Toshkent viloyatida 2,8 milliard soʻmlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari musodara qilindi

Tadbir davomida fuqarolar A.A. va K.T. xorijda ishlab chiqarilgan 5 ming quti 'Neofagen' nomli dori vositasini fuqaro G.B.ga 45 ming AQSH dollariga noqonuniy sotishga uringan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Tergov davomida ushbu shaxslar Andijon viloyati, Andijon shahrida yashovchi fuqaro R.B. bilan hamkorlikda ish yuritgani aniqlandi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, R.B.ning yashash joyida qoʻshimcha dori vositalari saqlangani maʼlum boʻldi. Olib borilgan tekshiruvlar natijasida umumiy bahosi 2,8 milliard soʻmga teng boʻlgan 7 760 quti noqonuniy dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini ishlab chiqarish, saqlash va tarqatish) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Huquq-tartibot organlari noqonuniy dori savdosining oldini olish uchun nazoratni kuchaytirishga chaqirmoqda.
Fuqarolardan faqat rasmiy dorixonalar orqali sifatli va xavfsiz dori vositalarini xarid qilish tavsiya etiladi. Qonunbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish lozim.
Oʻzbekiston va Qirgʻiz Respublikasi parlamentlararo komissiyasining beshinchi majlisi Samarqandda boʻlib oʻtdi
2025-yil 12-may kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyaning beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda ikki mamlakat oʻrtasidagi bugungi munosabatlar holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda, xususan, parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish masalasi asosiy yoʻnalishlardan biri sifatida belgilandi.Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni k
Oʻzbekistonda necha nafar nogironligi boʻlgan shaxslar bor?
2025-yil I choragi yakuniga koʻra, Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslar soni 1 million 31 ming 609 nafarni yoki Oʻzbekiston umumiy aholisining 2,7 foizini tashkil etmoqda. Bu haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi maʼlumot berdi.Bildirilishicha, nogironligi boʻlgan shaxslarning 173 ming 285 nafari 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni, 94 ming 722 nafari ' I guruh, 695 ming 372 nafari ' II guruh hamda 67 ming 6 nafari ' III guruh nogironlari hisoblanadi.Shuningdek, nogironligi boʻlgan sh
Oʻquvchilarga avtomobillar ijaraga berilishi oqibatida oyiga 10-15 nafar yoshlar majruh boʻlmoqda
Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida hozirda 7-11 sinf oʻquvchilari kuniga 8 soatgacha vaqtini telefonda ijtimoiy tarmoqlarda oʻtkazayotgani maktab direktori va muallimni ham, ota-onalarni ham oʻylantirishi zarurligi qayd etildi.Yoki viloyatlarda, ayniqsa, Namanganda oʻquvchilarga avtomobilni ijaraga berish avj olgani oqibatida, har oyda 10-15 nafar yoshlar majruh boʻlib qolyapti. Oʻlim bilan tugayotgan holatlar ham koʻp.Ichki ishlar boshliqlari, viloyat, tuman pro
Fargʻonadagi metan “zapravka”da “Matiz” portladi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻonadagi metan 'zapravka'da 'Matiz' portlagani haqidagi videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.Bildirilishicha, bugun, 15-aprel kuni soat 12:20 da Margʻilon shahar 'Sholdirama' MFY 'Alisher Navoiy' koʻchasida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida 'Matiz' avtomobiliga oʻrnatilgan propan gaz balloni ichiga metan gazi toʻldirish paytida portlash sodir boʻlgan.FVV maʼlumotlariga