Senat Raisi boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyati mahallalaridagi ijtimoiy masalalarni oʻrgandi

Ishchi guruh aʼzolari Konimex tumanidagi 'Navroʻz' mahallasini oʻrganish jarayonida mahallada 'mahalla yettiligi' tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, ayollar bandligini taʼminlash, infratuzilmani yaxshilash, kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan tashabbuslarni baholashdi. Mahallada 3 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi va yoshlar, xotin-qizlar, mehnat migratsiyasi hamda nogironligi boʻlgan shaxslarga oid ijtimoiy masalalar dolzarb boʻlib qolmoqda.
Tashrif doirasida mahallada 'Ayollar daftari' va probatsiya roʻyxatida turgan yoshlar bilan bogʻliq muammolar, shuningdek taʼmirtalab uylarda yashovchi fuqarolar holati ham muhokama etildi. Ishchi guruh soʻngra Navoiy shahridagi 'Ishonch' turar joy majmuasiga tashrif buyurib, u yerdagi infratuzilma va qurilish ishlari bilan tanishdi. Ushbu binolarda zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratilgan, yertoʻlalar foydali maqsadlarda moslashtirilgan.
Shu kuni ishchi guruh aʼzolari Navoiy shahrida tashkil etilgan velosport marafonida ham ishtirok etdi. Marafon sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, sportni yoshlar orasida ommalashtirish va sportchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadini koʻzladi. Tadbir chogʻida ishtirokchilarga 20 ta zamonaviy velosiped topshirildi. Mahalliy sportchilarning oʻtgan yilgi muvaffaqiyatlari ' 15 ta medal ' alohida qayd etildi.
Tashrif yakunida ishchi guruh viloyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni tahlil qildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi farovonligini oshirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va iqtisodiy oʻsishni taʼminlashga doir samarali choralar koʻrish zarurligi taʼkidlandi.
CEFR imtihoni natijalari eʼlon qilindi
2025-yil 25-apreldan 23-mayga qadar boʻlib oʻtgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari rasman eʼlon qilindi. Bu haqda 'Bilim va malakalarni baholash agentligi' xabar bermoqda.Qayd etish kerakki, ushbu test sinovi orqali talabgorlarning xorijiy til boʻyicha bilim va koʻnikmalari baholandi. Natijalar my.gov.uz portalida joylashtirilgan boʻlib, har bir ishtirokchi 'Mening arizalarim' boʻlimi orqali oʻz natijalari bilan tanishishi mumkin.Test sinovidan muvaffaqiyatli
Fargʻona davlat texnika universitetida “Yoshlar texnoparki” tashkil etildi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Maʼlumki, Fargʻona davlat texnika universitetida taʼlim jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Universitet qoshida tashkil etilgan spin-off kompaniyalari professor-oʻqituvchilar, magistr va talabalarni viloyatdagi yirik sanoat korxonalari hamda tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda ilmiy va innovatsion loyihalarni hayotga tatbiq etishga keng jalb qilmoqda.Shu bilan birga, dual taʼlim tizimi
Oʻzbekistonning Norvegiyadagi yangi tayinlangan elchisi Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi
15-may kuni Oʻzbekistonning Norvegiyadagi yangi tayinlangan elchisi Rahmatulla Nurimbetov ushbu mamlakat Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Rasmiy marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston va Norvegiya oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga
Toshkent va Pusan shaharlari oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi
Janubiy Koreyaning Pusan shahriga 'Qanot Sharq' aviakompaniyasining ilk samolyoti kelib qoʻndi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Unda aytilishicha, 'Pusan-Toshkent' yoʻnalishi boʻyicha ilk parvoz arafasida aeroportda mazkur havo qatnovining tantanali ochilish marosim boʻlib oʻtgan. Mazkur ochilish marosimida Kimxe xalqaro aeroporti va 'Qanot Sharq' aviakompaniyasi vakillari ramziy qizil lentani kesib, 285 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan birinchi reysga roʻyxatdan oʻtish j