calendar 01 Nov 21:29
eye 84
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ziyoratgohdan taralgan ziyo

image
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'.'Xoja Bahouddin Naqshband ' naqshbandiya tariqatining asoschisi. U 1318-yilda Buxoroning Qasri Hinduvon qishlogʻida tugʻilgan. Xoʻja Abduxoliq Gʻijduvoniydan ruhiy tarbiya olgan. Tariqatining asosini 'Koʻngling Allohda, qoʻling ishda boʻlsin!' shiori hamda oʻn bir qoida tashkil etadi. 1389-yilda vafot qilgan.

' Ziyoratgohga kelganimda ruhim yengil tortadi, ' deydi sakson yetti yoshli Rahmat Abdullayev. ' Qadamjodagi obodonchilik ishlarini koʻrib suyunaman. Xayrli ishlar boshida turgan Prezidentimiz haqiga duo qilaman. Ziyoratgohning avvalgi holati bilan hozirgi qiyofasini xayolan taqqoslab, koʻnglimda shukronalik hissi uygʻonadi. Esimda, shoʻro tuzumida bu muqaddas joy xarob ahvolda edi. Hazrat Bahouddin Naqshband qabrlari, Shohlar xilxonasi, masjid, muqaddas suv saqlanadigan saqoxona, xonaqolar nurab qolgan, ne-ne zotlarga soʻnggi makon boʻlgan bu manzil qamishzoru yulgʻunzorga aylangandi.





Oʻsha kezlarda qadamjodagi noxush manzarani koʻrgan ziyoratchilarning koʻngili qabrdek choʻkib ortga qaytardi. Shukrki, u kunlar oʻtmishda qoldi. Bugun Rahmat bobo kabi nuroniy otaxonlar nevaralariga Hazrat Bahouddin Naqshbandning maʼrifat, maʼnaviyat, iymon-eʼtiqod haqidagi oʻgitlarini aytib, ularni mehr-oqibatli boʻlishga, ezgu ishlarning etagidan tutishga daʼvat etmoqda. 'Koʻngling Allohda, qoʻling'mehnatda boʻlsin' degan hikmatni yoshlarimiz ongu shuuriga singdirmoqda...

' Majmuada obodonchilik, qurilish, taʼmirlash ishlari istiqlolimizning dastlabki yillaridan boshlandi, ' deydi Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazi raisi F.Aminov. ' Chunonchi, 2003-yilda 'Bobi Islom' darvozasi qurildi. Hazrat dafn qilingan joy bilan ul zotning onalari mangu qoʻnim topgan goʻsha yoʻlak bilan birlashtirilib, yaxlit majmua shakliga keltirildi. Anjumanlar zali, ilmiy markaz, mehmonxona va tahoratxonalar qurildi. Yon-atrofda bogʻ-rogʻlar barpo etildi. 1993-yilda Bahouddin Naqshband tavalludining 675-yilligi, 2003-yilda 685-yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu yerdagi bunyodkorlik ishlari yangi bosqichga koʻtarildi.





Oʻrganishlar koʻrsatdiki, qadimda Darvozai Toqi Miyona darvozasi ziyoratgohning asosiy kirish qismi sanalgan. U Abdullaxon II ( 1534-1598) davrida bunyod etilgan. Hozirgi kunda inshoot qayta tiklandi. Natijada yuz yildan soʻng u yana ziyoratchilar uchun xizmat qila boshladi. Bundan tashqari, Doniyolbiy Otaliq tomonidan barpo etilgan madrasa va maqbaralar boʻlgan. Ular koʻngilni, dilni tortadigan maʼnosini anglatuvchi 'Dilovar' darvozasiga uygʻun tarzda qurilgan. Afsuski, madrasa oʻtgan asrning 30 ' yillarida batamom vayron qilingan. Uning bizgacha yetib kelgan poydevori arxeologlar tomonidan aniqlandi. Saqlanib qolgan eski fotosuratlar, chizmalar, vaqf hujjatlari oʻrganildi. Ular asosida ushbu inshootlar yangidan barpo etilmoqda. Majmua hududida 100 nafar ziyoratchiga moʻljallangan tahoratxona, Tasavvuf va Naqshbandiya taʼlimoti muzeyi, avtomobillar toʻxtash joyi qurildi. Milliy uslubda yangi darvoza tiklandi. Bahouddin Naqshband dahmasiga olib boradigan yoʻlaklar va Dahmai Shohon devorlari taʼmirlandi.

Yetti pir ziyoratgohidan biri sanalgan bu goʻsha nafaqat yurtdoshlarimiz, balki butun dunyo musulmonlari uchun ham tabarruk maskandir. Indoneziya, Pokiston, Malayziya, Turkiya singari qator davlatlardan kelgan fuqarolarning buyuk ajdodimiz mangu qoʻnim topgan qadamjoni ziyorat qilayotgani shundan dalolat beradi. Majmua yevropalik sayyohlarda ham katta qiziqish uygʻotmoqda.



' Yurtingizdagi tozalik, obodlik, musaffo osmon, tarixiy obidalar, chehrasi ochiq odamlar, tansiq taomlar haqida bir doʻstimga yozib yuborgandim. Unda Oʻzbekiston aynan, Buxoroni tomosha qilish istagi tugʻildi, ' deydi angliyalik sayyoh Karolin Ezbek. ' Biz bu yerda tasavvuf tarixi, Naqshbandiya tariqati toʻgʻrisida ham koʻpgina maʼlumotlarga ega boʻldik. Milliy va diniy qadriyatlarni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylab kelayotgan xalqingizga tasanno aytaman.

...Yon-atrofga nazar tashlaymiz. Qadamjo tong sahardan ziyoratchilar va xorijlik sayyohlar bilan gavjum. Quloqqa nafaqat oʻzimizning Fargʻona vodiysi-yu Xorazm lahjasi, balki yapon, koreys, ingliz, nemis, fransuz, arab tillaridagi soʻzlar ham chalinadi. Buning sira ajablanarli joyi yoʻq. Negaki, Naqshbandiya taʼlimoti zamirida millati, dini, tilidan qatʼi nazar, insonni aziz bilish, odamlar koʻngliga mehr-shafqat, muruvvat urugʻini sochish, ehtiyojmandlarga yordam qoʻlini choʻzish, ular qalbida ertangi kunga umid uygʻotish singari olijanob maqsadlar yotadi. Shu boisdan ham bu taʼlimot yuraklarga yaqin. U hech qachon zavol topmaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:53
 
19
0
xs.uz

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish qonuni muhokama qilindi

Senatning uchinchi yalpi majlisida 'O'zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o'rtasida ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi Shartnomani (Dushanbe, 2024 yil 18 aprel) ratifikatsiya qilish haqida'gi Qonun ko'rib chiqildi.O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatida Markaziy Osiyo davlatlari, ya'ni qo'shni mamlakatlar bilan aloqalarni yaxshilash, do'stona muhitni mustahkamlash hamda o'zaro hamkorlikni yanada yuqori darajaga olib chiqish masalalari alohida o'rin tutadi.

27 Jan 00:53
 
27
0
xs.uz

Sizni iliq va quyoshli dam olish kunlari kutilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi 25-26-yanvarda Respublikamizda hukm suradigan ob-havo haqidagi maʼlumotni boʻlishdi.Markazning maʼlum qilishicha, dam olish kunlari sovuq havo massalari Respublikadan chekina boshlaydi. Havo harorati koʻtarilishi fonida butun mamlakat boʻylab quyoshli va iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.Shanba kuni kechasi havo harorati 2 dan 7 darajagacha sovuq oraligʻida saqlanib, kunduzi 7-12 darajagacha iliq boʻladi. Yakshanba kuni esa kech

31 Jan 15:21
 
19
0
xs.uz

Islom sivilizatsiyasining, islom taʼlimotining zamini – aslida ilm-fan, madaniyat, taʼlim va tarbiyadir – Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-yanvar kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.Bu majmua tariximizda ilgari boʻlmagan ulkan va noyob loyihadir. Bugungi kunda muhtasham bino qad rostlab, qurilish yakuniy bosqichga kirgan.Ushbu markaz Prezidentimizning 2017-yil 23-iyundagi qaroriga binoan boshlanib, 2018-yilgi Ramazon hayiti kuni davlatimiz rahbari uning poydevoriga tamal toshi qoʻygan edi.Bagʻoyat ulugʻvor markaz binosi uch q

31 Jan 15:21
 
23
0
xs.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev ulkan va noyob loyiha - Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 yanvar kuni O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.Bu majmua tariximizda ilgari bo'lmagan ulkan va noyob loyihadir. Bugungi kunda muhtasham bino qad rostlab, qurilish yakuniy bosqichga kirgan.Ushbu markaz Prezidentimizning 2017 yil 23 iyundagi qaroriga binoan boshlanib, 2018 yilgi Ramazon hayiti kuni davlatimiz rahbari' uning poydevoriga tamal toshi qo'ygan edi.Bag'oyat ulug'vor markaz binosi uch qavat