Endilikda uy-joy sotib olish boʻyicha kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi
Shu bois Prezident topshirigʻiga asosan qurilish vaziri boshchiligidagi ishchi guruhi xorijiy tajribani oʻrgandi.
Endilikda uy-joy sotib olish boʻyicha kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi.
Bunda developerlar oʻzlari qurayotgan uylar sotuvini tashkil qilish boʻyicha banklar bilan shartnoma tuzadi, bu uylarni olmoqchi boʻlgan odamlar pulini quruvchiga emas, toʻgʻridan-toʻgʻri bankka topshiradi.
Banklar esa yigʻilgan pulni quruvchiga resurs sifatida beradi. Shunda banklar quruvchi va xaridor oʻrtasida koʻprik boʻlib, uy-joyni oʻz vaqtida va sifatli qurib, egasiga topshirishga kafil boʻladi.
Yangi tizim Samarqand shahri, Yangihayot va Sergeli tumanlarida bir yil davomida tajribadan oʻtkazilishi belgilandi.
Hozirda qurilish korxonalarida 300 mingga yaqin odam mehnat qilmoqda.
Ularning malakasini oshirish, oʻqitish masalasi dolzarb boʻlib turibdi. Shu munosabat bilan sohadagi ishchilar malakasini baholaydigan tizim joriy qilish zarurligi taʼkidlandi.
Bunda ishchi-kasblarga malaka darajasi va ish oʻrinlariga aniq talablar belgilanadi, bu darajani olish uchun ishchilar proftaʼlim muassasalarida oʻqitiladi.
Ishni mustaqil yoki shogird sifatida oʻrganganlarga sertifikat olish uchun malaka imtihonidan oʻtishi kifoya qiladi
Sertifikati bor ishchilari soniga qarab, reyting tizimida pudratchilarga 15 ballgacha qoʻshimcha ball beriladi. Xuddi shu tizim loyiha tashkilotlari uchun ham boʻladi.
Soʻng davlatimiz rahbari qurilish va loyihalashtirish sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar rahbarlari bilan muloqot qildi.
Soʻzga chiqqanlar qurilish obyekti hududida ishchilarning vaqtincha yashashi uchun sharoit yaratish, qurilish ishlariga qoʻshimcha ishchi kuchini jalb qilish jarayonini soddalashtirish, loyihalash tashkilotlari reytingini hisoblashda xizmatlar eksportini ham inobatga olish va boshqa takliflarni ilgari surdi.
Davlatimiz rahbari mutasaddilarga aytilgan tashabbuslarni chuqur oʻrganib, joriy etish boʻyicha taklif kiritishni topshirdi.
Yigʻilish davomida tarmoqlar va hududlarning hisobotlari tinglandi.
Tadbirkordan ortiqcha hujjat soʻragan davlat organlari javobgarlikka tortiladi
Qayd etilishicha, kecha, 21-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan Qonun [OʻRQ-979-son, 21.10.2024-y.] bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish kiritilgan.Qonunga koʻra, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika maʼlumotlarining yagona roʻyxatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilmagan oʻzga hujjatlarni, shu jumlada
Rishtonda mashhur kulol Sharofiddin Yusupov uy-muzeyi ochildi
Rishton kulolchilik maktabining yettinchi avlodi boʻlgan Sh.Yusupovning qoʻl mehnati orqali yaratilgan serqirra mahsulotlari dunyoning taniqli muzeylaridan joy olgan. Xususan, kulol-rassomning ijodiy ishlari Parijdagi Lkvr, Sankt-Peterburgdagi Ermitaj, Moskvadagi sharqshunoslik va dunyo xalqlari muzeylarida saqlanmoqda. Shuningdek, ustoz kulol mahsulotlari Yaponiya, AQSH, Rossiya, Turkiya, Italiya kabi jahonning koʻplab davlatlarida oʻtkazilgan sanʼat koʻrgazmalarida doimiy ravishda namoyi
Vazirlar Mahkamasiga oid Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi
'Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida'gi Konstitutsiyaviy Qonun (OʻRQ-982-son 25.10.2024-y.) qabul qilindi.Unga koʻra, Vazirlar Mahkamasi ' ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi boʻlib, iqtisodiyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohalarning samarali faoliyat koʻrsatishiga rahbarlik qilishni, Konstitutsiya va qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi.Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekistonda ijro etuvchi hokim
Inson aʼzolari oldi-sotdisi bilan shugʻullangan talabaga hukm oʻqildi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi B.A. inson aʼzolari oldi-sotdisida ayblanib, jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda 'Xalq soʻzi'ga Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokir Qoʻziboyevning maʼlum qildi.Bildirilishicha, 2003-yilda tugʻilgan B.A. ijtimoiy tarmoqlarga inson aʼzolarini sotib olishi haqida eʼlon joylashtirgan. U mazkur eʼlonlarida buyrakni 38 ming, jigarni 43 ming hamda suyak iligini 23 ming dollarga olishini bildirgan.Ushbu eʼlondan soʻng fuqaro J.R. u bilan