calendar 10 Oct 11:25
eye 19
comments 0
comments Manba: xs.uz

Samarqandda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

image
Samarqand shahrida 'Range Rover', 'Lacetti Optra' va 'Damas' mashinalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati'xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 10-oktyabr kuni soat 01:00 larda Samarqand shahar Zulfiya mahallasi hududidan oʻtuvchi Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida sodir boʻlgan. 'Range Rover' haydovchisi katta tezlikda harakatlanib, boshqaruvni yoʻqotgan va avvaliga oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanayotgan 'Lacetti Optra' avtomobili orqasidan, keyin toʻxtab turgan 'Damas' avtomobiliga urilgan.

Hodisa oqibatida 'Lacetti Optra' haydovchisi tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

'Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda', deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
13
0
xs.uz

Prezident yangi qaror imzoladi

'Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, quyidagilar Milliy malaka tizimini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan: Milliy malaka tizimining normativ-huquqiy, institutsional va uslubiy asoslarini takomillashtirish; norasmiy va informal orttirilgan koʻnikma va malakalarni tan olish ('Recognition of Prior Learning') tizimini joriy qilish; koʻni

09 Oct 21:41
 
21
0
xs.uz

Fidoyilik va masʼuliyat

9-oktyabr ' Butunjahon pochta kuniShveysariya poytaxti Bern shahrida 1874-yil 9-oktyabr kuni Butunjahon pochta ittifoqi (BPI) tashkil topgan. Ushbu xalqaro tashkilotning 1969-yili Tokio shahrida boʻlib oʻtgan navbatdagi Kongressida 9-oktyabr ' Butunjahon pochta kuni deb rasman eʼlon qilingan.1994-yili Oʻzbekiston Respublikasi Butunjahon pochta ittifoqiga toʻla huquqli aʼzo davlat sifatida qabul qilinib, bugungi kunda dunyoning deyarli barcha davlatlari bilan xalqaro pochta almashinuvlarini

25 Sep 13:14
 
23
0
xs.uz

Endilikda uy-joy sotib olish boʻyicha kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi

Uy-joy qurib berishni vaʼda qilgan quruvchi va bunga pul tikkan aholi oʻrtasida nizolar koʻpayib borayotgani qayd etildi. Bunday noinsof quruvchilarga aldanib, odamlar ham uysiz, ham pulsiz qolmoqda.Shu bois Prezident topshirigʻiga asosan qurilish vaziri boshchiligidagi ishchi guruhi xorijiy tajribani oʻrgandi.Endilikda uy-joy sotib olish boʻyicha kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi.Bunda developerlar oʻzlari qurayotgan uylar sotuvini tashkil qilish boʻyicha banklar bilan shartnoma tu

09 Oct 12:39
 
17
0
xs.uz

Prezidentning yangi qarori eʼlon qilindi

'Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, 'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturi doirasida quyidagilar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan: mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuriti