calendar 16 Jul 21:39
eye 113
comments 0
comments Manba: xs.uz

Turizm sohasida oliy taʼlim toʻrt yillikdan uch yillikka oʻtkaziladi

image
Qayd etilishicha, shu yil 3-iyun kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishi hamda tadbirkorlar bilan muloqotda berilgan topshiriqlar va bildirilgan takliflar asosida soha rivojiga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Xususan, xorijiy turistlarni yurtimizga jalb qilish uchun turizm tashkilotlarini aylanma mablagʻ bilan taʼminlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 50 million dollar qiymatida alohida kredit liniyasi ochilmoqda. Bu kreditlar milliy valyutada yillik 17 foiz stavkada, 2-yillik imtiyozli davr bilan 10-yilga ajratiladi.

Salohiyati yuqori boʻlgan joylarda master-rejalar asosida turizm maskanlari barpo etiladi. Bunday hududlar infratuzilmasini yaxshilash uchun joriy yilda respublika byudjetidan 100 milliard soʻm yoʻnaltiriladi. Shuningdek, ularning har biriga 50 million dollar miqdorida investitsiya jalb qilinadi.

Turizm sohasidagi tadbirkorlar uchun qator yengilliklar ham nazarda tutilmoqda. Ular orasida avtobus va mikroavtobuslarni bojxona bojidan ozod etish, turoperator va hunarmandlarning xalqaro yarmarkalardagi xarajatining 50 foizini qoplab berish, xorijiy mehmonlar ishtirokida biznes tadbirlar tashkil qilgan tadbirkorlarning foyda soligʻi 50 foizga kamaytirish kabi choralar bor.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonning milliy turizm brendini yaratish zarurligini taʼkidlagan edi. Shunga muvofiq, maqsadli bozorlar talablaridan kelib chiqib, yurtimizdagi turizm turlari toʻgʻrisida kontentlar yaratiladi. Ular xalqaro media va ijtimoiy platformalar, jahon sport va sanʼat tadbirlarida targʻib qilinadi. Bunga auditoriyasi katta boʻlgan xorijiy jurnalist, bloger va inflyuenserlar ham jalb qilinadi.

Sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida barcha avia, temir yoʻl va avtobus qatnovlari haqida maʼlumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma ishga tushiriladi. Avia, temir yoʻl va avtobus chiptalarini kamida olti oy oldin savdoga chiqarish tizimi joriy qilinadi. Umumxalq bayramlari kunlarida qoʻshimcha aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi. Bular haqda muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boriladi.

Soha uchun mutaxassislar tayyorlash masalasi ham muhim. Kelayotgan oʻquv yilidan boshlab, bu borada ham qator yangiliklar moʻljallanmoqda.

Jumladan, turizm va mehmonxona xoʻjaligi sohasida oʻquv dasturlari jahon reytingida birinchi 100 talikka kiruvchi taʼlim muassasalarining tajribasi asosida takomillashtiriladi. Bu sohada oliy taʼlim toʻrt yillikdan uch yillikka oʻtkaziladi. Talabalarga bir vaqtning oʻzida ixtisosligi boʻyicha ishlab, kasbiy koʻnikmalarini bevosita ish joylarida rivojlantirish imkoniyati yaratiladi. Andijon, Buxoro, Samarqand va Urganch davlat universitetlari, Sharqshunoslik, Jahon tillari va 'Ipak yoʻli' oliygohlarida gidlarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi.

Davlatimiz rahbari bu chora-tadbirlar boʻyicha hujjat ishlab chiqib, ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
40
0
qalampir.uz

Qamchiq dovonida Equinox yonib ketdi

 “Vodiy-Toshkent” yo‘lida Equinox rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda “Qamchiqavtoyo‘l ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish korxonasi” xabar berdi. Qayd etilishicha, voqea bugun, 24 iyul kuni soat 12:55 da A-373 “M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining 254.6-kilometri qismi “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida sodir bo‘lgan.  Harakatlanib kelayotgan Equinox rusumli avtotranspor

26 Jul 10:21
 
38
0
xs.uz

Tojikiston Prezidenti ham Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan 24-iyul kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotida Oʻzbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari'koʻrib chiqildi.Tojikiston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sogʻlik va oilaviy baxt-saodat, birodar Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq t

26 Jul 10:21
 
34
0
xs.uz

Toshkent, Buxoro va Namanganda zargarlik markazlari tashkil etiladi

Farmonga koʻra:2025-yil 1-yanvargacha zargarlik markazlarini tashkil etish uchun davlat koʻchmas mulk obyektlarini yaxlit mulk sifatida yoki lotlar (qismlar va xonalar)ga boʻlgan holda tadbirkorlik subyektlari va tijorat banklariga uzoq muddatli ijaraga yoki mulk huquqi asosida, qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash shartlarida realizatsiya qilish choralari koʻriladi.Farmonga muvofiq tashkil etiladigan zargarlik markazlaridagi ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni kechiktirib toʻlash s

26 Jul 10:20
 
34
0
qalampir.uz

Farg‘onada 7,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalangan korxona aniqlandi

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida 7,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi. Bildirilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi hamda gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida  tadbir o‘tkazilgan. Natijada Marg‘ilon shahrida faoliyat yurit