calendar 28 Jun 11:08
eye 107
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Chorsu” bozorida katta yong‘in chiqdi (video)

image

Bugun, 28 iyun kuni Toshkent shahridagi “Chorsu” bozorida yirik yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, yong‘in tungi soat 01:12 da Shayxontohur tumani, Beruniy ko‘chasida joylashgan “Chorsu” bozori hududidagi savdo do‘konlarida sodir bo‘lgan. FVBga kelib tushgan xabarga asosan, 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 01:17 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:22 da qurshab olingan va soat 02:47 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev ham yetib borgan.

“Hodisa joyida favqulodda vaziyatlar vaziri va tegishli tashkilotlar rahbarlari o‘rganish ishlarini olib bormoqda”, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryodagi katta savdo majmuasida ham yong‘in chiqqandi. Shuningdek, Toshkentda restoranlardan biriga o‘t ketgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
21
0
xs.uz

Oʻzbekiston Senati raisi BMT Bosh kotibining oliy vakili bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva BMT kecha Bosh kotibining oliy vakili Fatima Rababxonim bilan uchrashdi.Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga koʻra, unda Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi istiqboli uchun muhim boʻlgan masalalar yuzasidan suhbatlashildi.Jumladan, dengiz yoʻli orqali savdo aloqalarini rivojlantirish, Oʻzbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti, kelgusidagi rejalari haqida fikr almashildi.Shuningdek, Oʻzbekistonning soʻnggi yillarda qoʻshni davlatlar

10 Oct 16:28
 
18
0
xs.uz

“Milton” toʻfoni sabab AQSHdagi oʻzbekistonliklar ogohlikka chaqirildi

Joriy yilning 6-oktyabr kuni Florida hukumati 'Milton' toʻfoni yaqinlashib kelayotgani sababli shtatning 51 shahrida'favqulodda holat'eʼlon qilgan edi. Shu munosabat bilan Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi vatandoshlarga murojaat bilan chiqib, ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirdi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar bermoqda.Unga koʻra, fuqarolar'shoshilinch yordam kerak boʻlsa, elchixonaning quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishi'mumkin:Shuningdek, toʻfon natijasida jabr

09 Oct 12:39
 
11
0
xs.uz

YXHT kuzatuvchilari – Fargʻona saylov komissiyasida

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Ayni kunlarda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning uzoq muddatli kuzatuvchilari ' Benedikt Uilyams va Mixael Xausmann Fargʻona viloyatida saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqda.Fargʻona viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyev bilan yuzma ' yuz muloqotda xorijlik kuzatuvchilar bir qator shahar ' tumanlarda boʻlib saylovchilar bilan suhbatlashgani hamda saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan bogʻliq

09 Oct 12:39
 
17
0
xs.uz

Choʻlponni yod etib...

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijonlik bir guruh ijodkorlar Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon tavalludining 126-yilligi munosabati bilan uning Andijon shahridagi uy muzeyida boʻldi. Bu yerda shoirning hayoti va ijodiga bagʻishlangan eksponatlar bilan tanishdi.' Muzeyda Choʻlponning qalamiga mansub boʻlgan asarlarning haqiqiy qoʻlyozmasidan tortib uning qatl etilishiga doir rasmiy hujjatlarning nusxalarigacha oʻrin olgan, ' deydi Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasining Andij