calendar 14 May 14:34
eye 69
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekiston Qozog‘istonga 900 mln kub metrdan ortiq suv yetkazib beradi

image

Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish mavsumida “Do‘stlik” kanali orqali 922 million kub metr suv oladi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vazirligi xabar berdi.

Qozog‘iston Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjon Nurjigitov Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining 86-yigilishida ishtirok etgan. Komissiya tarkibiga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston kiradi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha vazir sug‘orish mavsumida “Do‘stlik” davlatlararo kanali orqali oqib o‘tadigan 922 million kub metr suvni Qozog‘istonga yetkazib berishga kelishib olgan.

Shu bilan birga, Turkiston viloyatidagi Shardara suv omborida 4,8 milliard kub metr suv to‘plangan. Qozog‘iston janubidagi dalalarni sug‘orishda foydalaniladigan Qirg‘izistondagi To‘qto‘g‘ul suv omborida esa 8 milliard kub metr suv yig‘ilgan.

Shuningdek, yig‘ilishda Norin-Sirdaryo kaskadi suv omborlarini joriy yilning 30 sentyabriga qadar foydalanishning prognoz jadvali tasdiqlandi. Yig‘ilishda Qozog‘iston yil boshidan buyon raislik qilayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi ishlar alohida muhokama qilindi. Qozog‘iston barcha tashkiliy ishlarni yakunladi.

“Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida suv-energetika sohasidagi hamkorlik mexanizmini yaratish to‘g‘risida”gi shartnoma loyihasi ham ishlab chiqilmoqda.

“Hozirgi birinchi vazifamiz toshqin suvini yig‘ishdir. Biz uni Kaspiy dengizi, Balxash, Qamish-Samar ko‘llariga, Ulitov viloyatidan Qizilo‘rda viloyati ko‘llariga va hokazolarga jo‘natamiz. Lekin janubiy viloyatlarni ham suv bilan ta’minlash muhim. Bu borada esa suv diplomatiyasi muhim ahamiyatga ega, deydi Nurjon Nurjigitov.

Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi joriy yilning sentyabr oyida Turkmanistonda bo‘lib o‘tadi.

Muqaddasxon Sattarova


Doʻstlaringiz bilan ulashing

25 Sep 13:14
 
7
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Qirgʻizistondagi favqulodda va muxtor elchisi oʻzgardi

Saidikrom Niyozxoʻjayev Oʻzbekistonning Qirgʻiz Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda 'Dunyo AA' xabar berdi.Qayd etish kerakki, Niyozxoʻjayev bungacha Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Diplomat 2018-yildan buyon Oʻzbekistonning qoʻshni diyordagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelgan.Niyozxoʻjayev 2024-yil avgust oyida amalga oshirilgan ishlari va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qoʻs

25 Sep 13:14
 
6
0
xs.uz

Prezident shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolariga tabrik yoʻlladi

Qadrli farzandlarim!Avvalo, siz, azizlarni Vengriyaning Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida munosib ishtirok etib, qariyb 200 ta davlat vakillari orasida faxrli uchinchi oʻrinni egallab, oʻzbek shaxmati tarixida yana bir yorqin sahifa ochganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.Gʻoyat keskin va murosasiz musobaqalarda sizlar yuksak aql-zakovat, mustahkam iroda va matonat fazilatlarini namoyon etib, Xitoy, Serbiya, Armaniston, Germaniya, Ozarba

03 Sep 21:35
 
15
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev pirotexnika buyumlariga oid muhim Qonunni imzoladi

Oʻzbekistonda pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali maʼlum qildi.Maʼlum boʻlishicha, Prezidentimiz tomonidan imzolangan Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirishlar kiritilgan.Unga koʻra, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik, tayyorlaganlik, saqlaganlik, tashiganlik, joʻnatganlik va Oʻzbekistondan olib chiqqanlik, shuningdek pirotexnika buyumlarini qo

03 Sep 21:34
 
18
0
xs.uz

Toshkentda “Nexia-3” va “Damas” ishtirokida YTH sodir boʻldi

Toshkent shahar Sergeli tumanida 'Nexia-3' toʻxtab turgan 'Damas'ga urilib, uni agʻdarib yubordi. Bu haqda YHXB axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 2-sentyabr kuni soat 17:10 larda Sergeli tumani THAY koʻchasida sodir boʻlgan. 2001-yilda tugʻilgan T.X. 'Nexia-3' avtomashinasini boshqarib kelayotib yoʻl chetida harakatsiz turgan 1987-yilda tugʻilgan A.E. boshqaruvida boʻlgan 'Damas' bilan toʻqnashganYTH oqibatida har ikki mashinaning haydovchisi tan jarohat olib,