‘ynagan. Jamoa tarkibida u besh marta Angliya chempioni bo‘lgan, ikki marta mamlakat kubogi va superkubogini qo‘lga kiritgan. Ilkay “shaharliklar” safida Yevropa Chempionlar ligasida ham g‘olib chiqqan. 

Gyundogan Germaniya terma jamoasi tarkibida 82 uchrashuvda maydonga tushib, 19 gol urgan, 9 golga assistentlik qilgan va 2012 yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sohibiga aylandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

28 Jul 20:20
 
142
0
qalampir.uz

Parij–2024: Diyora Keldiyorova amaldagi chempionni mag‘lub etdi (video)

Fransiyaning Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida dzyudo sport turi bo‘yicha o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova yaponiyalik amaldagi Olimpiya chempionini mag‘lub qildi. Dzyudo bahslarida Diyora Keldiyorova 52 kg vazn toifasida birinchi bosqichdan erkin o‘tgandi. Keldiyorova ikkinchi bosqichda Tokio–2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, yaponiyalik Uta Abega qarshi kurashga kirdi va uni Olimpiya o‘yinlaridan chiqarib yubordi. Endilikda u final

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Parij-2024: Argentinalik futbolchining qimmatbaho narsalari o‘g‘irlandi

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Tiago Almadaning buyumlari futbol bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining guruh bosqichining ochilish bosqichi oldidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Argentina olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano “TyC Sports”ga bergan intervyusida aytdi. “Tiago Almadaning buyumlari o‘g‘irlangan, uzuklar va soatlar mashg‘ulotdan so‘ng yo‘qolgan, ammo biz bu haqda qayergadir murojaat qilishni istamadik”, deydi Maskerano

28 Jul 20:08
 
114
0
qalampir.uz

Olimpiadadan erta ketish niyatimiz yo‘q edi – Temur Kapadze

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya sport o‘yinlarida futbolchilarga tajriba hamda omad yetishmaganligini aytdi. Bu haqda u kecha, 27 iyul kuni “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi. “Bunday erta ketish niyatimiz yo‘q edi. Birinchi uchrashuvda ham, bugungi uchrashuvda ham qayerdadir omad, qayerdadir tajriba yetishmadi. Olimpiada tarovatini his qildik. Bemalol, o‘

26 Jul 10:19
 
41
0
qalampir.uz

Shahram G‘iyosovning raqibi aniq bo‘ldi

O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini 31 iyul kuni o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi. 31 yoshli G‘iyosovga meksikalik 30 yoshli Migel Parra raqiblik qiladi. Jang “Riyadh Season” tomonidan Amerikaning Santa-Monika shahrida tashkil etiladigan boks kechasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov shu vaqtga qadar profboksda 15 marta ringga ko‘tarilib, barchasida raqib