calendar 20 Sep 00:21
eye 19
comments 0
comments Manba: xs.uz

Surxondaryodagi xonadonda qoʻlbola yogʻ ishlab chiqarish holati fosh etildi

image
Surxondaryo viloyati Denov tumanida isteʼmolga yaroqsiz yogʻ mahsuloti ishlab chiqarish holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro M.D. yashash xonadonining yordamchi xoʻjaligida yashirin ravishda qoʻlbola yogʻ ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib kelganligi aniqlangan.

Ushbu sexdan 1 020 kg texnik chigit, 448 litr qora rangli yogʻga oʻxshash suyuqlik, 1 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Manbaga koʻra, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:22
 
22
0
xs.uz

Davlat tibbiy sugʻurtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi

Shavkat Mirziyoyevning 'Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali maʼlum qildi.Xabar qilinishicha, davlat tibbiy sugʻurtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatish va dori vositalarini taqdim etish Davlat byudjetiga toʻlanayotgan soliqlar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda aholidan davlat tibbiy sugʻurtasi uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi.Qayd etilishicha, ushbu amaliyotni jor

10 Oct 11:25
 
21
0
xs.uz

Samarqandda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Samarqand shahrida 'Range Rover', 'Lacetti Optra' va 'Damas' mashinalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, voqea 10-oktyabr kuni soat 01:00 larda Samarqand shahar Zulfiya mahallasi hududidan oʻtuvchi Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida sodir boʻlgan. 'Range Rover' haydovchisi katta tezlikda harakatlanib, boshqaruvni yoʻqotgan va avvaliga oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanayotgan 'Lacetti Optra' avtomobili orq

09 Oct 12:39
 
14
0
xs.uz

Xorijiy kuzatuvchilar saylovoldi jarayon bilan tanishdi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'.'Shu yilning 27-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlar xalqaro tashkilotlar tomonidan ham katta qiziqish uygʻotmoqda. Xorijlik kuzatuvchilar joylarda boʻlib, saylovga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishmoqda. Xususan, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining uzoq muddatli kuzatuvchilari Ayris Oʻruk va Vinsent Godbillonlar Andijon viloyatida boʻlib, jarayo

20 Sep 00:21
 
18
0
xs.uz

Egasini kutayotgan muzey

Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan 80 ta madaniyat markazidan 18 tasi oʻz binosiga ega emas. Achinarli jihati shundaki, ulardan aksariyatining moddiy-texnika bazasi haminqadar. Kattaqoʻrgʻon tumani madaniyat boʻlimi faoliyati bilan tanishib, bunga yana bir amin boʻldik.Tumandagi 5 ta madaniyat markazida tashkil etilgan toʻgaraklarda 58 nafar xodim 600 nafardan ziyod havaskorga musiqa va sanʼat sirlarini oʻrgatib kelmoqda.' Madaniyat tizimida 20-yildan buyon ishlayman, ' deydi