calendar 10 Oct 15:37
eye 100
comments 0
comments Manba: xs.uz

Boshqaruv servis kompaniyalari: tajriba, ishonch va natija

image
' Ilgari biz yashaydigan uyga ham uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat koʻrsatar edi, ' deydi Urganch shahridagi 'Nurli hayot' mahallasida yashovchi Barno Nurullayeva. ' Gapning ochigʻi, mahalla ahli uning faoliyatidan qoniqmadi. Liftdagi yoki kommunal tizimdagi oddiygina nosozlikni ham vaqtida bartaraf eta olmay, 'ana boramiz, mana boramiz, mablagʻ topilsa, toʻgʻrilaymiz', degan bahonalar bilan ishni paysalga solavergach, fuqarolarning shirkatga ishonchi kamaydi. Natijada aholi oylik badallarni ham toʻlamay qoʻydi. Mahallada 'Xorazm shinam uylari' boshqaruv servis kompaniyasi tashkil etilgach bu kabi muammolarni tezkor hal etish uchun imkoniyat ham, sharoit ham yaratildi.

Boshqaruv servis kompaniyasi koʻp qavatli uylarda tashkil etilayotgan yangi xizmat koʻrsatish shakllaridan biri. U mohiyatan mulkdorlar shirkatining bir koʻrinishi boʻlsa-da, oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalari, ish uslubi jihatidan eski tizimdan farq qiladi. Korxona oʻziga biriktirilgan koʻp qavatli uylardagi umumiy mulkni taʼmirlash, soz holatda ishlashini nazorat qilish, uy atrofini obodonlashtirish kabi ishlarga masʼul. Urganch shahrida koʻp kvartirali uylarni boshqarish belgilangan tartibda boshqaruv kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgani aholiga maʼqul kelmoqda.

'Xorazm shinam uylari' boshqaruv servis kompaniyasi hozirda 12 ta mahalladagi 12,5 mingdan ortiq xonadonga ega boʻlgan 293 ta koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatadi. Kompaniya tasarrufida 2 ta 'Damas', 1 ta 'Labo' avtomobili, 12 ta elektromototsikl, 2 ta maishiy chiqindilarni tashishga moʻljallangan elektromototsikl, 2 ta motoskuter, 526 tadan ziyod asbob-uskunalar mavjud.

'Yuk tashishga moʻljallangan elektromototsikllarning har biriga 0,75 kVt, 'Labo' avtomobiliga 1,7 kVt quvvatga ega quyosh panellari oʻrnatilgan boʻlib, bu texnika vositalarining uzluksiz ishlashini taminlaydi hamda yoqilgʻi va energiya resurslarini tejashga imkon beradi, ' deydi 'Xorazm shinam uylari' boshqaruv servis kompaniyasi rahbari Gulnora Atajanova. ' 2 ta elektroskuter kommunal tizimdagi avariyalarni tezkor bartaraf etishda, maishiy chiqindilarni tashishga moʻljallangan 2 ta elektromototsikl esa hududdagi chiqindilarni oʻz vaqtida yigʻib olishda juda qoʻl kelmoqda.

Odatda, uy-joy mulkdorlari shirkati deganda koʻz oldimizga shirkat raislari oʻtiradigan kichik, zax xona yoki yertoʻla keladi. 'Xorazm shinam uylari' boshqaruv servis kompaniyasi joylashgan binoni koʻrib tasavvuringiz butkul oʻzgaradi. Zamonaviy dizaynda barpo etilgan, xodimlar uchun alohida ish va navbatchilar uchun dam olish xonalari, asbob-anjomlar uchun maxsus omborxona, texnika vositalari saqlanadigan joylar, 24/7 rejimida ishlaydigan dispetcherlik xizmati, aholidan toʻlovlarni qabul qilish uchun kassa xizmati, qoʻying-ki, namunali xizmat koʻrsatish uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Boshqaruv servis kompaniyasi binosiga quyosh panellari oʻrnatilgan, 1 sutkada 136 kVt, 1 oyda 4080 kVt elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Boshqaruv tashkiloti oʻz ehtiyojidan ortiqcha elektr energiyasini sotish orqali 1 oyda 2 613 600 soʻm sof foyda oladi.

' Boshqaruv servis kompaniyasi vakillari dastlab mahallada yurib, aholi bilan muloqotda boʻlib, yangi tashkilotning vazifalari, faoliyati haqida toʻliq maʼlumot berishdi, ' deydi 'Nurli hayot' mahalla fuqarolar yigʻini raisi Sherzod Yaqubov. ' Ochigʻi, boshida yangi boshqaruv tizimiga ishonchsizlik bilan qaraganlar ham boʻldi. Biroq, qisqa vaqt ichida boshqaruv servis kompaniyasi nafaqat bizning mahallamiz, qoʻshni mahallalar aholisining ham ishonchini qozondi va uning xizmatiga talabgorlar soni orta boshladi.

Demak, bu tizim oʻzini oqlamoqda. Boshqaruv kompaniyalari sifatli xizmatlari bilan odamlar ishonchiga kirib boryapti. Asosiysi, koʻp qavatli uylar obod boʻlib, aholi murojaatlari tezkor yechim topmoqda. Endilikda boshqaruv kompaniyalari faoliyatini tizimli rivojlantirish, hududlarda barpo etilayotgan yangi koʻp kvartirali uy-joy massivlarida joriy etish oʻz samarasini beradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:38
 
23
0
xs.uz

Jenevada oʻtgan maxsus konferensiyada Oʻzbekiston tajribasi ilgʻor namuna sifatida eʼtirof etildi

Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha Milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva 'Bolalar mehnatiga barham berishda Oʻzbekiston tajribasi' mavzusida maʼruza qildi. U oʻz chiqishida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va shaxsiy tashabbuslari tufayli ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan qatʼiy chora-tadbirlar yuksak natija berganini taʼkidladi.Tadbirda Oʻzbekistonning bolalar

18 Jun 21:55
 
180
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroportida qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-iyun kuni 'Toshkent-Sharqiy' aeroporti qurilishini koʻzdan kechirdi.Mamlakat ravnaq topib, jozibadorligi oshgani sari tashqi aloqalar, investitsiyalar oqimi koʻpayib boradi. Shunday iqtisodiy oʻsish surʼatini inobatga olib, yurtimizda transportning barcha tarmoqlari rivojlantirilmoqda. Bu, oʻz navbatida, yana ishbilarmonlik aloqalari jadallashishiga sharoit yaratmoqda.Jumladan, 'Toshkent-Sharqiy' aeroporti ham qayta qurilmoqda. Avvalo, 4 kilometr uzunlikdagi

13 Jun 00:38
 
23
0
xs.uz

Tanzila Narbayeva va XMT Bosh direktori Jilber Ungbo uchrashuvida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Uchrashuvda XMT bilan har yili mehnat huquqlari va boshqa yoʻnalishlarda imzolanayotgan kelishuvlarning izchil amalga oshirilayotgani taʼkidlandi. Bu boradagi amaliy faoliyat mamlakatda munosib mehnat tamoyillarining mustahkam qaror topishiga xizmat qilayotgani qayd etildi. Xususan, Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilayotgan islohotlar XMTning ustuvor yoʻnalishlari va asosiy tamoyillari bilan toʻliq uygʻun ekani alohida eʼtirof etildi.Shuningdek, tomonlar 'Strategiya ' 2030' doirasida Oʻz

01 Jun 03:47
 
33
0
xs.uz

Bogʻchaga ketgan 2 yashar qizcha ariqqa choʻkib halok boʻldi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 2 yoshli qiz bogʻcha yaqinidagi ariqqa choʻkib halok boʻldi. Bu haqda 'Millar' koʻrsatuvida'xabar berildi.Lavhada qayd etilishicha, holat joriy yilning 20-may kuni Qamashi tumanidagi xususiy bogʻchalardan birida sodir boʻlgan.Bogʻcha xodimi bergan koʻrsatmaga koʻra, bolalarning yarmi uxlatish uchun xonaga olib kirilgan, boshqalari hovlida qolgan. Ulardan biri nazoratsiz qolgani sababli koʻchaga chiqib, bogʻcha atrofidagi ariqqa tushib ketgan.Bosh