Qayd etilishicha, kecha, 14-iyul kuni soat 18:00 da Guliston'Boʻka'Angren'Qoʻqon va Andijon orqali Oʻsh avtomobil yoʻlida Toshkent'Vodiy yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan 'Isuzu' rusumli yuk avtotransport vositasi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl oʻrtasidagi temir toʻsiqqa urilgan va transport vositasida yongʻin sodir boʻlgan.
Foto: 'Qamchiqavtoyoʻl'
Maʼlum qilinishicha, yoʻl transport hodisasi oqibatida kelib chiqqan yongʻin hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bartaraf etilgan.
'Tan jarohati olganlar yoʻq. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda', deyiladi xabarda.
Yangi texnika vositalari bir kunda 30 tonna paxta teryapti
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon viloyatida paxta xomashyosini yigʻib olish mavsumi avj pallada. Joriy yilda mehnatkashlar mashaqqatini aritish maqsadida 41 ta yangi terim mashinalari olib kelindi.Shu kungacha viloyatda 30 ta ana shunday texnika vositalari mavjud edi. Xitoy, AQSH, Turkiya kabi davlatlardan keltirilgan terim mashinalarining har biri kuniga oʻrtacha 10 gektar maydondan 30 tonnagacha hosil yigʻib olmoqda.
Kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni internetda tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilandi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra, Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni telekommunikatsiya tarmoqlaridan va Internetdan foydalanish orqali qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik, ushbu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda sodir etganlik uchun javobgarlik chora
Prezident yangi qaror imzoladi
'Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, quyidagilar Milliy malaka tizimini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan: Milliy malaka tizimining normativ-huquqiy, institutsional va uslubiy asoslarini takomillashtirish; norasmiy va informal orttirilgan koʻnikma va malakalarni tan olish ('Recognition of Prior Learning') tizimini joriy qilish; koʻni
Muzrabotlik oʻqituvchi 2 ming dollar maosh oladi
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Taʼlim tizimidagi islohotlar samarasi mamlakat boʻylab boʻy koʻrsatmoqda. Buni Surxondaryo viloyatidagi umumtaʼlim maktablari faoliyatida ham koʻrish mumkin. Oʻqituvchilarning sifatli taʼlim berishi uchun barcha imkoniyat ishga solinmoqda. Elektron vositalardan tortib, yangi avlod darsliklarigacha olis va chekka hududlardagi maktablarga ham yetkazilgan. Yaratib berilayotgan bu kabi sharoitlar oʻqituvchilarning ham, oʻquvchilarning ham oʻrgatish va oʻrgani