calendar 24 Aug 17:26
eye 12
comments 0
comments Manba: xs.uz

Mashaqqatli va sharafli yoʻl

image


Mustaqillik ' taqdirimizda

Yaqinda Samarqand va Jizzax viloyatlarida mustaqilligimizning 33 yilligiga bagʻishlab 'Bir boʻlsak ' yagona xalqmiz, birlashsak ' Vatanmiz!' shiori ostida oʻtkazilgan festivallarda ishtirok etdik. Olim, shoir-u yozuvchi va sanʼatkorlardan tashkil topgan targʻibot guruhi safida tuman, mahalla, xonadon, korxona va tashkilotlarda boʻlib, ishchi-xizmatchi, turli soha mutaxassislari, fermer va tadbirkorlar, yoshlar, ayniqsa, keksa onaxon-u otaxonlar bilan gurunglarimiz samimiy kechdi.

Bolaligi Ikkinchi jahon urushi davrida, front ortidagi ogʻir mehnat bilan oʻtgan, keyinchalik urush asoratlarini tugatish mashaqqatlariga chidagan, oʻz eʼtiqodini oshkor qilolmay yashirinib namoz oʻqigan, roʻza tutgan, qayta qurish niqobi ostida yurtimiz boyliklarini talon-toroj etgan sobiq ittifoq korchalonlari-yu 'desantchilar' zulmini totgan kayvonilar bugungi shukuhli onlarning asosi boʻlgan ozodlikni oʻzgacha qadrlaydi. 'Uch avlod' uchrashuvlarida istiqlol poydevorini tiklab, yosh mustaqil davlat qaddini mustahkam tutib, dunyo mamlakatlari orasida tenglar ichra teng boʻlishiga oʻz mehnati bilan hissa qoʻshgan va bugunga kelib keksalik gashtini surayotgan bu tabarruk insonlar 'mustaqillikning yoʻli ogʻir va sharafli' deganlarida beixtiyor oʻylanib qoldim.

Rost, oʻtgan yaqin tariximizda bunga misol boʻladigan dalillar oz emas. Mustaqillik eʼlon qilinganda kamina endigina universitetni tamomlagan edim. Taʼlimning uchinchi bosqichidayoq koʻplab tengdoshlarim qatori gazeta tahririyatiga ishga kirganimdan, oʻzbek tili davlat tili maqomini olishi uchun kechgan harakatlarda ishtirok etib, yurt istiqlolini intiq kutgan yoshlar safida boʻlganimdan gʻururlanaman, albatta. Mustaqillikni qoʻlda tutib qolish, uni yanada mustahkamlash xalqdan kuchli iroda va koʻp mehnat talab qilardi. Bizning avlod shu muqaddas yumushda kattalarga kamarbasta boʻldi, desam, ayni haqiqat.

Yurt chiroy ochgani sari koʻngillarimiz toʻlishib, tongday yorishib bordi. Axir Oʻzbekistonning dunyo hamjamiyatida munosib oʻrin egallab, erkin va farovon jamiyat qurish masalasi xalqimizning asriy orzusi emasmidi?! Ammo taassufki, oradan oʻnlab yillar oʻtsa-da, oʻsha mustabid tuzum davridan qolgan ayrim muammolar oʻz yechimini topolmay kelayotgani sir emasdi. Oʻylaymanki, ularni bu oʻrinda sanab oʻtishga hojat yoʻq. Chunki koʻpchilikning boshidan oʻtgan. Oxirgi oʻn yillikda ana shunday salbiy holatlar bosqichma-bosqich bartaraf etilgani suhbatlarda bot-bot tilga olindi.

Xususan, milliy teatrdagi, qolaversa, kino va hujjatli filmlardagi qator oʻziga xos rollari orqali tomoshabinlarga ancha tanilgan iqtidorli aktyor Oʻtkir Mengliyev qiziq bir voqeani aytib berdi. U oʻzi faoliyat yuritayotgan milliy teatrning 100 yillik yubileyi sabab Toshkentga doimiy roʻyxatga oʻtish baxtiga muyassar boʻlgan ekan. Oʻshanda Bosh vazir shaxsan teatr jamoasi bilan uchrashib, yubileyga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishgan va sanʼatkorlardan qanday muammo, taklif va mulohazalar borligini soʻragan. Hamma mum tishlagandek jim oʻtirganda, Oʻtkir yurak yutib: 'Ijod qilishimiz uchun yaratilgan shart-sharoitlardan nolimaymiz. Ammo boshqa bir masala biz, yosh aktyorlarni qiynab kelyapti. Masalan, oʻzimdan qiyos, uyim bor, lekin birovning nomida. Mashinam bor, u ham bir tanishimning nomiga rasmiylashtirilgan. Farzandlarimning maktabga qatnashi ham oson kechmayapti. Chunki Toshkentda doimiy 'propiska'miz yoʻq. Oʻz uyimda oʻzimni begonadek his etaman. Goʻyoki erta yo indin qishlogʻimga badargʻa qilib yuborishadigandek koʻnglim notinchhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end' deydi. Shunda Bosh vazir teatr direktoriga yuzlanadi va qancha 'propiskasiz yosh kadrlar' borligini soʻraydi.

Eng achinarlisi, Bosh vazir nazoratida turib ham nomlari taqdim qilingan 20 nafar aktyorning poytaxtga doimiy roʻyxatga olinishi sansalorlikka solinadi. Yubiley tantanalari vaqtida topshiriq oʻlda-joʻlda bajarilganidan voqif boʻlgan Bosh vazir qatʼiyat bilan ijro toʻliq ado etilishini talab qiladi. Natijada yigirma nafar yosh oilaning orzu-armonlari ushalib, nafaqat ularning egalik huquqi tiklangan xonadonlarida, balki ota-onalari, ogʻa-ini, opa-singillari yashayotgan shahar, qishloq, ovullarda ham toʻy boʻlib ketadi. Jigarlari vatanli boʻlgani qavm-u qarindoshlarni ham shunchalik suyuntiradi.

Nazar solsam, davrada oʻtirgan yosh yigit-qizlarning yuz-koʻzida hayrat ifodasi: 'Propiska' qilishga shuncha vahimami? Ana Davlat xizmatlari markaziga bor, darrov masala hal!'

Bugungi yoshlar uchun bu muammo ana shunaqa oson hal etilmoqda. Hozir bu yoshlarimiz uchun chetga chiqish ham, xorijda biror qarindoshi yashayotgani uchun davlat idorasiga ishga joylashish ham muammo tugʻdirmaydi. Ular Mustaqillikning sharafli yoʻlidan olgʻa borishmoqda!

Uchrashuvlarda yuragi uygʻoq insonlar mavzusi oʻlaroq 'Menga Vatan nima berdi deb emas, men unga nima berdim, nima beryapman?' deb yashash, shunga monand saʼy-harakat qilish lozimligi koʻp takrorlandi. Bunday fikr qilsak, hamma kasb egasi ham ishlab chiqarish sohasiga daxldor emas ' moddiy neʼmat yaratmaydi, urugʻ sochmaydi, nihol ekmaydi, demak, hosil olmaydi. Ammo har kim oʻz kasb-korini sidqidildan bajarsa, el-yurt taraqqiyotiga, shaʼniga munosib hissa qoʻsha oladi. Sanʼatkor, shoir, adib, musavvir, oʻqituvchi, shifokor, ayniqsa, sportchilar bu borada yalovbardor.

Fransiyada boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiadada hamyurtlarimiz quchgan zafarlar bunga yaqqol misol. Bugun dunyo hamjamiyatida Oʻzbekiston nomi oʻzgacha yangrayapti. Mamlakatimizning bu olamshumul gʻalabasi islom olami, turkiy davlatlar va Markaziy Osiyo hududida keng bayram qilindi. Eng muhimi, dunyoning maʼlum bir boʻlagi bu yutuqlarni oʻziniki kabi qabul qildi. Oʻgʻil-qizlarimiz Olimp choʻqqisiga magʻrur qadagan bayrogʻimiz sportning tinchlik elchisi sifatida mamlakatni jahonga mashhur etishda tengsiz vosita ekaniga yana bir bor dalolat boʻldi.

Bu ' birgina sport sohasidagi faxr ulashgan muvaffaqiyatlarimiz. Xalqaro ilm-fan olimpiadalarida millatimiz aql-tafakkurini dunyoga namoyon qilib, shoda-shoda oltin-u kumush medallar olib kelayotgan farzandlarimiz yutuqlari ham buyuk ajdodlarimizga munosib yangi avlod voyaga yetayotganidan dalolat. Ha, ilm-maʼrifatga, adabiyot va sanʼatga eʼtibor ' ota-bobolarimiz yoʻli, jadidlarimiz yoʻli. Shu tufayli qadim akademiyalarimiz va madrasalarimizning zamonaviy 'izdoshlari' sifatida turli fan akademiyalari, universitetlar ochilmoqda. Oʻshlarni kitobga, kitobxonlikka jalb etish uchun davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mashinalar sovgʻa qilinmoqda. Aytish mumkinki, mustaqillik yoʻli ana shunday mashaqqatli va sharafli!

Inson ong-u tafakkuri har xil mayda-chuyda oʻy-xayollardan, nafs qutqusidan ozod boʻlmas ekan, koʻksiga chinakam istiqlol shamoli tegmaydi. Ayniqsa, bugungi qalqib turgan dunyoda har bir yurtdoshimiz Vatan mustaqilligi bizlar uchun yer osti, yer usti boyliklarimizdanda aziz, bebaho gavhar ekanini anglab, uni koʻz qorachigʻiday asrab-avaylashlari shart. Odamlarimiz 'Birlashsak ' Vatanmiz!' deb yurtimizni har doimgidan koʻra koʻproq sevishi, uning ravnaqiga yakdillik bilan hissa qoʻshishi, qadriyatlarimizni hamjihatlikda asrashi, bu yoʻlda maʼrifat yalovini baland koʻtarishi zarur. Bugun har doimgidanda uygʻoq qalb bilan atrofga nazar solib, Vatan istiqbolini shaxsiy manfaatlardan ustun qoʻysakkina, jadid bobolarimiz orzu qilgan ozod va obod kelajakka, binobarin, uchinchi Uygʻonish poydevoriga bir tosh qoʻygan boʻlamiz.

Sirojiddin RAUF,

'Sharq yulduzi' va 'Звезда Востока'

jurnallari bosh muharriri.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 16:45
 
66
0
xs.uz

AQSHda 38 yoshli oʻzbekistonlik ayanchli YTH tufayli vafot etdi

Qayd etilishicha, Jamoliddin Tohirov 18 gʻildirakli 2022 Freightliner rusumli furani haydab ketayotib, nomaʼlum sabablarga koʻra ichki beton toʻsiqqa urilgan. Shundan soʻng qarama-qarshi yoʻnalishdagi barcha yoʻlaklardan oʻtib, tashqi himoya panjarasini ham yorib oʻtgan. Haydovchi voqea joyida vafot etgan. Uning jasadi mashina tashqarisidan topilgan. Taxminlarga koʻra, haydovchi oynadan otilib ketgan.Maʼlumot uchun, marhum Florida shtatining Orlando shahrida yashagan. Halokat yuzasida

22 Jul 12:08
 
61
0
xs.uz

Bitiruvchilarga diplom topshirildi

' Institutda tahsil olgan toʻrt yilni hayotimning eng baxtli onlari deb hisoblayman, ' deydi imtiyozli asosda talabalikka qabul qilinib, pedagog degan sharafli nomga sazovor boʻlgan Fariza Amonboyeva. ' Taʼlim olish bilan birga, turli tanlov va fan olimpiadalarida ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdim Bugun oʻzimning Tomdi tumanidagi olis 'Chuqurquduq' qishlogʻimga qaytib, mamlakatimiz, Yurtboshimiz bildirgan ishonchni oʻz mehnatim bilan oqlayman.Bitiruvchilarga diplomlarni to

03 Sep 21:35
 
6
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Bugun shiddatli hayotning oʻzi barchamizni yanada ulkan marralar sari daʼvat etmoqda

Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish yoʻlidagi saʼy-harakatlari qatʼiy davom ettirilishini taʼkidladi. Bu haqda Prezident Oʻzbekiston mustaqilligining 33-yilligiga bagʻishlangan tantanali bayram tadbirida soʻzlagan nutqi davomida aytib oʻtdi.Alohida kompaniyalarga berilgan monopol huquq va imtiyozlar bosqichma-bosqich bekor qilinib, barchaga teng huquqlar berilishi taʼminlanadi.Joriy yilda energetika, neft-gaz, suv xoʻjaligi, yoʻl qurilishi, temir yoʻl va aeropo

26 Jul 10:20
 
38
0
qalampir.uz

Surxondaryoda xonadonga bo‘ri kelib qoldi

Surxondaryo viloyatidagi xonadonlarning biriga kelib qolgan bo‘ri tabiat bag‘riga qaytarildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga Denovdagi xonadonlardan biriga bo‘ri kelib qolgani haqida murojaat kelib tushgan. Olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, bo‘ri Denov tumani “Ibn Sino” mahallasida yasho