calendar 22 Jul 12:39
eye 89
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Chorvoq”da 19 yoshli yigit gidroskuter boshqaruvini yoʻqotib, ikki kishining oʻlimiga sababchi boʻldi

image
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 20-iyul kuni Boʻstonliq tumani, Burchmulla MFY hududida joylashgan 'Chorvoq suv ombori' havzasida 19 yoshli Q.F. 'Yamaxa' rusumli gidroskuterni haydab borayotib, boshqaruvni yoʻqotgan va suv havzasida suzib yurgan 'Katamaron' suv-transport vositasiga borib toʻqnashgan.

Oqibatda 'Katamaron' suv-transport vositasidagi 28 va 26 yoshli yoʻlovchilar voqea joyida vafot etgan.

Manbaga koʻra, vafot etgan fuqarolar fargʻonalik, gidroskuterda boshqaruvni yoʻqotgan yigit esa zangiotalik boʻlgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning 'Xalq soʻzi'ga xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Q.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 260-moddasi (Temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi 'a' bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda Boʻstonliq tuman IIB tomonidan tergov olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:19
 
50
0
xs.uz

Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish qoidalarini buzganlik, shaharsozlik sohasidagi vakolatli davlat organlarining ruxsatisiz obyektlarni qurganlik, qonunchilikni buzgan holda koʻp kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni oʻzgartirganlik va (yoki) rekonstruksiya qilganlik, shuningdek binolar va inshootlarni aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari, ularni rejalashtirish va qurish loy

04 Apr 16:19
 
46
0
xs.uz

Ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida oʻquvdan oʻtganlik uchun javobgarlik belgilandi

Oʻzbekistonda ommaviy tartibsizliklar sodir etish uchun oʻquvdan oʻtganlar 225 mln soʻmgacha jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Maʼlum qilinishicha, bugun, 27-mart kuni qabul qilingan qonun (OʻRQ-1051) bilan Jinoyat kodeksining 244-moddasiga ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida oʻquvdan oʻtganlik hamda ushbu faoliyatni moliyalashtirganlik uchun javobgarlikni belgilovchi oʻzgartirish kiritish nazarda tutilgan.Qonunga koʻra, sh

20 Mar 12:53
 
45
0
xs.uz

Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19

20 Mar 12:54
 
59
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqib, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlari kuchaytirilishini maʼlum qildi. Unda har bir mahalla va xonadonga tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlash va ularga qarshi profilaktik ishlarni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.Murojaatda jinoyatga moyil shaxslar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri uchrashuvlar oʻtkazish va 'fuqarobay' ish tizimini joriy etish rejalashtir