calendar 22 Mar 08:54
eye 75
comments 0
comments Manba: xs.uz

Samarqandda noqonuniy qum qazib olgan korxona tabiatga 2,7 mlrd soʻm zarar yetkazdi

image
Samarqand viloyatidagi Qoradaryo daryosi hududidan qum-shagʻal noqonuniy qazib olinishi oqibatida 2,7 mlrd soʻm zarar yetkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi'xabar berdi.

Qayd etilishicha, boshqarma tomonidan Narpay tumanidagi xususiy korxona faoliyati tekshirilgan. Nazorat tadbiri davomida Qoradaryo daryosi hududida ushbu korxona xodimlari tomonidan 1 ta ekskavator va 4 ta yuk mashinasi yordamida qum-shagʻal aralashmasini noqonuniy qazib olish va uni maydalash zavodiga olib ketish holati aniqlanib, jarayon inspektorlar tomonidan toʻxtatilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 2 milliard 722 million 666 ming soʻm ekanligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, yigʻilgan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
64
0
xs.uz

Andijonda 40 mln dollarga kichik va mikro GESlar quriladi

Andijon viloyatida kichik va mikro GESlar qurish uchun 40 million dollar ajratiladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'qayd etildi.Izboskan tumanida tadbirkor 10 million dollar investitsiya hisobiga quvvati 3,2 megavattli kichik GES qurgan. GES yiliga 8 million kilovatt-soat elektr beradi. Bu Izboskan aholisi isteʼmolining 20 foizi degani.Prezident bu namunali loyihani maʼqullab, viloyatning suv oqimi yuqori boʻlgan ariq va kanallarida 75 mega

01 Jun 03:47
 
22
0
xs.uz

“Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj

'Gʻalaba bogʻi' yodgorlik majmuasi hududida mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali tashkil etildi.Festival doirasida mudofaa sanoatiga oid zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnikalar, robototexnikalar, kimyo-texnologiyalari, kon-metallurgiya sohasi hamda harbiy va ikki xil maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlar koʻrgazmasi namoyish etildi.Bundan tashqari, dasturlash va robototexnikaga qiziqadigan yoshlarimiz uchun ushbu festival oʻz gʻoyalarini roʻyobga chiqarish hamda so

01 Jun 03:47
 
23
0
xs.uz

Oʻzbekiston notariuslarining II milliy kongressi boʻlib oʻtdi

Kongress 'Koʻchmas mulk: Rasmiylashtirish. Muammolar. Takliflar' mavzusida oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi D.Ashurov moderatorlik qildi.Tadbirda 10 ga tashkilot va muassasalardan 300 yaqin ishtirokchilar ishtirok etishdi. Jumladan, Adliya vazirligi, sud, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Yuristlar malakasini oshirish instituti, Kadastr agentligi va notariat sohasidan milliy ekspertlar, shuningdek Oʻzbekistonning barcha hududlaridan notar

01 Jun 03:47
 
22
0
xs.uz

Bir oyda isteʼmolchilarga cheklar uchun 105,6 mlrd soʻmdan ortiq keshbek toʻlandi

2025-yilning aprel oyida hududlar kesimida qancha fiskal chek roʻyxatdan oʻtkazilgani maʼlum qilindi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' Telegram kanali xabar qildi.Unga koʻra, aprel oyida 29-may holatiga koʻra isteʼmolchilarga 105,6 milliard soʻmdan ortiq keshbek toʻlangan. Bunda 112,2 million dona chek roʻyxatdan oʻtkazilgan.Maʼlumotlarga koʻra, toʻlangan keshbeklarning eng katta qismi Toshkent shahri (42,2 mlrd soʻm), Toshkent viloyati (11 mlrd soʻm), Samarqand viloyati (7,9 mlrd soʻ