calendar 09 Oct 21:52
eye 69
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkent kamida 7,5 million odam yashashi va ishlashi uchun qulay sharoitga ega yirik megapolisga aylantiriladi

image
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-oktyabr kuni Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi.

Bugungi kunda shahar hududi 43 ming 822 gektar, aholi soni 3 milliondan ziyod. Kelgusida bu miqyos yanada oshib borishi tayin. Shu bois Toshkent shahrining 2045-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan bosh rejasi loyihalashtirildi.

Davlatimiz rahbari bu boradagi ilk ishlanmalar bilan 2022-yilda tanishgan edi. Unda berilgan koʻrsatma va tavsiyalar asosida loyiha takomillashtirildi. 'ToshkentboshplanLITI' korxonasida Singapur, Buyuk Britaniya, Turkiya, Germaniya, Xitoy va Niderlandiya kompaniyalari bilan hamkorlikda puxta ish olib borildi.

Loyihaga koʻra, Toshkent shahri hududi 3 ta zonaga ajratiladi. Konservatsiya zonasida madaniy meros binolari, tarixiy joylar, uylar va yashil hududlar oʻzgarishsiz qoladi. Rekonstruksiya zonasida master-rejalar asosida qoʻshimcha qurilishlar qilish mumkin boʻladi. Renovatsiya zonasida eskirgan uy-joy, binolar oʻrnida yangi qurilishlar va taʼmirlash amalga oshiriladi.

Bugungi kunda ekologiya va transport muammolari dolzarb boʻlib bormoqda. Xususan, oxirgi oʻn yilda Toshkentdagi havo harorati oʻrtacha 1 daraja koʻtarilgan. Baʼzi kunlarda atmosferadagi ifloslantiruvchi moddalar meʼyordan ortiq boʻlmoqda. Avtomashinalar ham kun sayin koʻpayib, yoʻl harakati qiyinlashib bormoqda.

Shu bois yangi bosh rejada bu masalalar inobatga olingan. Jumladan, Toshkent shahri va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra koʻpaytirilib, 25 ming gektarga yetkazilishi belgilanmoqda. Bu orqali aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan yashil maydon hozirgi 3 kvadrat metrdan 6 kvadrat metrga oshadi.

Shaharsozlik talabiga koʻra, aholi oʻz yashash joyidan eng yaqin bogʻcha, maktab, shifoxona, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarigacha koʻpi bilan 15 daqiqada yetib bora olishi kerak. Shu bois jamoat transporti tarmogʻi kengaytirilib, bogʻlamlar va bekatlar koʻpaytiriladi. Yangi yoʻllar qurilib, metrobus yoʻnalishlari tashkil etiladi.

Soʻnggi yillardagi oʻsish natijasida Toshkentda elektr energiyasi, suv va oqova infratuzilmasi yuklama bilan ishlayapti. Bosh reja loyihasida bu quvvatlarni oshirish manbalari ham hisob-kitob qilingan.

Bosh reja tasdiqlangach, uning xaritalari Shaharsozlik kadastri geoaxborot tizimida hamda Toshkent shahar hokimligi veb-saytida ochiq maʼlumot sifatida joylashtiriladi.

Mutasaddilar bosh rejaning shu kabi asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha axborot berdi.

Davlatimiz rahbari Toshkent shahrini kamida 7,5 million odam yashashi va ishlashi uchun qulay sharoitga ega yirik megapolisga aylantirish zarurligini taʼkidladi. Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yuqorichirchiq, Oʻrtachirchiq va Toshkent tumanlarini poytaxt bilan yaxlit aglomeratsiya asosida rivojlantirish boʻyicha topshiriqlar berdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:38
 
93
0
xs.uz

Suvdan noqonuniy foydalanishni videoga olganlarga pul mukofoti beriladi

2025-yil 7-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining 352-sonli qaroriga asosan 'Jismoniy shaxslar tomonidan qayd etilgan suv xoʻjaligi sohasidagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi haqida'gi nizom tasdiqlandi.Nizomga koʻra, fuqarolar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 74-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan qoidalarni buzish holatlarini videotexnika vositalari orqal

18 Jun 21:55
 
21
0
xs.uz

Prezident “Parkentsoy” turar joy massivining qurilishi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlarning iqtisodiy rivoji va yangi loyihalar bilan tanishish maqsadida 18-iyun kuni Toshkent viloyatining Parkent tumaniga tashrif buyurdi. Dastlabki manzil 'Parkentsoy' turar joy massivi boʻldi.Hududlarni 'oʻsish nuqtalari'ga tayanib rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoitlari yaratish ' davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishi. Bunday oʻzgarishlar Parkent tumanida ham namoyon.Tuman markazidan oqib oʻtuvchi Parkentsoy qirgʻogʻida q

31 May 08:49
 
46
0
xs.uz

Bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan parlament soʻrovi yuboriladi

Yalpi majlisda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga parlament soʻrovi yuborish masalasi koʻrib chiqildi.Qayd etish joizki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, bu borada ilgʻor xorijiy tajribadan hamda zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini yanada kenga

08 Jun 02:26
 
145
0
xs.uz

Senat Raisi boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyati mahallalaridagi ijtimoiy masalalarni oʻrgandi

2025-yil 4-iyun kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy holat va aholi turmush darajasi, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.Ishchi guruh aʼzolari Konimex tumanidagi 'Navroʻz' mahallasini oʻrganish jarayonida mahallada 'mahalla yettiligi' tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, ayollar bandligini taʼminla