calendar 10 May 13:30
eye 88
comments 0
comments Manba: postda.uz

PARVOZING BALAND BO‘LSIN, LOCHINBEK!

image

Lochinbek 8-sinfda o‘qib yurgan kezlari sportning o‘zbek jang san’ati va karate turlari bo‘yicha dastlab tuman va viloyat birinchiliklari­da g‘olib bo‘ldi. Keyinchalik mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ham sovrinli o‘rinlarni egalladi. 

U 9-sinfni tugatish arafasida ota-onasi bilan maslahatlashib, IIV Navoiy akademik litseyiga hujjat topshirdi. Hozirda 2-kursda tahsil olmoqda. 

Lochinbek Sa’dullayevning sportdagi yutuqlariga batafsilroq to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘zbek jang san’ati bo‘yicha o‘z vazn toifasida 2018-yilda bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqada va 2019-yilgi O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rinni egalladi. 2019-yilda Rossiyada yoshlar o‘rtasida karate bo‘yicha tashkil etilgan xalqaro turnirda 2-o‘rin sohibi bo‘ldi. Shu yili o‘zbek jang san’ati bo‘yicha Osiyo chempionatida unga faxrli 3-o‘rin nasib etdi. Ushbu sport turi bo‘yicha 2020-yilgi mamlakat chempionatida yana shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. 2022-yilgi Osiyo chempionatida esa ilgarigi mavqeini yaxshilab, kumush medal sohibi bo‘ldi. 2022-yilgi mamlakat chempionatida yana chempionlik mavqeini saqlab qoldi. Qozog‘istonda o‘zbek jang san’ati bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Jahon kubogi musobaqasida 2-o‘rinni egalladi. Bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin.

Lochinbek akademik litseyda fanlardan «a’lo» o‘qishi bilan bir qatorda, jamoat ishlarida faol ishtirok etadi. U sport musobaqalarida muntazam qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Maqsadi – IIV Akademiyasiga o‘qishga kirib, kelgusida jinoyat qidiruv xodimi bo‘lish. Unga orzusi amalga oshishida tilakdoshmiz. 

Otabek SHAMSIYEV,

IIV Navoiy akademik litseyi o‘qituvchisi, 

iste’fodagi podpolkovnik.

MUALLIF TO‘G‘RISIDA

Otabek Shamsiyev 1973-yili Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. 1996-yildan 2017-yilgacha Navoiy viloyati ichki ishlar organlarida turli lavozimlarda xizmat qilgan. Jumladan, 2009 – 2017-yillarda viloyat IIB Huquqbuzarliklarning oldini olish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 23-oktabrdagi farmoniga ko‘ra «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
163
0
xs.uz

“100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj

Ayni kunlarda Namangan viloyatida 64-Xalqaro gullar festivali boʻlib oʻtmoqda. 'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi vodiy viloyatlariga'qilgan xizmat safari chogʻida gullar shahrida oʻtkazilayotgan mazkur festivalda boʻldi.Joriy yilning 25-may kunidan 29-iyun kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan ushbu Xalqaro festivalda Namangan shahridagi bogʻ va xiyobonlar 100 milliondan ortiq gullar bilan bezatilib, mehmonlarga mutaxassislar ishtirokida mahorat saboqlari be

04 Jun 02:44
 
118
0
xs.uz

Oʻzbekiston Buyuk Britaniya bilan JST boʻyicha muzokaralarni yakunladi

Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayoni yuzasidan Buyuk Britaniya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Prezidentning JST masalalari boʻyicha maxsus vakili Azizbek Oʻrunov'maʼlum qildi.Oʻrunovning qayd etishicha, kelishuv oʻtgan oy oxirida Londonda boʻlib oʻtgan uchrashuv natijasi boʻlib, ichki tasdiqlash tartib-qoidalaridan oʻtgan. Uni imzolash 12-iyun kuni Jenevada Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha ishchi guruhning 10-yigʻilishi d

04 Jun 02:44
 
120
0
xs.uz

Dollar kursi oshishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'22,74 soʻmga'oshdi va'12 857,35 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'10,55 soʻmga'koʻtarildi va'14 672,81 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,8 soʻmga'oshib,'163,45 soʻmni'tashkil etdi.

13 Jun 00:39
 
152
0
xs.uz

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket toʻrtinchi kun pasaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 11-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 37,68 soʻmga tushdi va 12 674,37 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 54,46 soʻmga pasaydi va 14 470,33 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,13 soʻmga oshib, 161,23 soʻmni tashkil etdi.