Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Ushbu huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik, avval maʼmuriy javobgarlik choralari koʻrilgandan keyin qoʻllaniladi. Agar qonunbuzar noqonuniy oʻzgartirishlarni oʻz xohishi bilan tiklasa, u javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Bundan tashqari, Odam oʻlishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlgan tarzda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun alohida jinoyat javobgarlik kiritilmoqda.
Shuningdek, loyiha tashkilotlarining koʻrsatmalariga rioya qilmagan qurilish buyurtmachilari javobgarlikka tortiladi. Shaharsozlik hujjatlarisiz qurilish ishlari olib borgan shaxslarga nisbatan ham qatʼiy choralar koʻriladi va qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar miqdori oshiriladi.
Taʼkidlash joiz, qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Prezident Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zladi
Muhtaram faxriylar, qadrli yoshlar!Munis opa-singillar, hurmatli mehmonlar!Siz, azizlarni, ko'pmillatli butun xalqimizni qadimiy va hamisha navqiron bayram ' Navro'zi olam bilan chin yurakdan samimiy muborakbod etaman.Bugungi munavvar kunni elu yurtimiz bilan tinch va xotirjam kutib olayotganimiz uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.Bu yilgi Navro'z muqaddas Ramazon oyida, uning tabarruk fazilatlariga uyg'un holda o'tayotgani bayramga alohida ruh, o'zgacha fayz va quvonch bag'ishlamoqda.
Yoʻl harakati qoidabuzarliklarni jarima ballari qachondan kuchga kiradi?
Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini baholashda yangi tizim joriy etildi. Hukumatning 2025-yil 6-maydagi 296-sonli qarori bilan 'Yoʻl harakati qoidabuzarliklarni jarima ballari asosida baholash tartibi toʻgʻrisida'gi nizom tasdiqlandi.Unga koʻra, transport vositasini boshqarish paytida yoʻl harakati qoidalarini buzganlik holatlari endi jarima ballari orqali baholanadi. Shuningdek, ballarni hisoblash, ular boʻyicha murojaat qilish va koʻrib chiqish tartibi aniq belgilandi.Nizomga asosan, jar
Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qiladi
Ushbu bitim 2024-yil 6-noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan boʻlib, u Turkiy davlatlar oʻrtasida innovatsion texnologiyalar, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va axborot almashish sohalarida hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.Bitimni amalga oshirish boʻyicha masʼul organ etib Istiqbolli loyihalar milliy agentligi belgilandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng, uning bajarilishi ustidan
Sloveniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Alenka Suxadolnik Sloveniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Telegram kanalida'maʼlum qildi.TIV rahbarining yozishicha, bugun, 12-may kuni u yangi tayinlangan еlchi Alenka Suxadolnikdan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan.'Uning ushbu lavozimga tayinlanishi mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish yoʻlida xizmat qilishiga ishonamiz. Hech shubhasiz, hamkorligimizni yana