calendar 19 Jul 17:02
eye 57
comments 0
comments Manba: xs.uz

Sadir Japarov Xivani tomosha qildi – foto

image
Xiva shahri 1990-yilda YUNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan, 1997-yilda uning 2500-yilligi nishonlangan. Shahar 2020-yilda Turkiy dunyoning madaniy poytaxti, 2024-yilda esa Islom dunyosining turizm poytaxti boʻldi.



'Ochiq osmon ostidagi muzey' sifatida tanilgan Xiva yaxlit yodgorlik sifatida Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan yagona shahar hisoblanadi. Bu yerda 120 dan ortiq meʼmoriy obidalar joylashgan.

Oliy martabali mehmonlar tanishuvni 'Ota darvoza'dan boshlab, noyob 'Koʻhna ark' majmuasi, Shergʻozixon madrasasi, Juma masjidi, 'Toshhovli' majmuasi va boshqa obidalar bilan tanishdi.



Mehmonlar sharafiga oʻzbek xalq qoʻshiqlari yangrab, teatrlashtirilgan tomosha namoyish etildi.

Shundan soʻng Nurillaboy saroyiga tashrif buyurildi.

Saroy-bogʻ majmuasi XX asr boshlarida bunyod etilgan. Majmua madrasa, 100 dan ortiq xonalar, galereyalardan iborat. Saroy xonalarini bezashda xivalik mohir ustalar bilan birga chet ellik rassom-dekoratorlar ham ishtirok etganlar, ular saroyning sharqona qiyofasiga Yevropaning modern uslubini singdirganlar.



Xiva tarixi va uning fan rivojiga qoʻshgan hissasi, shuningdek, hududning boy madaniyati va sanʼati haqidagi hikoyalar qirgʻizistonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.



'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Aug 07:03
 
21
0
xs.uz

Prezident Shuhrat Jalilovni O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotladi

Jalilov davlat idoralari va jamoat tashkilotlaridagi ko'p yillik samarali mehnati, mahalla instituti va kasaba uyushmalari faoliyatini takomillashtirish, keksa avlod vakillarini qo'llab-quvvatlashga qo'shayotgan munosib hissasi, yoshlarni tarbiyalash yo'lidagi ibratli ishlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki tufayli mukofotlangan.Tavalludining 85 yilligi munosabati bilan berilgan ushbu mukofotni Sherzod Asadov 17-avgust kuni O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov

24 Aug 17:26
 
15
0
xs.uz

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

'Oʻzgidromet' 26-28-avgust kunlari kutilayotgan ob-havo boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etdi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 daraja boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Ha

26 Jul 10:20
 
44
0
qalampir.uz

Isroil elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi

Isroilning O‘zbekistondagi elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi. Bu haqdagi tegishli ma’lumot Oliy sud portalida keltirilgan. Qayd etilishicha, Telegram-kanallaridan birida 36 yoshli fuqaro R.A. Isroilning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlagani haqida e’lon qilingan post izohiga elchiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan. Fuqaro R.A. mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman IIO FMB binosiga taklif qilinganida u IIB xodimlarining qonuniy talab

28 Jul 21:16
 
130
0
xs.uz

Ertaga havo harorati 45 darajagacha issiq boʻladi

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-26 daraja, kunduzi 38-40 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, cha