“Osiyo futbolining darajasini ortiqcha baholamaslik kerak” — Qozogʻiston bosh murabbiyi Oʻzbekistonning Jahon chempionatiga chiqishga yaqinligi haqida gapirdi

Aliyev Lixtenshteyn ustidan 2:0 hisobidagi gʻalabadan soʻng matbuot anjumanida qatnashib, mintaqadagi jamoalarning uslubi va natijalari haqida gapirar ekan Markaziy Osiyo davlatlarining mundialga boʻlgan yoʻliga toʻxtaldi.
Mutaxassis oʻz nutqida Qirgʻizistonning Qatarga qarshi gʻalabasi va Oʻzbekistonning mundial yoʻllanmasini deyarli qoʻlga kiritganini ijobiy baholadi. Unga koʻra, Qirgʻiziston ham, Oʻzbekiston ham uch markaziy himoyachi bilan oʻynash orqali yaxshi natijalarga erishmoqda.
Aliyev, agar Qozogʻiston terma jamoasi ham Osiyo saralash bosqichida qatnashganida, Jahon chempionatiga chiqishi shubhasiz boʻlardi, degan fikrni bildirdi. Shu bilan birga, u Osiyo futbolining darajasini ortiqcha baholamaslik kerakligini ham qoʻshimcha qildi.
'Ha, biz oʻzimizni qoʻshnilar bilan solishtirishni yaxshi koʻramiz: Qirgʻiziston Qatarni magʻlub etdi, Oʻzbekiston esa deyarli Jahon chempionatining final bosqichiga yoʻllanma oldi. Agar biz ham Osiyo qitʼasi saralash bosqichida qatnashsak, shubhasiz, mundialga chiqamiz. Lekin Osiyo futboli darajasini ortiqcha baholamaslik kerak', dedi mutaxassis.
Qozogʻiston Yevropa futbol uyushmasi ' UEFAga aʼzo boʻlgani sababli Yevropa qitʼasi saralashida ishtirok etadi. Hozirda ular Belgiya, Uels, Shimoliy Makedoniya va Lixtenshteyn kabi jamoalar bilan bir guruhda joylashgan. Saralashning dastlabki ikki turidan soʻng Qozogʻiston 3 ochko toʻplagan va 3-oʻrinni egallab turibdi.
Aliyevning ushbu fikrlari Oʻzbekiston terma jamoasining saralashdagi muvaffaqiyatlari va Markaziy Osiyo futbolining oʻsib borayotgan salohiyati fonida yangramoqda. Shu bilan birga, murabbiy Yevropa saralashining murakkabligini ham inobatga olib, oʻz jamoasining imkoniyatlarini boshqa mintaqa bilan solishtirib baholadi.
“Osiyo futbolining darajasini ortiqcha baholamaslik kerak” — Qozogʻiston bosh murabbiyi Oʻzbekistonning Jahon chempionatiga chiqishga yaqinligi haqida gapirdi
Qozogʻiston terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Ali Aliyev Oʻzbekiston terma jamoasining Jahon chempionati yoʻllanmasiga yaqinlashgani borasida oʻz fikrlarini bildirdi.'U sportnews.kzga bergan intervyusida'Markaziy Osiyo terma jamoalari saralashdagi ishtirokiga toʻxtalib oʻtdi.Aliyev Lixtenshteyn ustidan 2:0 hisobidagi gʻalabadan soʻng matbuot anjumanida qatnashib, mintaqadagi jamoalarning uslubi va natijalari haqida gapirar ekan Markaziy Osiyo davlatlarining mundialga bo
Los-Anjeles — 2028: Akademik eshkak eshish sportida yangi dasturlar kiritildi
Amerikaliklar avvalgi O'yinlardan farqli ravishda yengil vaznli sportchilarning yakkalik dasturini chiqarib, uning o'rniga qirg'oqbo'yida kechadigan yo'nalishni kiritdi. Yakkalik va mikst dasturlarida kechadigan ushbu bahslar Tinch okeani sohillarida tashkil etiladi.To'liq dasturlar: yakkalik (M1x, W1x), juftlik (M2-, W2-, M2x, W2x), kvartet (M4x, W4x, M4-, W4-), sakkizlik (M8+, W8+).Sohilbo'yi poygalari: CM1x, CW1x va mikst.
Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi
Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Konkur bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi
Bellashuvlar yakuniga ko'ra, Bahromjon Gaziyev, Xurshid Alimjonov, Alisher Erkinov, Bekzod Qurbonov, Nurjan Tuyakbayev, Ashrafxon Ne'matov turli yo'nalishlarda chempionlikni qo'lga kiritishdi.Ahamiyatlisi, taqdirlash marosimida Italiya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi ishtirok etib, mamlakatlarning mazkur sport turidagi hamkorligi yangi darajaga ko'tarilayotganini ta'kidladi.