calendar 10 Oct 11:12
eye 36
comments 0
comments Manba: xs.uz

Fargʻona viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

image
Sherzodjon Fazlitdinovich Polvonov Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati'xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Sherzodjon Polvonov mazkur lavozimda mart oyidan buyon ishlab kelgan va oʻz arizasiga koʻra lavozimidan ozod etilgan Sherzod Rahimov oʻrnini egallagan.

Maʼlumot uchun, Sherzodjon Polvonov 1987-yilda Rishton tumanida tugʻilgan. Fargʻona politexnika instituti hamda Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi (magistratura)ni tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2009-yilda Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi kommunal xizmat koʻrsatish departamenti bosh mutaxassisi sifatida boshlagan.

Polvonov hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari boʻldi. U bunga qadar Mahallalar uyushmasining Mahallalar obodligini taʼminlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlagan.

Faoliyati davomida viloyat hokimligi yetakchi mutaxassisi, 'Kamolot' yoshlar ijtimoiy harakati Fargʻona shahri hamda viloyati kengashlari raisi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi boʻlim mudiri, Fargʻona shahri hokimining oʻrinbosari, Oʻzbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsulxonasi xodimi, 2020-2024-yillarda Tashqi mehnat migratsiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi rahbari boʻlgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
32
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidentini tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

5-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.Davlatimiz rahbari Tojikiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sogʻlik va yangi muvaffaqiyatlar, birodar tojik xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.Prezidentlar Oʻzbekiston-Tojikiston munosabatlarini oliy darajadagi kelishuvlardan kelib chiqqan holda rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.Tov

29 Oct 20:49
 
22
0
xs.uz

Oʻzbekiston qonunchiligida 1-noyabrdan nimalar oʻzgaradi?

Mehnat huquqlariga rioya etilishini tekshirishning yangi tartibi joriy etiladiDavlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan tekshiruv boshlangan paytdan Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilgan holda mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar'oʻtkaziladi.Oilalarni kambagʻallikdan chiqarish dasturi boshlanadi'Kambagʻallikdan farovonl

11 Nov 03:17
 
17
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Suv xoʻjaligi sohasida keskin oʻzgarish qilishning birdan-bir yoʻli – raqamlashtirish

Nasos stansiyalariga 1,7 mingta 'onlayn' nazorat qurilmasi va 12 mingta 'aqlli suv' qurilmasi olib kelingan. Lekin ulardan olinadigan maʼlumotlarni jamlab, tahlil qiladigan axborot tizimi yoʻq.Shu bois, Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi. Ushbu markaz suv isteʼmoli va uni hisobini yuritishning yagona axborot tizimini ishga tushiradi.Hozirda suv soligʻidan tushumning 40 foizi tuman suvchilarida qolmoqda. Lekin, 27 ta tumanda undirilgan s

29 Oct 20:48
 
21
0
xs.uz

Oʻzbekistondan Rossiyaga eksport qilingan pomidorlarda virus aniqlandi

Oʻzbekistondan Rossiyaga eksport qilingan pomidorlarda virus aniqlandi. Bu haqda Rossiyaning Veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati maʼlum qildi.Qayd etilishicha, joriy yilning 25-oktyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi yuklarni vaqtinchalik saqlash omboriga Oʻzbekistondan eksport qilingan 1,3 tonna pomidorda 'jigarrang bujmayish virusi' borligi aniqlangan.Mazkur virus mavjudligi Yekaterinburgdagi FGBU (Butunrossiya Oʻsimliklarni Himoya qilish Ilmiy-Tadqiqot Instit