calendar 28 Jul 20:08
eye 115
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Olimpiadadan erta ketish niyatimiz yo‘q edi – Temur Kapadze

image

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya sport o‘yinlarida futbolchilarga tajriba hamda omad yetishmaganligini aytdi. Bu haqda u kecha, 27 iyul kuni “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Bunday erta ketish niyatimiz yo‘q edi. Birinchi uchrashuvda ham, bugungi uchrashuvda ham qayerdadir omad, qayerdadir tajriba yetishmadi. Olimpiada tarovatini his qildik. Bemalol, o‘ynasa bo‘ladi. Alamlisi, ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozonish imkoni bor edi. Kuchimiz bemalol yetardi, qaysidir kichik epizodlarda xato qildik. Muxlislardan uzr so‘rayman. Ularga katta rahmat. Bizni tinmay qo‘llab turishdi. Salomat bo‘lishsin. Hali yutuqlarimiz bilan ularni xursand qilamiz”, degan terma jamoa ustozi Temur Kapadze.

Ma’lumot uchun, S guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Ispaniya (2:1) hamda Misr (1:0) jamoalariga mag‘lubiyatga uchrab, turnirning keyingi bosqichiga yo‘llanma olish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi. Natijada ikki o‘yinda ham yutqazgan Temur Kapadze shogirdlari guruhda qolib ketdi. Dominikanga qarshi kechadigan o‘yin esa shunchaki rasmiyatchilikka aylandi. Guruhda Ispaniya 6 ochko bilan yetakchi, Misr 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinda, Dominikan esa 1 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston esa hali ochko olmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Temur Kapadze Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslari guruh bosqichi 2-turi doirasida Misrga qarshi o‘tkaziladigan bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, Misrning kuchli tomonlarini yaxshi bilishini aytgandi. Shuningdek, Ispaniyaga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyati haqida ham u o‘z fikrlarini bildirgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Futbolchilarim matonat ko‘rsatdi – Temur Kapadze

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Parijdagi Olimpiadada Ispaniyaga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. “O‘yindan mamnunman. Futbolchilar matonat va chinakam jamoaviy ruhni ko‘rsatdi. Raqiblarimiz dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri, ammo so‘nggi daqiqalargacha kurashdik. Bahs davomida biz barcha o‘zbekistonliklarning qo‘llab-quvvatlashini sezib turdik. Bizga ishongan barchaga rahmat!” deydi Kapadze.

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

“Real” stadionining VIP-o‘rindiqlar chiptasi rekord summada sotiladi

Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolanishi munosabati bilan Madridning “Real” klubi katta miqdorda pul ishlab olmoqchi, jumladan, jamoaning uy uchrashuvlari uchun chiptalar narxi oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda Ispaniya OAV xabar berdi. Klub o‘zining uy stadioni “Santyago Bernabeu”da VIP o‘rindiqlar narxi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatmoqchi. “Real Madrid” arenani 1,5 milliard yevroga ta’mirlash ishlaridan so‘ng 300 ta hashamatli Super VIP o‘

26 Jul 10:19
 
36
0
qalampir.uz

“Barselona” futbolchisi faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin

Qatarning “Al-Sadd” futbol klubi Ispaniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi, germaniyalik Ilkay Gyundoganga transfer taklifi bilan chiqdi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi. Futbolchining ispan klubi bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi va yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.  Qayd etilishicha, “Barselona” moliyaviy qiyinchiliklar tufayli nemis futbolchisini sotish taklifini ko‘rib chiqmoqchi.

29 Jul 15:38
 
45
0
xs.uz

Ruslan Abdullayev meksikalik bokschiga imkoniyat qoldirmadi

Qayd etish kerakki, boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ruslan Abdullayev ham Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli start oldi.-63,5 kg vazn toifasida ilk jangini oʻtkazgan Abdullayev meksikalik Migel Ramiresni katta ustunlik bilan magʻlub etdi. Shu tariqa sportchimiz chorak finalga yoʻl oldi. Endi u 1-avgust kuni yarim final yoʻllanmasi uchun ringga koʻtariladi.Avvalroq, oʻzbekistonlik sportchilar juftligi akademik eshkak eshish boʻyicha finalda ishtirok eta