Shveysariya poytaxti Bern shahrida 1874-yil 9-oktyabr kuni Butunjahon pochta ittifoqi (BPI) tashkil topgan. Ushbu xalqaro tashkilotning 1969-yili Tokio shahrida boʻlib oʻtgan navbatdagi Kongressida 9-oktyabr ' Butunjahon pochta kuni deb rasman eʼlon qilingan.
1994-yili Oʻzbekiston Respublikasi Butunjahon pochta ittifoqiga toʻla huquqli aʼzo davlat sifatida qabul qilinib, bugungi kunda dunyoning deyarli barcha davlatlari bilan xalqaro pochta almashinuvlarini amalga oshirib keladi.
Xalqaro tajribalarga tayanib 'Oʻzbekiston pochtasi' AJ pochta aloqasi tarmoqlarini modernizatsiyalash, xizmat turlari doirasini kengaytirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda obyektlarda pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatmoqda.
Xususan, 'Oʻzbekiston pochtasi' AJ Qoraqalpogʻiston filialida ham yuzlab xodimlar pochta joʻnatmalarini qabul qilish, ishlov berish, xat va hujjatlarni hamda davriy nashrlarni yetkazib berishda fidoyilik bilan xizmat qilayotir.
' Bayram va muhim sanalarda bizning ishimiz yanada qizgʻin boʻladi, ' deydi Nukus shahri pochta aloqa tarmogʻining almashish boʻlimi boshligʻi Genjabay Sultanov. ' Deyarli har kuni, agarda gazetalar shanba va yakshanba kunlari ham chop etilsa, oʻsha kunlari ham aeroportdan bosma nashrlarni qabul qilib, shu yerda shahar va tumanlar kesimida taqsimlab, shu kunning oʻzida tumanlarga joʻnatmalar yetkaziladi. Boʻlimimizda 14 nafar xodim ishlayotgan boʻlsa, joʻnatmalarni manziliga yetkazishda 5 ta avtotransport vositalari xizmatidan samarali foydalanib kelmoqdamiz.
Qoraqalpogʻistondagi tumanlar oraligʻi, umuman masofalar olisligi, shuningdek, eski xizmat mashinalari joʻnatmalarni manziliga yetkazish vaqtini maʼlum darajada oshirar edi. Keyingi vaqtlarda joʻnatmalarni yetkazish uchun 4 ta yangi zamonaviy 'Volkswagen' avtotransporti ajratildi.
'Oʻzbekiston pochtasi' AJ Qoraqalpogʻiston filiali Nukus shahri pochta aloqa tarmogʻi almashish boʻlimining tumanlararo pochta kuzatuvchilari Maxmud Kalbayev, Anvar Allayarov va Sadatdiyn Bekimbetovlarning kundalik nashrlarni tumanlardagi mushtariylarga oʻz vaqtida yetib borishida xizmatlari katta boʻlayotir.
Biz pochta xizmatlarida ishlovchi barcha xodimlarni 9-oktyabr ' Butunjahon pochta kuni bilan samimiy qutlaymiz.
Gʻ. OTAJONOV, ('Xalq soʻzi').
Boshqaruv servis kompaniyalari: tajriba, ishonch va natija
' Ilgari biz yashaydigan uyga ham uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat koʻrsatar edi, ' deydi Urganch shahridagi 'Nurli hayot' mahallasida yashovchi Barno Nurullayeva. ' Gapning ochigʻi, mahalla ahli uning faoliyatidan qoniqmadi. Liftdagi yoki kommunal tizimdagi oddiygina nosozlikni ham vaqtida bartaraf eta olmay, 'ana boramiz, mana boramiz, mablagʻ topilsa, toʻgʻrilaymiz', degan bahonalar bilan ishni paysalga solavergach, fuqarolarning shirkatga ishonchi kamaydi. Natijada aholi oylik badalla
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni saylovdagi gʻalabasi bilan tabrikladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Donald Trampga Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti saylovida gʻalaba qozonib, ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrik yoʻlladi:Amerika Qoʻshma Shtatlarining saylangan PrezidentiDonald Jon TrampJanobi OliylarigaMuhtaram Tramp Janobi Oliylari!Sizni Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti lavozimiga saylanganingiz munosabati bilan chin dildan samimiy muborakbod etib, oʻzimning qizgʻin tabriklarimni va eng ezgu til
Ayrim texnik vositalar soliq va bojdan ozod qilinadi
Qonun bilan Soliq kodeksiga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan olinadigan tezkor qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarining respublika hududiga olib kirilishini soliq solishdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar, shuningdek, mazkur texnik vositalar aksiz soligʻi solinadigan obyekt hisoblanmasligiga doir qoʻshimcha kiritilmoqda.Bojxona kodeksiga yuqorida koʻrsatilgan texnik vositalarni boj toʻlashdan ozod qilish tarzida tarif imtiyozlari berilishini nazarda tutuvchi qoʻ
9-oktyabr – Butunjahon pochta kuni
Gʻ. OTAJONOV/'Xalq soʻzi'.'Shveysariya poytaxti Bern shahrida 1874-yil 9-oktyabr kuni Butunjahon pochta ittifoqi (BPI) tashkil topgan. Ushbu xalqaro tashkilotning 1969-yili Tokio shahrida boʻlib oʻtgan navbatdagi Kongressida 9-oktyabr ' Butunjahon pochta kuni deb rasman eʼlon qilingan.1994-yili Oʻzbekiston Respublikasi Butunjahon pochta ittifoqiga toʻla huquqli aʼzo davlat sifatida qabul qilinib, bugungi kunda dunyoning deyarli barcha davlatlari bilan xalqaro pochta almashinuvlarini amal