calendar 03 Sep 21:35
eye 7
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Bugun shiddatli hayotning oʻzi barchamizni yanada ulkan marralar sari daʼvat etmoqda

image
Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish yoʻlidagi saʼy-harakatlari qatʼiy davom ettirilishini taʼkidladi. Bu haqda Prezident Oʻzbekiston mustaqilligining 33-yilligiga bagʻishlangan tantanali bayram tadbirida soʻzlagan nutqi davomida aytib oʻtdi.

Alohida kompaniyalarga berilgan monopol huquq va imtiyozlar bosqichma-bosqich bekor qilinib, barchaga teng huquqlar berilishi taʼminlanadi.

Joriy yilda energetika, neft-gaz, suv xoʻjaligi, yoʻl qurilishi, temir yoʻl va aeroport xizmati sohalarida 17 turdagi davlat monopoliyasini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Bu ishlar davom ettirilib, mamlakatimiz xalqaro savdo makonining ajralmas qismiga albatta aylantirilishi qayd etildi.

Yana bir dolzarb masala ' aholini munosib ish oʻrinlari bilan taʼminlashdir.

'Biz bu borada tadbirkorlarimizga tayanamiz. Shu bois, ularni qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytiramiz.

Zamonning oʻzi tadbirkorlarimizdan keng miqyosda fikrlab ish yuritishni, jahon bozorlarida raqobatdosh mahsulot yaratishni talab etmoqda. Bu yoʻlda ularga omad va yutuqlar tilaymiz.

Biz endi 37 millionlik katta xalqmiz.

Oʻzbekiston hozirgi kunda aholi soni boʻyicha jahondagi eng yirik 40 ta davlatdan biri hisoblanadi.

Bu raqamni islohotlarimiz, mehnatimiz, bilim va qobiliyatimiz bilan katta salohiyatga aylantirishimiz kerak.

Dengizga chiqish imkoniyatimiz cheklanganini inobatga olib, eʼtiborimizni kreativ sohalarga qaratishimiz, ularni jadal rivojlantirishimiz zarur. Jahonda kreativ sanoat mahsulotlari eksportidan yiliga milliardlab dollar daromad topayotgan mamlakatlar koʻp.

Binobarin, shunday mahsulot ishlab chiqarishga bel bogʻlagan ijodkor ishbilarmon-larimizni, ayniqsa, yoshlarimizni har tomonlama ragʻbatlantiramiz', dedi Prezident.

Bundan sakkiz yil oldin Markaziy Osiyo tashqi siyosatimizning eng ustuvor yoʻnalishi deb belgilandi. Shu asosda qoʻshnilarimiz bilan doʻstona munosabatlar tubdan yaxshilandi

'Barchamizning fidokorona mehnatimiz bilan xalqlarimizning barqaror taraqqiy etgan, tinchlik va hamjihatlik ruhi hukm suradigan Yangi Markaziy Osiyo haqidagi orzusi real haqiqatga aylanmoqda.

Mintaqamiz iqtisodiy oʻsish va investitsion faollik markazlaridan biri sifatida jadal rivojlanmoqda.

Bugungi noyob tarixiy imkoniyatlar asosida Markaziy Osiyoda har tomonlama sogʻlom siyosiy muhit, kelgusi avlodlar uchun erkin va xavfsiz kelajak yaratishimiz zarur.

Ayni paytda dunyoning barcha davlatlari bilan teng huquqli, oʻzaro manfaatli aloqalarimizni yangi bosqichga koʻtaramiz', dedi davlat rahbari hamda xorijiy doʻstlarimiz va hamkorlarimizga, bugungi tantanada ishtirok etayotgan diplomatik korpus vakillariga samimiy minnatdorchilik izhor etdi.

Shu kunlarda yurtimiz muhim siyosiy voqea arafasida turibdi.

27-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va hududlardagi vakillik organlariga saylovlar oʻtkaziladi.

Ushbu saylovlar yangilangan Konstitutsiyamiz belgilab bergan ijtimoiy-siyosiy muhitda, rivojlangan davlatlardagi kabi ilk bor aralash saylov tizimi asosida oʻtkaziladi.

Siyosiy partiyalar tomonidan Qonunchilik palatasiga deputatlikka nomzodlar koʻrsatishda hurmatli ayollarimizning ulushi kamida 40 foiz boʻlishi belgilab qoʻyildi.

Prezident boʻlgʻusi saylovlar xalqaro saylov standartlari va milliy saylov qonunchiligiga toʻla muvofiq holda, kuchli raqobat muhitida boʻlib oʻtishiga ishonch bildirdi hamda butun xalqimizni saylovda faol ishtirok etishga chaqirdi.

'Bugun shiddatli hayotning oʻzi barchamizni yanada ulkan marralar sari daʼvat etmoqda.

Oʻz kuchimiz va salohiyatimiz bilan barpo etgan mustaqil davlat, erkin va ozod jamiyatni yanada kuchli, yanada goʻzal va obod etish bosh vazifamizga aylanmoqda.

Bu shunday yuksak marraki, unga erishish uchun har qancha mehnat qilsak arziydi. Bu shunday buyuk, sharafli maqsadki, unga butun borligʻimizni baxsh etsak arziydi.

Men ishonaman ' barchamiz bir boʻlib, aql-zakovat, bilim va tajribamiz, kuch-gʻayratimizni ishga solib, bu ulugʻ manzilga albatta yetamiz. Yorugʻ va nurafshon kelajagimizni ' Yangi Oʻzbekistonni albatta barpo etamiz!

Bugungi imkoniyatdan foydalanib, mana shunday ezgu gʻoya atrofida birlashib, islohotlarimizni qoʻllab-quvvatlab kelayotgan, fidokorona mehnati bilan yangi hayot binosini barpo etayotgan buyuk xalqimizga farzandlik mehri bilan taʼzim qilaman.

Yashasin Oʻzbekiston Respublikasi! Yashasin Oʻzbekiston xalqi!' dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqining yakunida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
42
0
xs.uz

Vladimir Putin va Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevga tabrik yoʻlladi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tugʻilgan kuni munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tabrik yoʻlladi.Prezident matbuot kotibining'xabar berishicha, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin oʻz maktubida Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekiston ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda salmoqli yutuqlarga erishganini, jahon maydonida oʻz mavqeyini mustahkamlaganini qayd etgan.'Davlatlarimiz oʻrtasidagi str

26 Jul 11:09
 
58
0
xs.uz

Samarqandda test sinovlari yakunlandi

Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati boʻlimining xabar berishicha, oʻtgan vaqt davomida test sinovlariga jami 77068 nafar abituriyent qatnashdi. Ayrim sabablarga koʻra, qatnashishi rejalashtirilgan 7187 nafar abituriyent imtihonga kelmadi.Shu kunga qadar test sinovlarida taqiqlangan vositalarni olib kirishga uringani, jarayonda test qoidalarini buzgani (materiallarga shikast yetkazgan, vaqtida yakunlamagan), taqiqlangan vositalarni ishlatgani uchun jami 23 nafar abituriy

26 Aug 12:29
 
16
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 5 ta yangi tashkil etilgan OTM oʻz faoliyatini boshlaydi

Oʻzbekiston davlat oliy taʼlim muassasalarida 2024/2025 oʻquv yilida jami 1 million 167 ming nafardan ortiq talaba tahsil olishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova maʼlum qildi.Uning bildirishicha, oliy taʼlim sohasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida hozirgi kunda respublikada oliy taʼlim muassasalari soni

20 Jul 00:30
 
76
0
xs.uz

Toshkentda 64 yoshli ayolni mashina urib yubordi

Toshkent shahrida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida piyoda halok boʻldi. Bu haqda poytaxt YHXB axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-iyul kuni soat 20:30 larda Yunusobod tumani Ahmad Donish koʻchasida yuz bergan. Haydovchi D.R. (2004-yilda tugʻilgan, erkak) 'Spark' avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan piyoda G. Sh.ni (1960-yilda tugʻilgan, ayol) urib yuborgan.'YTH oqibatida piyoda