calendar 27 Jul 11:24
eye 74
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Zoyir Mirzayev xodimlarini rag‘batlantirish uchun byudjetdan qariyb 3 mlrd so‘m ajratdi

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev xodimlarini rag‘batlantirish uchun viloyat byudjetidan 3 mlrd so‘mga yaqin pul ajratgani haqida xabarlar tarqaldi. Hokimning matbuot kotibi Behzod Qobulov vaziyatga izoh berdi.

Qobulovga ko‘ra, mazkur mablag‘lar hokimlikning 144 nafar apparat va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlariga, Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati hamda “Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armasi” xodimlariga joriy yilning 2-yarim yillik ish haqlariga teng muvofiqlikda ajratilgan. 

“Xodimlarni rag‘batlantirish mezonlari mavjud bo‘lib, har oyda xodimlarning faoliyat samaradorligi7 ta yo‘nalishda baholanadi, bunda ijro va mehnat intizomi inobatga olinadi.  Ajratilgan mablag‘lar davlat rahbarining tegishli topshiriqlariga asoslanib, respublikamizda davlat boshqaruv organi xodimlarining ish haqlari muvofiqlashtirilguniga qadar to‘lanishi nazarda tutilgan”, deydi hokimning matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil bahorda Zoyir Mirzayev Navro‘z bayrami sayillarini tashkil etish uchun 620 million so‘m pul sarflagandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
8
0
xs.uz

Andijonda “Mebel kompleksi” kichik sanoat zonasi tashkil etilmoqda

Vazirlar Mahkamasining 'Andijon viloyatida mebelsozlikni rivojlantirishni yangi sifat bosqichiga olib chiqish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi.Hujjat bilan Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanidagi Uygʻur mahallasi hududida mebel mahsulotlari ishlab chiqarish, koʻrgazma-savdo obyektlari va boshqa obyektlar 'klaster' usulida joylashgan 'Mebel kompleksi' kichik sanoat zonasini (KSZ) tashkil etish koʻzda tutilgan.KSZni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatla

16 Jul 13:08
 
117
0
xs.uz

Toshkentda issiq suv quvuri yorilib ketdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida issiq suv quvurida avariya yuz bergani tasvirlangan video tarqaldi. Mirobod tumani hokimligi hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, holat gidravlik sinov vaqtida 'Fayziobod GAI' hududida roʻy bergan va shu joyning oʻzida barcha choralar koʻrilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.Qoʻshimcha qilinishicha, ayni kunlarda Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlarini gidravlik sinovdan oʻtkazish ishlari davom etmoqda.'20-iyundan 2-avgustgacha T

26 Jul 15:25
 
61
0
xs.uz

Anhor bogʻida rejalashtirilgan “lenta-shou” bekor qilindi

Oʻrganishda parkdagi Amfiteatrda 'lenta-shou' uyushtirilishi, bunda animatorlar lentalarni aylantirib, tomosha koʻrsatishi, osmondan lentalar yogʻdirishi aniqlangan.Vazirlik tashkilotchilariga bu kabi shoular atrof-muhitning ifloslanishiga sabab boʻlishi, ekologiya uchun zararli ekanini tushuntirganini taʼkidlagan va 'lenta-shou' bekor qilinib, blogerlar tomonidan tarqatilgan videolar oʻchirtirilgan.Vazirlik xiyobonlar, dam olish maskanlari, koʻngilochar obyektlar mutasaddilarini yuqorida

26 Jul 10:20
 
41
0
qalampir.uz

Yil boshidan beri noqonuniy ov qilgan 300 ga yaqin kishi jazolandi

2024 yilning birinchi yarmida ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzish bilan bog‘liq 298 nafar shaxsga nisbatan 957 mln so‘mlik jarima belgilandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi”ning Andijon, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari bo‘linmalari tomonidan ov yo‘llanma