calendar 26 Jul 10:19
eye 35
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Real” stadionining VIP-o‘rindiqlar chiptasi rekord summada sotiladi

image

Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolanishi munosabati bilan Madridning “Real” klubi katta miqdorda pul ishlab olmoqchi, jumladan, jamoaning uy uchrashuvlari uchun chiptalar narxi oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda Ispaniya OAV xabar berdi.

Klub o‘zining uy stadioni “Santyago Bernabeu”da VIP o‘rindiqlar narxi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatmoqchi. “Real Madrid” arenani 1,5 milliard yevroga ta’mirlash ishlaridan so‘ng 300 ta hashamatli Super VIP o‘rindiqlar yaratishni reja qilgan. Bu joydan futbol ko‘rish narxi 250 ming yevro turadi.

VIP joylarda hashamat va eksklyuzivlikka urg‘u berilgan. Bu joylar qolgan tribunalardan ajratiladi va maydonning eng yaxshi ko‘rinishini taqdim etadi.

Super VIP o‘rindiqdan futbol tomosha qiladiganlarga ovqat, ichimlik va boshqa mahsulotlar taqdim etilib, barcha qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
43
0
qalampir.uz

“Al-Nasr” Ronaldu bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” futbol klubi rahbariyati portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshladi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs X'dagi sahifasida ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, futbolchi bilan yangi kelishuv 2026 yilgacha amal qiladi. Yangi shartnoma Ronalduning 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatini oshiradi, chunki futbolchi mundialda ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Shartnoma muddati tugag

19 Jul 18:14
 
67
0
xs.uz

“EA Sports FC 25” muqovasidan qaysi futbolchi joy olishi maʼlum boʻldi. U Messi ham, Ronaldu ham, Mbappe ham emas (Video)

Shu tariqa 'Qirollik klubi' yulduzi 'EA Sports' tarixidagi global muqova yuzidan joy olayotgan eng yosh futbolchiga aylanmoqda. Ayni paytda u 21 yoshda. Muqovada Bellingem oʻtgan aprel oyida 'Barselona'ga qarshi oʻyinda urgan golini nishonlayotgani tasvirlangan.Bellingem, shuningdek, Devid Bekxem, Zinedin Zidan, Janluiji Buffon, va Aytana Bonmati kabi mashhur oʻyinchilar bilan birga oʻyinning 'Ultimate Edition' muqovasida ham boʻladi. Jud oʻzining hayajonini bildirib, ushbu oʻyinni oʻyna

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Olimpiada vaqtida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Fransiya politsiyasi Olimpiya o‘yinlari paytida vaziyatni beqarorlashtirishga urinishda gumon qilingan rossiyalikni qo‘lga oldi. Bu haqda “France-Presse” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, 23 iyul kuni Olimpiada o‘yinlari vaqtida terakt uyushtirishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan.  Fransiya hukumati 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida teraktlar sodir etilishi xavfidan o‘z xavotirini bildirdi. “23 iyul kuni Fransiyada adovat qo‘zg‘atish maqsadida xo

26 Jul 10:19
 
45
0
qalampir.uz

Parij-2024: Argentinalik futbolchining qimmatbaho narsalari o‘g‘irlandi

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Tiago Almadaning buyumlari futbol bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining guruh bosqichining ochilish bosqichi oldidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Argentina olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano “TyC Sports”ga bergan intervyusida aytdi. “Tiago Almadaning buyumlari o‘g‘irlangan, uzuklar va soatlar mashg‘ulotdan so‘ng yo‘qolgan, ammo biz bu haqda qayergadir murojaat qilishni istamadik”, deydi Maskerano