Inson aʼzolari oldi-sotdisi bilan shugʻullangan talabaga hukm oʻqildi
Bildirilishicha, 2003-yilda tugʻilgan B.A. ijtimoiy tarmoqlarga inson aʼzolarini sotib olishi haqida eʼlon joylashtirgan. U mazkur eʼlonlarida buyrakni 38 ming, jigarni 43 ming hamda suyak iligini 23 ming dollarga olishini bildirgan.
Ushbu eʼlondan soʻng fuqaro J.R. u bilan muloqotga kirishgan. B.A. unga bitta buyragini 38 ming dollarga sotib olishini aytgan.
'Sheriklarim Germaniyada. Buyrakni koʻchirib oʻtkazish oʻsha yerda amalga oshiriladi. Buning uchun Germaniyaga borishingiz kerak. Safar uchun oldindan 350 dollar berishingiz kerak', degan talaba fuqaroga.
B.A. joriy yilning 26-aprel kuni Shayxontohur tumani hududida J.R.dan kelishilgan pulni olgan vaqtida huquqni muhoqaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.
Sud hukmi bilan B.A. Jinoyat kodeksining 25- (jinoyatga tayyorgarlik koʻrish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 133-1-moddasi 1-qismida (inson aʼzolarining va (yoki) toʻqimalarining oldi-sotdisi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilishda aybli deb topilgan. Unga 3-yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Ziyoratgohdan taralgan ziyo
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'.'Xoja Bahouddin Naqshband ' naqshbandiya tariqatining asoschisi. U 1318-yilda Buxoroning Qasri Hinduvon qishlogʻida tugʻilgan. Xoʻja Abduxoliq Gʻijduvoniydan ruhiy tarbiya olgan. Tariqatining asosini 'Koʻngling Allohda, qoʻling ishda boʻlsin!' shiori hamda oʻn bir qoida tashkil etadi. 1389-yilda vafot qilgan.' Ziyoratgohga kelganimda ruhim yengil tortadi, ' deydi sakson yetti yoshli Rahmat Abdullayev. ' Qadamjodagi obodonchilik ishlarini koʻrib suyunaman. X
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga bordi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qirg'izistonga keldi.'Manas' xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qirg'iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi Aqilbek Japarov va boshqa rasmiylar kutib oldi.Tashrif doirasida ertaga davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
Yana bir saylov uchastkasidan fotoreportaj
Toshkent shahri Mirobod tumanidagi tashkil etilgan 105-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlariga saylovchilar katta ehtml5-dom-document-internal-entity2-39-endtibor bilan ishtirok etishmoqda.' Bu saylov uchastkasiga 2600 nafar fuqaro rohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endyxatga olingan. Saylovchilar kelishi davom etmoqda.Foto: Akmal Muhammadov / 'Xalq so'zi'
Bilimli oʻquvchilar munosib ragʻbatlantirildi
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon shahridagi 43-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Dilobar Abduvahobova 8,5 ballik IELTS sertifikatini qoʻlga kiritdi. Bu Andijon farzandlari ichida hozirgacha kuzatilgan eng yaxshi natija hisoblanadi.Andijon shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Muhammadsaid Tursunov aynan shu til fanidan 7.0 ballik IELTS sertifikatiga ega boʻldi. Bu bilan u dunyoning 140 dan ortiq davlatida grant asosida oʻqish va Oʻzbekistondagi ingliz tili