calendar 14 May 20:30
eye 29
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mirziyoyev “BMT-ayollar” tuzilmasi direktorini qabul qildi

image

Bugun, 14 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari, "BMT-ayollar" tuzilmasi ijrochi direktori Sima Sami Baxus boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, BMT delegatsiyasi shu kunlarda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo xotin-qizlar forumi dasturi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining gender tenglik masalalari bo‘yicha yetakchi instituti rahbari Prezidentimizga Bosh kotib Antoniu Guterrishning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

O‘zbekistonda xotin-qizlarning mavqeini tubdan yaxshilash va jamiyatdagi maqomini oshirishga qaratilgan samarali islohotlarga yuksak baho berilgan.

Uchrashuvda mamlakatimizning "BMT-ayollar" tuzilmasi bilan konstruktiv hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

“Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va manfaatlarini ilgari surish sohasidagi barcha asosiy xalqaro konvensiyalarga qo‘shilgan, BMTning tegishli komissiyasi ishida faol ishtirok etmoqda. Osiyo xotin-qizlari forumining samarali yakunlari yuqori baholandi. Ushbu forumni Osiyo mintaqasida ayollar huquqlarini kengaytirish masalalari bo‘yicha doimiy muloqot platformasiga aylantirish muhimligi ta’kidlandi", deyiladi xabarda.

O‘zaro hamkorlik bo‘yicha, shu jumladan mintaqaviy darajadagi aniq loyiha va dasturlarni o‘z ichiga olgan o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan dasturni qabul qilish zarurligi qayd etilgan.

"BMT-ayollar" tuzilmasining mamlakatimizda vakolatxonasini ochish masalasi qo‘llab-quvvatlangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Jul 11:15
 
62
0
xs.uz

“Biz bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!”

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi oldidan oʻtkazilayotgan festival doirasida ijodiy uchrashuvlar, konsert dasturlari, xayriya tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.'Maʼnaviyat festivali' ijodiy guruh aʼzolari hamda 'Inson' ijtimoiy xizmatlar markazi faollari festivalning ilk kunida 'Inson qadri' loyihasi doirasida Shoʻrchi tumanining Boʻston mahallasida yashovchi 1-guruh nogironi Joʻrabek Toʻrashev xonadonida boʻlishdi.' Kutilmagan mehmonlarning tashrifidan boshim osmonga yetd

05 Jul 18:02
 
30
0
qalampir.uz

Samarqandda fuqarolarni AQSHga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Samarqand viloyati Payariq tumanida fuqaroni 24 000 AQSH dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. Qayd etilishicha, fuqaro X.K. fuqarolar Sh.Z. va B.R.ning ishonchiga kirib, ularni Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini va’da qilgan. O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvga ko‘ra, X.K. fuqarolarning  har biridan 12 000

15 Jul 12:03
 
29
0
xs.uz

“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi YTHga uchrab, yonib ketdi

'Qamchiq' dovonida yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda 'Qamchiqavtoyoʻl' xabar berdi.Qayd etilishicha, kecha, 14-iyul kuni soat 18:00 da Guliston'Boʻka'Angren'Qoʻqon va Andijon orqali Oʻsh avtomobil yoʻlida Toshkent'Vodiy yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan 'Isuzu' rusumli yuk avtotransport vositasi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl oʻrtasidagi temir toʻsiqqa urilgan va transport vositasida yongʻin sodir boʻlgan.Foto: 'Qamchiqavtoyoʻl'Maʼlum qilinis

28 Jun 11:08
 
47
0
qalampir.uz

“Chorsu” bozorida katta yong‘in chiqdi (video)

Bugun, 28 iyun kuni Toshkent shahridagi “Chorsu” bozorida yirik yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.   Qayd etilishicha, yong‘in tungi soat 01:12 da Shayxontohur tumani, Beruniy ko‘chasida joylashgan “Chorsu” bozori hududidagi savdo do‘konlarida sodir bo‘lgan. FVBga kelib tushgan xabarga asosan, 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 01:17 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:22 da qurshab olingan va s