calendar 20 Sep 00:21
eye 12
comments 0
comments Manba: xs.uz

Egasini kutayotgan muzey

image
Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan 80 ta madaniyat markazidan 18 tasi oʻz binosiga ega emas. Achinarli jihati shundaki, ulardan aksariyatining moddiy-texnika bazasi haminqadar. Kattaqoʻrgʻon tumani madaniyat boʻlimi faoliyati bilan tanishib, bunga yana bir amin boʻldik.

Tumandagi 5 ta madaniyat markazida tashkil etilgan toʻgaraklarda 58 nafar xodim 600 nafardan ziyod havaskorga musiqa va sanʼat sirlarini oʻrgatib kelmoqda.



' Madaniyat tizimida 20-yildan buyon ishlayman, ' deydi Kattaqoʻrgʻon tumani madaniyat boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchi Ilhom Fayziyev. ' Rosti, keyingi paytda sohaga eʼtibor oshdi. Biroq uzoq yillar davomida tizimda hal etilmayotgan muammolar bor. 27-madaniyat markazi binosi avariya holatida, 28, 29-madaniyat markazlari oʻz binosiga ega emas. Xodimlarning maoshi kam, madaniyat markazlarining moddiy-texnika bazasi yomon holatda. Masalan, ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlari oʻtkazish uchun ovoz kuchaytirish moslamalari, media apparatlar, dekoratsiyalar uchun koʻrgazmali vositalar kerak boʻlsa, madaniyat xodimlariga bunday tadbirlarga jalb etilgani uchun haq toʻlanishi zarur. Shu kabi muammolar tufayli koʻpchilik xodimlar ishdan boʻshab ketgan. Hozir sohada mehnat qilayotgan xodimlarning bor-yoʻgʻi 12 nafari oliy maʼlumotli.

Kattaqoʻrgʻonda 50 dan ziyod arxitektura va arxeologiya obyekti bor. Shundan 30 tasi qoniqarsiz, 4 tasi esa avariya holatida.



Payshanba shaharchasidagi 1791-yilda qurilgan Muhammad Amiri Naqibbek madrasasi 1928-yilgacha faoliyat yuritgan. Keyin omborxonaga aylantirilib, qariyb bir asrdan beri qarovsiz qoldirilgan. Ushbu tarixiy obidada taʼmirlash ishlari olib borilib, oʻlkashunoslik muzeyi tashkil etilgan. Davlat muhofazasiga olingan obidadagi muzey ayni paytda faoliyat koʻrsatmaydi.

' Madrasa hovlisiga peshtoqli darvozadan kirib boriladi. Hovlida baland ayvon, masjid va 16 ta xona mavjud, ' deydi Ilhom Fayziyev. ' 2015-yildan buyon tarixiy obidani saqlab qolish, taʼmirlash va kelajak avlodga yetkazish uchun harakat qilyapmiz. Tumanimizda yashovchi bir guruh ziyolilar, mehnat faxriylari madrasa binosini asrash maqsadida maʼnaviyat va maʼrifat markaziga aylantirish tashabbusi bilan chiqdi. Bu taklif viloyat hokimligi tomonidan maʼqullandi. Madrasa negizida tarixiy oʻlkashunoslik muzeyi tashkil etish boʻyicha qaror qabul qilindi. 2019-yilda mahalliy byudjet hisobidan 500 million soʻm mablagʻ ajratildi. Majmuada taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, zarur jihozlar va tarixiy ashyolar keltirildi, qadimiylik va zamonaviylik uygʻunligida bezatilib, 2022-yil yakunida foydalanishga topshirildi. Ayni paytda muzeyda 3,5 mingta eksponat saqlanadi. Afsuski, muzeyda ushbu tarixiy ashyolarni asrab-avaylaydigan, kelajak avlodga oʻz holicha yetkazadigan hech kim yoʻq. Shu paytgacha shtat birligi ajratilmagan. Bu borada tegishli tashkilotlarga bir necha marta murojaat qildik. Biroq foydasi boʻlmadi. Nahotki, oʻtmishimiz, oʻzligimiz aks etgan dargoh, ota-bobolarimizdan meros muqaddas qadamjo hech kimga kerak boʻlmasa?



Tarixsiz kelajak yoʻq, madaniyatsiz jamiyat rivojlanmaydi. Kattaqoʻrgʻon tumani hokimligi, Samarqand viloyati madaniyat va madaniy meros boshqarmalari masʼullari sohadagi mavjud muammolarni hal etishga kirishadi, degan umiddamiz.

Fazliddin ROʻZIBOYEV,

jurnalist.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:43
 
37
0
xs.uz

Shaxsni probatsiya hisobiga qoʻyish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi asos boʻladi

Prezident tomonidan 'Probatsiya toʻgʻrisida'gi qonun imzolandi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qonunga koʻra, probatsiya ' muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash tarzidagi jazolarning ijro etilishini taʼminlashga, mahkumlarga ijtimoiy-huquqiy va tarbiyaviy taʼsir koʻrsatishga, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularga barham berishga, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon be

25 Sep 13:14
 
4
0
xs.uz

Forum doirasida uzoq umr ko‘rish tibbiyotining tendensiyalari muhokama qilindi

Uning doirasida 'Uzoq umr ko'rish tibbiyotining tendensiyalari' mavzusida majlis o'tkazildi. Unda Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Manzura Salimova ham ishtirok etdi.Senator o'z maʼruzasida O'zbekistonda aholi sog'lig'ini saqlash, onalar va bolalar salomatligi muhofazasiga qaratilayotgan eʼtibor, ko'rilayotgan chora-tadbirlarga to'xtalib o'tdi.Shuningdek, O'zbekistonda bolalar va xotin-qizlarning huquqlari, erkinlik

29 Jul 16:48
 
116
0
xs.uz

Sirdaryoda 21 tup qayragʻoch daraxtini kesganlar ozodlikdan mahrum qilindi

Qayd etilishicha, М.А. sheriklari bilan oldindan til biriktirib, 2023-yilning dekabr va 2024-yilning yanvar oylarida oʻziga qarashli boʻlgan dala maydoni chetida koʻkarib turgan jami 21 tup qayragʻoch daraxtlarini qonunga xilof ravishda kesib, sotib yuborganligi aniqlangan. Ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan edi.Daraxtlar kesilishi natijasida tabiatga 1 milliard 459 million 144 ming soʻm zarar yetkazilgan.'S

11 Aug 03:43
 
31
0
xs.uz

“Valyutchik”lar qoʻlga tushdi. Ulardan qancha miqdordagi chet el valyutasi ashyoviy dalil sifatida olindi?

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Samarqand shahrida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxsni qoʻlga tushirdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati maʼlum qilgan.Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi va Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir oʻtkazilgan.Unda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan O.B. qonunga xilof ravishda jami 3 ming 150 AQSH dollar