calendar 29 Oct 20:49
eye 23
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston qonunchiligida 1-noyabrdan nimalar oʻzgaradi?

image
Mehnat huquqlariga rioya etilishini tekshirishning yangi tartibi joriy etiladi

Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan tekshiruv boshlangan paytdan Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilgan holda mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar'oʻtkaziladi.

Oilalarni kambagʻallikdan chiqarish dasturi boshlanadi

'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturi'ishga tushiriladi, u 'Kambagʻal oilalar uchun yetti imkoniyat va masʼuliyat' tamoyili asosida amalga oshiriladi. U quyidagilarni nazarda'tutadi:

Tovar-xomashyo birjalariga yangi talablar'qoʻyiladi

Litsenziya olish uchun tovar-xomashyo birjalari quyidagilarga ega boʻlishi'kerak:

100 mln soʻmgacha garovsiz kreditlarni qayta moliyalash stavkalari kuchga kiradi

Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlashning kompleks dasturi doirasida 100 mln soʻmgacha garovsiz mikrokreditlar kichik tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtgan va faoliyat yuritayotgan hududlar toifasidan kelib chiqib, mikrokredit beruvchilarga quyidagi stavkalarda qayta'moliyalanadi, xususan:

Zargarlik buyumlarini nazorat qilishning yangi choralari belgilandi

Shunday qilib, xorijdan ishlab chiqarilgan va bojxona toʻlovlari toʻlanganini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlmagan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotuvga qoʻyish va sotish'taqiqlanadi.

Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallar litsenziya asosida eksport qilinadigan maxsus tovarlar roʻyxatiga kiritiladi.

Shuningdek, Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining xulosasi boʻlmagan zargarlik buyumlari yarim fabrikatlarini Oʻzbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqish taqiqlanadi.

Elektr energiyasi uchun toʻlovlarni qabul qilishga cheklovlar

Chiqindilar bilan ishlash xizmatlari uchun toʻlov toʻlanmagan taqdirda (elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanmagan hududlar bundan mustasno) abonentlardan elektr energiyasi uchun toʻlovlarni qabul qilishga vaqtinchalik cheklov'kiritiladi.

Eski namunadagi aksiz markali spirtli ichimliklar va tamaki olib qoʻyila boshlaydi

Soliq va Bojxona qoʻmitalari eski namunadagi aksiz markali mahsulotlarni aniqlash va olib qoʻyishni'boshlaydi.

'Eng toza mahalla' tanlovi boshlanadi

Noyabrdan yanvargacha tumanlar, viloyatlar va respublika darajasida 'Eng toza mahalla' tanlovi oʻtkaziladi, uning natijalariga koʻra 14 ta gʻolib mahalla taqdirlanadi. Ekologiya jamgʻarmasi hisobidan ularga chiqindi yigʻish maydonchalari qurish, mahallaning ijtimoiy obyektlarida chiqindi yigʻish konteynerlarini oʻrnatish va daraxt ekish uchun mablagʻ ajratiladi. Shuningdek, gʻoliblarga xizmat foydalanishi uchun bittadan elektromobil'beriladi.

Binolar energiya samaradorligiga tekshiriladi

Maydoni 200 kvadrat metrdan ortiq bino va inshootlarning energiya samaradorligi toifasini aniqlash uchun 'A', 'V', 'C', 'D', 'Ye', 'F' va 'G' toifalari joriy'etiladi.

Bunda 'A' toifasi eng yuqori energiya samaradorligiga ega bino va inshootlarni, mos ravishda 'G' toifasi ' eng pastini belgilash uchun qoʻllaniladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:49
 
25
0
xs.uz

583-saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayonlari bohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endlib ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endtmoqda

Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi tashkil etilgan 583-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari qizghtml5-dom-document-internal-entity2-39-endin davom etmoqda.Saylovchilar soni 2870 ta. Shundan 16 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz bergan. Shu bilan birga 31 nafar birinchi marta ovoz beruvchilar ishtiroki kutilmoqda.Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'

20 Nov 01:37
 
7
0
xs.uz

Tuman va shaharlar byudjetlari daromadi oshiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev maʼlum qilgan

Yangilangan Konstitutsiya talabi asosida mahalliy kengashlar yaqinda hokimlarni lavozimga tasdiqlashda ularning hududni rivojlantirishga oid dasturlarini ilk bor koʻrib chiqib, maʼqulladi.Xalqimiz deputatlardan bu dasturlardagi vazifalar ijrosi boʻyicha deputatlik va kengash nazoratini amalga oshirishda faol va tashabbuskor boʻlishni kutmoqda.2025-yildan yer, mol-mulk va aylanma soliqlarini toʻliq, daromad soligʻining esa kamida 50 foizini tuman va shaharning oʻzida qoldirish rejalashtiri

11 Nov 03:18
 
19
0
xs.uz

Tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi belgilandi

Keltirilishicha, yoʻriqnoma tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini berish, qayd etish, saqlash va qaytarish tartibini belgilaydi.Aksiz markalari bilan markalanadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni ishlab chiqaruvchi korxonalar 'Davlat belgisi' DUKga quyidagi shaklga muvofiq aksiz markalarini xarid qilishga buyurtmanoma bilan murojaat etadi. Importchilar Bojxona qoʻmitasining hududiy organlariga belgilangan shakldagi buyurtma bilan murojaat qiladi.Quyid

18 Nov 04:58
 
19
0
xs.uz

“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi

Qaror bilan jismoniy tarbiya fani o'qituvchilariga malaka toifasi berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.Qarorga ko'ra, 2025 yil:1 martga qadar boshlang'ich, o'rta va yuqori sinf o'quvchilari yosh toifasi bo'yicha harakatli o'yinlar, olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik berish orqali sport turlari ro'yxati shakllantiriladi;1 iyunga qadar maktab o'quvchilarining sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, o'quvchilarni sportga qamrab olinganlik darajasini a