calendar 26 Jul 10:20
eye 47
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi

image

Inflyatsiyaning kutilayotgan dinamikasi va inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning kamayganligini inobatga olib, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, iyun oyida umumiy inflyatsiya yillik 10,6 foiz darajasida shakllanib, inflyatsiyaning barqaror komponentlari va meva-sabzavotlar narxlarida sezilarli pasayish kuzatilgan. Tashqi bozorlardagi narxlar dinamikasi ham import inflyatsiyasiga pasaytiruvchi ta’sir ko‘rsatishda davom etmoqda.

“Shuningdek, oziq-ovqat tovarlari inflyatsiyasining pasayishi hamda almashuv kursi barqarorligi aholining inflyatsion kutilmalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, iyun oyida sezilarli pasayishiga olib keldi. Bu esa, kutilmalar tomonidan inflyatsiyaga bosimlarni pasayib borishiga sharoit yaratadi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bazaviy inflyatsiyaning pasayuvchi dinamikasi davom etib, iyunda 5,9 foizga teng bo‘lgan va yil boshidan 2,6 foiz bandga pasaygan. Markaziy bankka ko‘ra, bu energiya tariflari o‘zgarishining ikkilamchi ta’siri kutilganidan past bo‘lganligi bilan izohlanib, inflyatsiyaning kelgusida ham pasayuvchi trendining davom etishiga ishora bermoqda.

“Markaziy bank inflyatsiyaning 5 foizlik targetiga erishishga qaratilgan nisbatan qat’iy pul-kredit siyosatini amalga oshirishda davom etadi. Bunda, asosiy stavka bo‘yicha kelgusi qarorlar inflyatsiya dinamikasi va prognozi, inflyatsion kutilmalar hamda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha kelgusi davr ma’lumotlari asosida qabul qilinadi”, deyiladi xabarda.

Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 2024 yil 12 sentyabrga belgilangan.

Ma’lumot uchun, asosiy stavka davlat va tijorat banklaridan kredit olish, omonat joylashtirish foizlarini belgilash uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi. Ya’ni banklar Markaziy bank belgilagan asosiy stavkadan kelib chiqqan holda kredit va depozit foizlarini belgilaydi.

O‘zbekistonda asosiy stavka 2023 yilning mart oyidan beri o‘zgarishsiz, 14 foizlik ko‘rsatkichda saqlanib kelayotgan edi. Markaziy bankning asosiy stavkani tushirish borasida chiqargan qaroridan kelib chiqib aytish mumkinki, yaqin orada banklarda ajratilayotgan imtiyozli kredit stavkasi ham 13,5 foizga tushirilishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston banklarida kreditlarning o‘rtacha foizi ko‘tarilgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 18:22
 
94
0
qalampir.uz

Viloyatliklarni haqorat qilgan qiz javobgarlikka tortildi (video)

Viloyatliklarni haqorat qilgan qiz javobgarlikka tortildi. Bu haqda sud jarayonida ishtirok etgan QALAMPIR.UZ muxbiri Abdurahmon Ergashev xabar berdi. Bildirilishicha, 1998 yilda tug‘ilgan S.A. 2023 yil oktyabr oyida Instagram ijtimoiy tarmog‘ida jonli efir orqali viloyatliklarni haqorat qilgan va mazkur haqoratomuz fikr yuzasidan fuqaro I.P Ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilgan. Sud jarayonida S.A. aybiga qisman iqror bo‘lib, haqiqatdan ham 2023 yilning oktyabr oyid

15 Jul 12:03
 
107
0
qalampir.uz

2,3 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irlagan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Namanganda o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulangan MCHJ rahbariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi xabar berdi.  Qayd etilishicha, Norin tumanidagi “B.M.F.” MCHJ norasmiy rahbari Sh.U. jamiyatga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexidagi uskunalarni tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, 2 mlrd 365 mln so‘mlik (2 mln 128 ming kVt•soat) elektr energiyasini o‘g‘irlagan. Mazkur holat yuzasidan Sh.U.

19 Jul 17:02
 
55
0
xs.uz

Sadir Japarov Xivani tomosha qildi – foto

Xiva shahri 1990-yilda YUNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan, 1997-yilda uning 2500-yilligi nishonlangan. Shahar 2020-yilda Turkiy dunyoning madaniy poytaxti, 2024-yilda esa Islom dunyosining turizm poytaxti boʻldi.'Ochiq osmon ostidagi muzey' sifatida tanilgan Xiva yaxlit yodgorlik sifatida Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan yagona shahar hisoblanadi. Bu yerda 120 dan ortiq meʼmoriy obidalar joylashgan.Oliy martabali mehmonlar tanishuvni 'Ota darvoza'dan boshlab, noyob 'Koʻhna ark' m

22 Jul 12:18
 
75
0
xs.uz

Samarqandda noqonuniy daraxtlarni kesish orqali tabiatga 269 million 620 ming soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi

Samarqand viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor oʻrganishlar jarayonida 'Samarqand maxsus suv drenaj' MCHJ tomonidan daraxtlarni noqonuniy tarzda kesib tashlashi oqibatida tabiatga 260 million 620 ming soʻm zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.Viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha mazkur holatda oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdor