calendar 11 Apr 14:02
eye 721
comments 0
comments Manba: xs.uz

Navoiyda sayyohlikning yangi mavsumiga start berildi

image
Unda hududda faoliyat olib borayotgan turoperator va turagentlar, mehmonxonalar, hostel va oilaviy mehmon uylari vakillari hamda korxona va tashkilotlar kasaba uyushmalarining boshlangʻich tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Yarmarkaning ochilish marosimida viloyat hokimi oʻrinbosari С.Мирзаев ushbu tadbirdan koʻzlangan maqsadga toʻxtalib, u turoperatorlar hamda korxona va tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada faollashtirishga, nafaqat viloyat balki butun respublikamiz boʻylab sayyohlar almashinuvi oshishiga xizmat qilishini taʼkidladi.

Shuningdek, tadbirda viloyatning sayyohlik salohiyatiga eʼtibor qaratilib, bugungi kun holatiga 219 ta manzil (49 ta mehmonxona, 107 ta oilaviy mehmon uylari, 37 ta hostel, 15 ta dam olish va 6 ta oʻtovli maskanlar) faoliyat yuritib, ular bir vaqtning oʻzida 6569 nafar sayyohni qabul qilish quvvatiga egaligi sayyohlik oqimini yanada oshirish imkoniyati xususida soʻz yuritildi.

Taʼkidlash joiz, mazkur loyihalar har bir hudud uchun qoʻshimcha yangi ish oʻrinlari demakdir. Shu bilan birga mazkur hududlardagi madaniy meros obyektlari, ziyoratgohlar atrofida xalqaro turizm talablariga javob beradigan oilaviy mehmon uylarining tashkil qilinishi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, kommunal va yoʻl infratuzilmalarini yaxshilash, turizm infratuzilmasi va yondosh infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish, modernizatsiya ishlari tufayli mahalliy aholining turmush sharoitlari, farovonligi yuksalib, mamlakatimizning investitsion jozibadorligi oshishi shubhasiz.

Yarmarka ishtirokchilariga viloyatning har bir hududi sayyohlik jozibadorligi aks etgan videoroliklar namoyish etildi.

Temur ESHBOYEV

('Xalq soʻzi').


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Feb 00:21
 
38
0
xs.uz

“Gulfood — 2025” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy stendi namoyish etilmoqda

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi axborot xizmati xabariga ko'ra, 'Gulfood' dunyodagi eng yirik oziq-ovqat mahsulotlari ko'rgazmalari qatoriga kiradi. Joriy yilda ushbu tadbir o'zining 30-yillik yubileyini nishonlamoqda va butun dunyodan kelgan yetakchi mutaxassislar hamda xalqaro xaridorlarni g'oyalar almashish, aloqalar o'rnatish va strategik hamkorlikni rivojlantirish maqsadida birlashtirmoqda.Bu yilgi ko'rgazmada dunyoning 129 ta mamlakatlaridan jami 5 500 dan ziyod korxona ishtirok etmoqda.

26 Feb 17:05
 
29
0
xs.uz

“Qashqadaryoda goʻsht, Xorazmda baliq, Samarqandda uzum”: qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda qaysi viloyatlar yetakchi?

Oʻzbekiston Respublikasi Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaliklari mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 467,0 trillion soʻmni tashkil etdi. Mamlakatning turli hududlari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda turli yoʻnalishlarda yetakchilik qilmoqda.Fargʻona viloyati donli ekinlar yetishtirish boʻyicha mamlakatda peshqadamlik qildi. Bu hududda 998,5 ming tonna donli ekinlar yetishtirilib, mamlakat ehtiyojini qondirishda k

09 Mar 06:34
 
21
0
xs.uz

Migrantlarsiz Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasi 16,8 foizgacha oshishi mumkin – Jahon banki

Jahon banki 'Oldinga yoʻl: Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida muvaffaqiyatli migratsiyani qoʻllab-quvvatlash' nomli hisobotini taqdim etdi. Hisobot taqdimoti 5-mart kuni Toshkent shahrida'boʻlib oʻtgan.Unda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi migratsiya tendensiyalari va ularning davlat siyosatiga taʼsiri tahlil qilingan. 2023-yil holatiga koʻra, tojikistonlik va qirgʻizistonlik mehnat muhojirlarining 80 foizdan ortigʻi Rossiyaga yoʻl olgan. Oʻzbekistonlik muhojirlar oqimi koʻp

06 Mar 16:12
 
19
0
xs.uz

Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestri tuziladi

Unga koʻra, kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestri tuziladi. Bu kredit bitimi tuzishi mumkin boʻlmagan jismoniy shaxslar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazasi boʻlib, kredit byurolari tomonidan yuritiladi.Markaziy bank ushbu reyestr yuritish tartibini belgilaydi. Shuningdek, kredit byurolari uchun ustav kapitalining eng kam miqdori 2 milliard soʻm etib belgilandi.Agarda kredit byurolari kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi va kredit byurolari faoli