calendar 14 May 19:58
eye 45
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Xorazmda YPX xodimidan qochib, yo‘lovchilarni sarson qilgan taksichi ushlandi

image

Xorazm viloyati Urganch shahrida YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, yo‘lovchilari bilan birga qochgan taksichi qo‘lga olindi. Bu haqda bugun, 14 may viloyat IIB axborot xizmati xabar beradi.

Qayd etilishicha, kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi Gentra rusumli avtomashina haydovchisi joriy yilning 2 may kuni Urganch shahrining Gurlan ko‘chasida yo‘l harakati qoidalarini chetlab o‘tib, svetoforning qizil chirog‘ida yo‘lning qarama-qarshi qismidan harakatlangan.

YPX inspektori tomonidan unga to‘xtash ishorasi berilgan. Ammo haydovchi qonuniy talabni bajarmay, katta tezlikda harakatlanib, noma’lum tomonga ketib qolgan.

Avtomashinadagi yo‘lovchilar haydovchidan yo‘lda tushirib qoldirishini iltimos qilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda old o‘rindiqda o‘tirgan qiz haydovchidan mashinani to‘xtatishini so‘ragani, talabi qabul qilinmagach, oynani sindirishga uringani tasvirlangan. Keyinchalik haydovchi yo‘lovchilarni Yangibozor tumanidagi noma’lum joyga tashlab ketgan.

Shundan keyin ular haydovchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Xorazm viloyati IIB tomonidan haydovchining shaxsiga aniqlik kiritilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning bir necha moddalari bilan ish ochilgan, avtomashinasi esa jarima maydoniga qo‘yilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahri sudi haydovchini Bazaviy hisoblash miqdorining 12 baravari (4 million 80 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortgan.  

Rayhona Ulkanbayeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Jul 12:58
 
139
0
xs.uz

Davlat mulkini “nol” qiymatda sotish amaliyoti bekor qilinadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 'Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.Qonun loyihasiga koʻra, davlat aktivlarini sotishda xorijiy tajribani hisobga olgan holda hamda mamlakatimizda bozor tamoyillariga asoslangan

22 Jul 12:39
 
55
0
xs.uz

“Chorvoq”da 19 yoshli yigit gidroskuter boshqaruvini yoʻqotib, ikki kishining oʻlimiga sababchi boʻldi

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 20-iyul kuni Boʻstonliq tumani, Burchmulla MFY hududida joylashgan 'Chorvoq suv ombori' havzasida 19 yoshli Q.F. 'Yamaxa' rusumli gidroskuterni haydab borayotib, boshqaruvni yoʻqotgan va suv havzasida suzib yurgan 'Katamaron' suv-transport vositasiga borib toʻqnashgan.Oqibatda 'Katamaron' suv-transport vositasidagi 28 va 26 yoshli yoʻlovchilar voqea joyida vafot etgan.Manbaga koʻra, vafot etgan fuqarolar fargʻonalik, gidroskuterda boshqaruvni yoʻqotgan

18 Jul 17:58
 
73
0
xs.uz

Keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolandi

Davlat rahbarlari keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish toʻgʻrisida Qoʻshma bayonotni imzoladilar.Tashrif davomida 16 ta hujjat imzolandi, jumladan:- Qirgʻiz Respublikasining Issiqkoʻl viloyati hududida joylashgan kurort-hordiq xoʻjaligi obyektlari boʻyicha hukumatlararo bitim;- Fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida bayonnoma;- Oʻzbekiston Respublikasining Ja

19 Jul 11:32
 
75
0
xs.uz

Andijonda II “Dunyo sadolari” sanʼat festivali boʻlib oʻtadi

' Festival doirasida oʻzbek va xorijiy estrada yulduzlarining konsert dasturlari tashkil etiladi, ' deydi viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Elyorbek Xolmirzayev. ' Hunarmandlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar, rassomlarning ijodiy ishlaridan iborat koʻrgazmalar namoyish etiladi. Xalqaro festivalga 1,5 mln. nafar mehmonlarning tashrifi kutilmoqda. Ularning maroqli hordiq olishi uchun turli koʻngilochar dasturlar boʻlib oʻtadi. 8 ta sayyohlik yoʻnalishi boʻyicha eʼtiborga molik manzill