calendar 26 Jul 10:20
eye 38
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Farg‘onada 7,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalangan korxona aniqlandi

image

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida 7,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.

Bildirilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi hamda gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida  tadbir o‘tkazilgan. Natijada Marg‘ilon shahrida faoliyat yuritayotgan “Sh.I.D.” MCHJning qurilmalari gaz hisoblagichdan tashqari, to‘g‘ridan to‘g‘ri tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra davlat manfaatlariga 7 mlrd 143 mln so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Andijon shahrida alyuminiy mahsulotini qayta ishlab chiqarish sexi salkam 7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangandi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 18:37
 
68
0
qalampir.uz

Nazarbekov reklama qilgan do‘kon jarimaga tortildi. Vazir esa aybsiz

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ishtirokida kiyimlar do‘koni reklamasi tarqalgani va holat Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan o‘rganila boshlagani xabar qilingandi. O‘rganish natijasida kiyim do‘koni jarimaga tortildi, vazir esa aybsiz deb topildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi. Bildirilishicha, qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan tegishli

18 Jul 19:36
 
121
0
qalampir.uz

Andijonda 47 ta g‘alla maydoniga o‘t qo‘ygan shaxslar jarimaga tortildi

Andijon viloyatida 47 ta g‘alla maydoniga o‘t qo‘ygan shaxslar jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, o‘tkazilgan reyd tadbirida ogohlantirishlarga qaramay Izboskan tumanidagi g‘alladan bo‘shagan 47 ta maydon yoqib yuborilganligi aniqlangan. Holat yuzasidan 35 nafar huquqbuzarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 88-moddasi (Atmosfera havosini m

18 Jul 18:24
 
98
0
xs.uz

Fargʻonada maʼnaviyat festivali

Fargʻona viloyati hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, 'Maʼrifat' targʻibotchilar jamiyati hamkorligida oʻtkazilayotgan tadbirlar doirasida viloyat boʻylab poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli ijodkor va sanʼatkorlar, olimlar ishtirokida turli uchrashuvlar tashkil etilmoqda.' Festival davomida 'Vatan madhi' konsert dasturi, 'Mutolaa marafoni', 'Eng maʼnaviyatli mahalla' tanlovi, 'Maʼrifat tur', 'Ziyolilar forumi',

22 Jul 10:35
 
52
0
qalampir.uz

Samarqandda xaker yigit mashhur tadbirkorlarni chuv tushirdi

Samarqand viloyatida mashhur tadbirkorlarning Telegram akkauntlaridan foydalanib, ularni katta pulga chuv tushirgan 20 yoshli yigitga 1 yil 7 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi berildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, yigit tadbirkorlarning ismi bilan sahifa ochgan va profillarga ularning fotosuratlarini joylashtirgan. Shundan keyin o‘sha tadbirkorlarning qo‘l ostida ishlayotgan xodimlarning kontaktlarini topgan. “Avvaldan ta