Xorazmda bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi ochildi

' Davlatimiz rahbari oʻtgan yilning 29-fevral ' 1-mart kunlari viloyatimizga tashrifi chogʻida 'Bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi' faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq bergan edi, ' deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi Sherzod Berdiyev. ' Mazkur topshiriq ijrosi boʻyicha inklyuziv markaz tashkil qilish uchun qulay lokatsiyada joylashgan ushbu binoni tanlab oldik va 2,6 mlrd soʻm mablagʻ evaziga bino qayta rekonstruksiya qilinib, toʻliq jihozlandi. Bino jismoniy imkoniyati cheklangan bolalarning erkin harakatlanishi uchun moslashtirildi, zamonaviy moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlandi. Endilikda ushbu markazda Urganch shahri va Urganch tumanidan nogironligi boʻlgan 300 nafarga yaqin oʻgʻil-qizlar 12 turdagi toʻgarak va xizmatlar bilan qamrab olinadi, mutaxassislar ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, iqtidorlarini yuzaga chiqarishga koʻmaklashadi. Markazda IT, ingliz tili, rassomchilik kabi toʻgaraklar hamda psixologik va defektologiya xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi.
Inklyuziv markazning ochilish tadbirida viloyat hokimi Joʻrabek Rahimov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi masʼullari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Xalqaro qidiruvdan 12-yil yashiringan ayol Istanbuldan Toshkentga deportatsiya qilindi
Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan 12 yildan beri xalqaro qidiruvda boʻlgan ayol Istanbul shahridan Toshkentga deportatsiya qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, 1977-yilda tugʻilgan R.N. xorijiy davlat hududida uyushgan guruh tarkibida harakat qilib, ularning manfaatlari yoʻlida odam savdosi bilan shugʻullanganlikda ayblanmoqda.'Ushbu shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan zarar koʻrgan fuqarolarda
Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi
Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19
Shavkat Mirziyoyev 6 ta xorijiy davlatlarning yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi
Bugun, 6-mart kuni xorijiy davlatlarning mamlakatimizga yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev favqulodda va muxtor elchilar ' Misr Arab Respublikasidan Tamer Fatxi, Italiya Respublikasidan Pergabriyel Papadia de Bottini, Qirgʻiz Respublikasidan Duyshonqul Chotonov, Belarus Respublikasidan Aleksandr Ogorodnikov, Gruziyadan David Kotariya va Turkiya Respublikas
Toshkent viloyatida 2,8 milliard soʻmlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari musodara qilindi
Toshkent viloyatida dori savdosi bilan noqonuniy shugʻullangan shaxslar fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tumani boʻlimi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdorda noqonuniy dori vositalari musodara qilindi.Tadbir davomida fuqarolar A.A. va K.T. xorijda ishlab chiqarilgan 5 ming quti 'Neofagen' nomli dori vositasini fuqaro G.B.ga 45 ming AQSH dollariga noqonuniy sotishga uringan vaqtida ashyoviy dalill