calendar 26 Jul 11:09
eye 46
comments 0
comments Manba: xs.uz

Samarqandda test sinovlari yakunlandi

image


Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati boʻlimining xabar berishicha, oʻtgan vaqt davomida test sinovlariga jami 77068 nafar abituriyent qatnashdi. Ayrim sabablarga koʻra, qatnashishi rejalashtirilgan 7187 nafar abituriyent imtihonga kelmadi.



Shu kunga qadar test sinovlarida taqiqlangan vositalarni olib kirishga uringani, jarayonda test qoidalarini buzgani (materiallarga shikast yetkazgan, vaqtida yakunlamagan), taqiqlangan vositalarni ishlatgani uchun jami 23 nafar abituriyent imtihondan chetlatildi.



Shuningdek, bu yilgi test sinovlarida oʻringa oʻrin kirish holatlari aniqlanmadi.

Bundan tashqari, jarayonni xavfsiz oʻtkazish uchun Ichki ishlar vazirligidan 126 nafar, milliy gvardiyadan 86 nafar, yongʻin xavfsizligidan 37 nafar, sogʻliqni saqlash tizimidan 21 nafar xodim jalb etildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 15:12
 
48
0
xs.uz

Parlament soʻrovi natijalari koʻrib chiqildi

Senatning 54-yalpi majlisida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning sifat tarkibini yaxshilash, oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrash hamda kadastrini yuritish holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari koʻrib chiqildi.Parlament soʻroviga berilgan javob orqali respublikamizda oʻziga xos, noyob, qimmatli tabiiy obyektlar va majmualarni, oʻsimliklar va hayvonlarning fondini saqlab qolish, shuningdek, tabiiy jarayonlarni oʻrganish maqsadida muhofaza etilad

11 Jul 15:12
 
102
0
xs.uz

Agar deputatlarning taklifi qoʻllab-quvvatlansa, hokimlar kengash raisligidan ketishi mumkin

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 'Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqildi.Maʼlum boʻlishicha, taklif etilayotgan qonun loyihasida viloyat, tuma

12 Jul 16:34
 
79
0
xs.uz

Mehnat sayohati xotin-qizlarni ish bilan taʼminladi

' Korxonada bir yilda 10 mln. dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi, ' deydi viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi bosh mutaxassisi Iroda Maxatova. ' Ayni paytda 1000 nafar hamyurtlarimiz samarali mehnat qilayotgan maskanda 250 ta boʻsh ish oʻrni mavjud. Tumandagi ishga ehtiyojmandlar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.Tadbir ishtirokchilari oʻzi istiqomat qilayotgan hududda jahon talablariga mos korxona borligidan xursand boʻlishdi.' Oʻzimga munosib ish izlab yurgandim, '