calendar 04 Apr 16:20
eye 476
comments 0
comments Manba: xs.uz

O‘zbek adabiyotining buyuk siymolari faoliyati zamonaviy texnologiyalar orqali keng targ‘ib etiladi

image
O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida mamlakatimiz adabiyoti tarixida chuqur iz qoldirgan ijodkorlarning merosini keng targ'ib qilish maqsadida 'O'zbek adabiyoti yulduzlari' nomli medialoyihani tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida mustaqillikning dastlabki davrida ijod qilgan, milliy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qo'shgan ijodkorlar hayoti va ijodi keng yoritiladi.

Bunda ilmiy-ijodiy guruh shakllantirilib, ijodkorlarning adabiy merosini chuqur o'rganish, ularning asarlari va faoliyati haqida maxsus ekspozitsiyalar tashkil etish ko'zda tutilgan. Shu jumladan, adiblarning ijodi va hayot yo'li aks etgan videoroliklar tayyorlanib, ularning asarlari, shaxsiy buyumlari va boshqa muhim eksponatlar namoyish etiladi.

Loyiha milliy adabiyotimiz tarixiga oid yangi ma'lumotlarni ochib berish, adabiyotimizning yuksak namunalarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida amalga oshirilmoqda. O'zbek adabiyotining buyuk siymolari faoliyatini zamonaviy texnologiyalar orqali keng targ'ib etish ushbu loyihaning asosiy yo'nalishlaridan biri bo'ladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:39
 
67
0
xs.uz

Oʻzbek tili va madaniyati Italiyada targʻib etilmoqda

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, filologiya fanlari doktori Nozliya Normurodova hamda universitet huzuridagi 'Oʻzbek maktabi' oʻqituvchisi Durdona Ermatova xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Italiyaning nufuzli Ka-Foskari universitetiga tashrif buyurishdi.Tashrif doirasida professor Nozliya Normurodova universitet talabalari va professor-oʻqituvchilari uchun 'Oʻzbekistonda oliy taʼli

24 Mar 13:25
 
509
0
xs.uz

Botqoq oʻrnida qad rostlagan gʻaroyib bino

Mir Arab olamga dongʻi ketgan madrasalardan. Men ushbu ilm maskanida tahsil olishga musharraf boʻlganman. U Masjidi Kalonning roʻparasida. Yonida mashhur Minorai Kalon bor. Salobatli madrasa darvozasi nihoyatda goʻzal tarzda turli naqshlar va yozuvlar bilan bezalgan. Ularda koʻk rang ustuvor. Atrofidan dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan sayyohlar arimaydi.Shu madrasani qurdirgan Sayyid Abdulloh Yamaniy qabri madrasaga kirishda chap qoʻl tarafda. Bu yerdagi maxsus xilxonada yana bir nec

20 Mar 12:50
 
21
0
postda.uz

HAMISHA BOR BO‘L, ONA TILIM!

Millat qayg‘usiMillatning ma’naviy boyligi bo‘lgan til nafaqat muomala vositasi, balki uning madaniyati, urf-odati, turmush tarzi, tarixidir. Boshqa millatlar­ning tillariga hurmat esa o‘z navbatida o‘zaro tushunishga, muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Ona tilning saqlanib qolishi uchun qayg‘urish millat kelajagi uchun qayg‘urish, demakdir. Afsuski, bugungi kunda ona tili­mizning qadrini tushirayotgan, uni buzib, sheva va lahjalarni o‘rinsiz qo‘llayotganlar ham yo‘q emas. Bo

20 Mar 12:50
 
37
0
postda.uz

"Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida"

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yosh ichki ishlar xodimlari va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilarining ma'naviy-ma'rifiy bilim va salohiyatini oshirish maqsadida "Bobur – umumarmiya yoshlari nig