Andijon shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Muhammadsaid Tursunov aynan shu til fanidan 7.0 ballik IELTS sertifikatiga ega boʻldi. Bu bilan u dunyoning 140 dan ortiq davlatida grant asosida oʻqish va Oʻzbekistondagi ingliz tili magistraturalariga kirish uchun belgilangan natijaga erishdi.
Viloyat hokimligida har ikkala bilimdon oʻquvchini munosib ragʻbatlantirishga doir tadbir boʻlib oʻtdi. Unda oʻquvchilarning ustozlari va ota-onalari ishtirok etdi.
' Andijondan buyuk ajdodlarimizning ilm-maʼrifat yoʻlini qayta qurayotgan oʻgʻil-qizlar yetishib chiqayotganidan xursandman, ' deydi viloyat hokimi Sh. Abdurahmonov. ' Eng avvalo, farzandlarining taʼlimiga eʼtiborli boʻlgan ota-onalarga minnatdorchilik bildiraman. Shu bilan birga, oʻquvchilarimizning jonkuyar ustoz va murabbiylariga mehnatlari uchun rahmat aytaman.
Tadbirda har ikkala oʻquvchiga viloyat hokimligi nomidan qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi tayinlandi
Alisher Toʻxtayev Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. U ushbu lavozimda 2021-2024-yillarda ishlagan Oybek Usmonovning oʻrnini egalladi.Toʻxtayev tayinlovdan oldin Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining maslahatchisi boʻlib ishlagan.Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi Toshkent davlat yuridik universiteti) tugatgach, Tashqi ishlar vazirligi, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Prezident Administratsiyasida masʼuliyatli lavozi
Yangi korxona ishchilari 11 mln. soʻmgacha oylik maosh olmoqda
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'.'Andijon tumanidagi 'Everest bazalt' korxonasi faoliyatini boshlaganiga hech qancha vaqt boʻlgani yoʻq. Shunday boʻlsa-da, uning mahsulotlariga xaridorlar bisyor.' Eng muhimi, ishchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, ' deydi korxona xodimi Sanjarbek Haydarov. ' Oylik maoshimiz esa 4,5 mln. soʻmdan 11 mln. soʻmgachani tashkil etmoqda.Darhaqiqat, 10 mln. AQSH dollariga teng loyiha asosida barpo etilgan ushbu korxonaning ishga tushirilishi natijasida 150 ta
Kanallarda yiliga beshta viloyat bir yilda ishlatadigan suv yoʻqotilyapti
Noyabr-mart oylari kanallarni betonlash uchun eng qulay vaqtligi taʼkidlandi. Hali 18 ming kilometr magistral va 94 ming kilometr ichki kanallarni betonlash zarur.Kanallarda yiliga 13 milliard kub metr suv yoʻqotilayapti. Bu ' Andijon, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryoning bir yil ishlatadigan suviga teng.Shu sababli kelgusi yilda betonlashga 800 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.Masʼul idoralarga 66 ta magistral kanal loyihasi va ekspertizasini yakunlab, qurilish ishlarini tez furs
Maqsadlari mushtarak turkiy davlatlar
Ayni vaqtda jahon siyosiy sahnasida yuz berayotgan shiddatli, shu bilan birga global oʻzgarishlar sharoitida Oʻzbekistonning xalqaro mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorligi faollashib bormoqda. Xususan, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning joriy yilning 6-noyabr kuni Bishkek shahrida boʻlib Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sessiyasida ishtiroki ham yuqoridagi mulohazamizni dalillaydi.Mamlakatimizning mazkur tashkilotda ishtirok etishi, oʻz navbatida, Tu