calendar 26 Aug 12:29
eye 16
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonda 5 ta yangi tashkil etilgan OTM oʻz faoliyatini boshlaydi

image
Oʻzbekiston davlat oliy taʼlim muassasalarida 2024/2025 oʻquv yilida jami 1 million 167 ming nafardan ortiq talaba tahsil olishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova maʼlum qildi.

Uning bildirishicha, oliy taʼlim sohasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida hozirgi kunda respublikada oliy taʼlim muassasalari soni 211 tani tashkil etadi. Ular ' 112 ta davlat, 30 ta xorijiy va 69 ta nodavlat oliy taʼlim muassasalari hisoblanadi. Yoshlarning oliy taʼlim bilan qamrovi 43 foizga yetkazildi.

2024/2025-oʻquv yilida respublikada 5 ta yangi tashkil etilgan quyidagi oliy taʼlim muassasalari oʻz faoliyatini boshlaydi:

TOP-300 oliygohlar taʼlim dasturlari asosida oliy taʼlim yoʻnalishlari 40 foizgacha maqbullashtirildi va buning natijasida 306 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi 183 taga, 645 ta magistratura mutaxassisliklari 546 taga qisqartirldi.

Maqbullashtirilgan 183 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va 546 ta magistratura mutaxassisliklari boʻyicha malaka talablari ishlab chiqilib tasdiqlandi hamda barcha oliygohlarga yetkazib berildi. Talabalarda amaliy kompetensiyalar va koʻnikmalarni kuchaytirish maqsadida kamida 15 haftalik uzluksiz malakaviy amaliyotlar oʻtkazilishi belgilandi.

2023/2024-oʻquv yilida respublika oliy taʼlim muassasalarini jami 197 319 nafar, shundan bakalavriatni 192 376 nafar, magistraturani 4943 nafar talaba tamomlagan. 2024/2025 oʻquv yilida respublika davlat oliy taʼlim muassasalarida jami 1 mln 167 ming nafardan ortiq, jumladan, ikkinchi va undan yuqori kursda 652 ming nafar, birinchi kursda 215 ming nafardan ortiq talaba tahsil olishi kutilmoqda.

Yangi oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan kelib chiqib, toʻlov-kontrakt miqdorlari 7 400,0 ming soʻmdan ' 11 250,0 ming soʻmgacha boʻlgan oraliqda belgilangan.

Natijada, amaldagi kontrakt toʻlovlari bitta talabani bir yillik oʻqitish xarajatlarining oʻrta hisobda 65,5 foizini qoplamoqda. Yetishmagan mablagʻlar oliy taʼlim muassasalarining tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushgan mablagʻlar hisobidan qoplanishi kutilmoqda. Texnika, madaniyat va sanʼat hamda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi aksariyat oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun yetishmayotgan mablagʻlarning bir qismi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilmoqda.

Bugungi kunda 112 ta oliygohda jami 338 ta talabalar turar joylari mavjud boʻlib, ularning sigʻimi 127 792 oʻrinni tashkil etmoqda. Bu yotoqxonaga ehtiyoji bor talabalarning 54 foizini qamrash imkonini beradi.

Respublika miqyosida 46 252 oʻrinli 86 ta talabalar turar joylarini barpo etish boʻyicha loyihalar amalga oshirilmoqda. 2024-yil yakuniga qadar davlat dasturida belgilangan talabalar turar joylari qurib foydalanishga topshiriladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
5
0
xs.uz

Toshkentda “psixotrop” sotayotgan shaxs ushlandi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.A. 56 dona 'Regapen' nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro A.A.ga 5,2 m

26 Jul 10:20
 
48
0
qalampir.uz

Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi

Inflyatsiyaning kutilayotgan dinamikasi va inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning kamayganligini inobatga olib, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, iyun oyida umumiy inflyatsiya yillik 10,6 foiz darajasida shakllanib, inflyatsiyaning barqaror komponentlari va meva-sabzavotlar narxlarida sezilarli pasayish kuzatilgan. Tash

20 Jul 13:04
 
57
0
qalampir.uz

Yil boshidan beri O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq shaxs qamaldi

2024 yilning dastlabki 6 oyida 10 mingdan ortiq shaxs ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi xabar berdi. Qayd etilishicha, joriy yilning birinchi yarmida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 37 179 nafar shaxsga nisbatan 29 086 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. 465 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilingan. Sudlangan shaxslar soni 29 382 nafarni tashkil etib, shundan 10 287 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 18 579 nafariga boshqa turdag

26 Aug 12:29
 
15
0
xs.uz

Homiladorlikda tishlarni davolatish mumkinmi?

Homiladorlik ' ayol organizmida katta oʻzgarishlar yuz beradigan palla. Xususan, bu davrda tishlar va milk bilan bogʻliq ayrim muammolar paydo boʻlishi mumkin.Xoʻsh, bunday paytda ayollar tishlarini davolatishi mumkinmi?Ushbu savolga oliy toifali shifokor Miravzal Irxanov javob berdi.'Homiladorlikda tishlar va milklarning yaxshi parvarish qilinishi juda muhim. Chunki mazkur holat umumiy salomatlikka ham taʼsir koʻrsatadi.Aytish lozimki, bu davrda gormonal oʻzgarishlar tufayli milk va tish