Vladimir Putin va Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevga tabrik yoʻlladi

Prezident matbuot kotibining'xabar berishicha, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin oʻz maktubida Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekiston ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda salmoqli yutuqlarga erishganini, jahon maydonida oʻz mavqeyini mustahkamlaganini qayd etgan.
'Davlatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, barcha yoʻnalishlarda samarali ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan shaxsiy hissangiz beqiyosdir.
Yaqinda Toshkentda oʻtgan samarali muzokaralarimizni iliq eslayman. Rossiya va Oʻzbekistonning doʻst xalqlari farovonligi yoʻlida konstruktiv muloqotni va yaqin hamkorlikni davom ettirishdan mamnunman. Sizga chin dildan mustahkam sogʻliq, baxt-saodat, farovonlik va muvaffaqiyatlar tilayman', degan Putin.
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin esa oʻz tabrigida Xitoy-Oʻzbekiston munosabatlarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratishini va Shavkat Mirziyoyev bilan mustahkam doʻstligini qadrlashini'taʼkidlagan.
'Xitoy-Oʻzbekiston munosabatlarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qarataman va Siz bilan mustahkam doʻstligimizni qadrlayman. Siz bilan birgalikda barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirish va Xitoy-Oʻzbekiston munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha saʼy-harakatlarga tayyorman. Ishonchim komil, Sizning rahbarligingizda 'Oʻzbekiston - 2030' strategiyasida belgilangan barcha maqsadlar, albatta, oʻz vaqtida amalga oshiriladi', deb yozgan Si Szinpin.
Shuningdek, bugun, 24-iyul kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali'muloqot qildi.
Suhbat avvalida Belarus rahbari Oʻzbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, koʻp millatli Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. Bundan tashqari, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qilib, davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik va masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida yangi'muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat davomida Oʻzbekiston-Ozarbayjon doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi. Ikkinchi Hududlar forumi, Hukumatlararo komissiya yigʻilishi va qator qoʻshma madaniy tadbirlarning samarali yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Prezident matbuot kotibining'xabar qilishicha, Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan qutlovlar kelishi davom etmoqda.
Bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan parlament soʻrovi yuboriladi
Yalpi majlisda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga parlament soʻrovi yuborish masalasi koʻrib chiqildi.Qayd etish joizki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, bu borada ilgʻor xorijiy tajribadan hamda zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini yanada kenga
Senat Raisi boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyati mahallalaridagi ijtimoiy masalalarni oʻrgandi
2025-yil 4-iyun kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy holat va aholi turmush darajasi, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.Ishchi guruh aʼzolari Konimex tumanidagi 'Navroʻz' mahallasini oʻrganish jarayonida mahallada 'mahalla yettiligi' tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, ayollar bandligini taʼminla
Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat toʻliq stavkada faoliyat yuritadi
Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Endi oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari va ularga biriktirilgan muassasalar, shu jumladan mahalla tibbiyot punktlari, xizmat koʻrsatayotgan aholi sonidan kelib chiqqan holda yuridik maqomga ega oilaviy poliklin
Fargʻonada fermer xoʻjaligi 1,8 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalandi
Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida fermer xoʻjaligi tomonidan 1,8 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'HET' AJ Energosavdo filiali xodimlari tomonidan Yozyovon tumanida navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazilgan. Unda 'A.A.F' fermer xoʻjaligi tomonidan ikkilamchi (kommutatsion) kuchlanish zanjirlarini qasddan uzib qoʻyib, hisoblagichdan tashqari elektr tarmogʻidan foydalanib kelinga