calendar 26 Jul 10:20
eye 45
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yil boshidan beri noqonuniy ov qilgan 300 ga yaqin kishi jazolandi

image

2024 yilning birinchi yarmida ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzish bilan bog‘liq 298 nafar shaxsga nisbatan 957 mln so‘mlik jarima belgilandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi”ning Andijon, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari bo‘linmalari tomonidan ov yo‘llanmalarining to‘liq qaytarilishi nazoratga olinmagani ma’lum bo‘lgan. Oqibatda ovchilar tomonidan 2020-2022 yillar davomida jami 9690 ta ov yo‘llanmalari “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablariga zid ravishda foydalanilganidan so‘ng qaytarilmagan. Buning ortidan ov yo‘llanmalaridan takroriy foydalanish hamda noqonuniy ov qilishga sharoit yaratib berilgan.

Ekologiya vazirligi fuqarolardan kelib tushgan ko‘p sonli murojaatlar asosida birlashmaning Sirdaryo viloyati bo‘limi faoliyatini o‘rganganida esa ov xo‘jaligining ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnomasi amal qilish muddati 2022 yil 31 dekabrda tugagan bo‘lsa-da, xo‘jalik tomonidan 2023 yil davomida 25 ming bosh hayvonlarni ovlash uchun noqonuniy yo‘llanmalar sotilgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunning 23-moddasi talablariga zid ravishda 20 ta holatda mazkur xo‘jalik tomonidan sotilgan ruxsatnoma asosida ovchilar tomonidan taqiqlangan muddatlarda 49 ta yovvoyi qush ovlangan.

Shunday qilib, 2024 yilning I va II choraklarida ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzish bilan bog‘liq 287 ta holatda 298 nafar shaxsga nisbatan 957 mln so‘mlik jarima belgilangan. Taqqoslash uchun, 2023 yildagi nazorat tadbirlarida respublika bo‘yicha ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzish bilan bog‘liq jami 997 ta holat aniqlangan va 995 nafar shaxsga nisbatan 1,7 mlrd so‘mlik choralar ko‘rilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 09:46
 
64
0
qalampir.uz

Isroil elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunladi

Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Zeavit Ben-Hillel o‘z missiyasini yakunlayapti. Bugun, 18 iyul kuni u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. "Elchi xonimning faol hamkorligi va davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga  qo‘shgan salmoqli hissasini, ilg‘or tashabbuslarini yuksak baholaymiz hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar t

28 Jul 02:32
 
120
0
xs.uz

Toshkentda shifokorlarni kaltaklagan “mushtumzoʻr”larga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Avvalroq Toshkent shahri Sergeli tumanida ikki nafar shifokor bemor va uning tanishlari tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.Bildirilishicha, Toshkentdagi 1-son shahar klinik shifoxonasida ikki nafar shifokorga tan jarohati yetkazgan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchilar protsessual ta

18 Jul 10:21
 
88
0
qalampir.uz

Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Ilhom O‘tkurovich Haydarov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi. Ilhom Haydarov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Favqulodda va muxtor elchisi (2006-2009 yillarda) lavozimlarida ishlagan. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirid

19 Jul 12:22
 
87
0
qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy”ga sud hukmi o‘qildi

Bugun, 19 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Zafarovich Qudratullayev ishini ko‘rib chiqish yakunlanib, sud hukmi o‘qildi. Bu haqda sud zalidan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi. Sud hukmiga ko‘ra, Baxtiyor Qudratullayev ba’zi moddalar bo‘yicha aybsiz deb, ba’zi moddalarga ko‘ra esa aybli deb topilgan. Sud unga uzil-kesil 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Baxtiyor Q