Manbaga koʻra, 'Siti' vakillari Madrid klubi bilan bogʻlanib, futbolchini rasmiy tarzda taklif qilgan. Biroq 'Real Madrid' ushbu transferga katta qiziqish bildirgani yoʻq. 30 yoshga yaqinlashayotgan Akanji klubning uzoq muddatli rejalariga mos kelmayapti. Madridliklar ayni paytda yosh va istiqbolli futbolchilarga ustuvorlik berishni maqsad qilgan.
Bundan tashqari, Akanjining tez-tez jarohat olishi uning transferiga nisbatan shubhalarni kuchaytirgan. Bu esa 'Real' rahbariyatining ehtiyotkor qaroriga olib kelgan. Shu bilan birga, Pep Gvardiola yozgi transfer oynasida jamoaning bir necha tajribali futbolchilari bilan xayrlashishini ochiq eʼlon qilgan.
'Manchester Siti' tarkibni yangilash jarayonini allaqachon boshlagan. Qishki transfer davrida klub markaziy himoyachilar Abduqodir Husanov va Vitor Reysni katta mablagʻ evaziga xarid qilgan. Bundan tashqari, yarim himoyachi Niko Gonsalesh va hujumchi Omar Marmush ham jamoaga qoʻshildi.
Klub hozirda Kevin De Bryuyne, Ederson, Jek Grilish, Mateo Kovachich, Natan Ake va Manuel Akanji kabi futbolchilarga yangi jamoa topishga harakat qilmoqda. Bu esa yozda 'Etihad'da katta oʻzgarishlar boʻlishidan darak bermoqda.
Joriy mavsumda 'Manchester Siti' kutilgan natijalarga erisha olmayapti. Klub Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida beshinchi oʻrinda bormoqda va peshqadam 'Liverpul'dan 22 ochkoga ortda qolmoqda. Shuningdek, Chempionlar ligasi pley-off bosqichida ham aynan 'Real Madrid'ga magʻlub boʻlib, musobaqani tark etdi.
Toshkentda golf bo‘yicha xalqaro turnir boshlanmoqda
Mazkur musobaqa avvallari Qozog'iston va Turkiyada o'tkazilgan bo'lib, bu gal unga poytaxtimiz mezbonlik qiladi.Bu yilgi bahslarda O'zbekiston, Qozog'iston, Xitoy, Hindiston, Qirg'iziston va Rossiyadan 8 ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib boradi.
Shaxsiy rekordini yangilagan hamyurtimiz
Gap shundaki, ayollar o'rtasida kechgan 400 metrga yugurish bahsida hamyurtimiz Jonbibi Hukmova bronza medaliga ega chiqdi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan sportchimiz finalda 52.79 soniya qayd etib, uchinchi bo'lib marraga yetib keldi.Qayd etish joiz, bu bilan J. Hukmova shaxsiy rekordini ham yangilashga erishdi.
Nodirbek Abdusattorov yana bir yirik turnirda ishtirokini boshladi
Bugundan Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida nufuzli 'Sharjah Masters 2025' shaxmat turniri oʻz boshlandi. Turnirda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan kuchli shaxmatchilar ishtirok etmoqda.Kecha Ruminiyaning Buxarest shahrida oʻz yakuniga yetgan 'Superbet Chess Classic' turnirining soʻnggi turida qatnashgan grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov dam olishga ulgurmasdan, bugun yangi musobaqaning ilk turida donalar surishni boshlaydi.U turnirda birinchi raqam ostida ta
“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
4 ta shart bo'yicha bahs olib borgan 9 ta fakultet jamoalari orasida quyidagi natijalar qayd etildi:1-o'rin ' Ingliz filologiyasi fakultetining 'Zulfikor' jamoasi;2-o'rin ' Tarjimonlik fakultetining 'To'maris nafasi' jamoasi;3-o'rin ' Ingliz tili 2-fakultetining 'Jasorat elchilari' jamoasi.Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo'yicha ham g'oliblar taqdirlandi:'Eng ijodkor jamoa' ' Rus filologiyasi fakultetining 'Qalqon' jamoasi;'Eng hamjihat jamoa' ' Ingliz tili 1-fakultetining 'Turon zamin qizl