calendar 11 Apr 14:01
eye 36
comments 0
comments Manba: xs.uz

Xitoyning CNNC kompaniyasi bilan hamkorlikda uran ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda

image
Temur Eshboyev/'Xalq soʻzi'. Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib, soʻnggi yillarda har ikki tomon manfaatlariga xizmat qiluvchi togʻ-kon sanoati va geologiya-qidiruv sohasida ham yangi-yangi istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 'Navoiyuran' davlat korxonasi va Xitoyning Milliy yadro korporatsiyasi bilan yoʻlga qoʻygan oʻzaro hamkorlik aloqalari mamlakatimizda uran sanoati rivojida yana bir muhim qadam boʻlishi kutilmoqda.

Xitoyning Milliy yadro korporatsiyasi ('China National Nuclear Corporation' ' CNNC) atom energetika (qurilish, tadqiqot, muhandislik) yoʻnalishida faoliyat olib boradigan davlat kompaniyasi vitse-prezidenti Shen Yanfen boshchiligidagi delegatsiyasi vakillari 'Navoiyuran' davlat korxonasida boʻlib, mazkur yoʻnalishdagi bir qator masalalarni muhokama qilishdi.

Dastlab 'Navoiyuran' DK birinchi oʻrinbosari A. Saparov xitoylik mutaxassislarni 'Zafarobod' kon boshqarmasiga qarashli 2-geotexnologik koni ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishtirdi.

' Xitoy Milliy yadro korporatsiyasi Xitoydagi global yadroviy loyihalar boʻyicha yetakchi boʻlib, mazkur korporatsiya ushbu mamlakatda amalda ishlab turgan va yangidan qurilayotgan mahalliy atom elektr stansiyalarining asosiy investori hisoblanadi, ' deydi Navoiyuran' DK birinchi oʻrinbosari ' Bosh muhandis A. Saparov. ' Hozirda ushbu korporatsiya 22 ta amalda ishlayotgan va 6 ta yangidan qurilayotgan energobloklarga ega boʻlib, Xitoydagi yagona uran ishlab chiqaruvchi yirik korporatsiyadir. Kelgusida Xitoy korporatsiyasi va 'Navoiyuran' oʻrtasida gidrotermal va qora slanesli konlarni birgalikda oʻzlashtirish va hamkorlikda uran ishlab chiqarish ishlari yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilmoqda.

Xitoylik hamkorlar shuningdek, Navoiy shahrida joylashgan Uran ishlab chiqarish zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Shundan soʻng, tashrif dasturiga muvofiq Toshkent shahrida Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati va Xitoyning Milliy yadro korporatsiyasi delegatsiyasining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda joriy yilning 23-yanvar kuni imzolangan 'Uran resurslari boʻyicha strategik hamkorlik' toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan masalalar, xususan geologiya-qidiruv ishlariga investitsiya kiritish, istiqbolli maydonlarda oʻzaro hamkorlikda dala geologiya-qidiruv ishlarini tashkil qilish, shuningdek, texnik quduqlarni burgʻilash masalalari muhokama etildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:55
 
42
0
postda.uz

ILM ULUG‘LAGAN INSON

U 1949-yil 30-martda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy shahrida maorif fidoyilari — Rahmon­berdi Karimov hamda Rahima Alimovalar oilasida tug‘ilgan. Ziyoli oilada o‘sgan, bolaligidan ilmga chanqoq bo‘lgan qahramonimiz Toshkent shahridagi 42-sonli o‘rta maktabda o‘qib yurgan kezlaridayoq, o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygandi.  Ta’lim dargohini kumush medal bilan tugatgach, Toshkent davlat universitetining fizika fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlayd

11 Apr 14:02
 
692
0
xs.uz

Navoiyda sayyohlikning yangi mavsumiga start berildi

Unda hududda faoliyat olib borayotgan turoperator va turagentlar, mehmonxonalar, hostel va oilaviy mehmon uylari vakillari hamda korxona va tashkilotlar kasaba uyushmalarining boshlangʻich tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.Yarmarkaning ochilish marosimida viloyat hokimi oʻrinbosari С.Мирзаев ushbu tadbirdan koʻzlangan maqsadga toʻxtalib, u turoperatorlar hamda korxona va tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada faollashtirishga, nafaqat viloyat balki butun respublika

11 Apr 14:01
 
37
0
xs.uz

Fargʻonada Xitoy paxta terish mashinalari ishlab chiqariladi

Botir Madiyorov/'Xalq soʻzi'. Fargʻonada Xitoyning 'Shandong Swan Cotton Industrial Machinery' kompaniyasi tomonidan paxta terish mashinalarini yigʻish, servis xizmati koʻrsatish markazi hamda mexanizatorlar uchun oʻquv kursi tashkil etish loyihasini amalga oshirishga kirishildi.Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, 'Oʻzagrolizing' AJ boshqaruv raisi Nodir Otajonov, 'Shandong Swan Cotton Industrial Machinery' kompaniyasi boshqaruvi vakilla

10 May 13:30
 
14
0
postda.uz

PARVOZING BALAND BO‘LSIN, LOCHINBEK!

Lochinbek 8-sinfda o‘qib yurgan kezlari sportning o‘zbek jang san’ati va karate turlari bo‘yicha dastlab tuman va viloyat birinchiliklari­da g‘olib bo‘ldi. Keyinchalik mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ham sovrinli o‘rinlarni egalladi. U 9-sinfni tugatish arafasida ota-onasi bilan maslahatlashib, IIV Navoiy akademik litseyiga hujjat topshirdi. Hozirda 2-kursda tahsil olmoqda. Lochinbek Sa’dullayevning sportdagi yutuqlariga batafsilroq to