calendar 28 Jul 21:16
eye 132
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ertaga havo harorati 45 darajagacha issiq boʻladi

image
Unga koʻra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-26 daraja, kunduzi 38-40 daraja issiq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 28-33 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 20-23 m/s gacha kuchayishi chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 36-41 daraja issiq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 36-41 daraja issiq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 38-43 daraja, baʼzi joylarda 45 darajagacha issiq boʻladi.

Andijon, Namangan hamda Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 36-41 daraja issiq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 27-32 daraja issiq boʻladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
48
0
xs.uz

Firibgarlar “bir dumalab” kadastr xodimiga aylanib oldi

Maʼlum boʻlishicha, Kadastrlar palatasi Denov tumani filiali muhandisi Oʻ.N. fuqaro A.N.ning ishonchiga kirib, uning akasiga tegishli uy-joyning kadastr hujjatlarini 2 ming AQSH dollari evaziga rasmiylashtirib berishini aytib, 1 ming 800 AQSH dollari va 2,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Shu kabi yana bir holat Qumqoʻrgʻon tumanida aniqlangan. Qayd etilishicha, oʻzini goʻyoki Qumqoʻrgʻon tumani kadastr boʻlimi xodimi sifatida tanishtirgan fuqaro F.B. fuqaro

26 Jul 10:20
 
49
0
qalampir.uz

Dollar kursi yana ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,96 so‘mga oshdi va 12 634,00 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 23,61 so‘mga ko‘tarilib, 13 710,42 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 2,51 so‘mga oshib, 148,62 so‘mni tashkil etdi.

26 Jul 10:21
 
44
0
xs.uz

Ayrim sohalarda kadrlar tayyorlash tizimi 3-yillik boʻladi

Qarorga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan davlat oliy taʼlim muassasalarida turizm va mehmonxona xoʻjaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik oliy taʼlim dasturlari asosida yoʻlga qoʻyiladi va oʻquv jarayoni 'blok-modul' tizimiga asoslangan dual taʼlim shaklida tashkil etiladi.Bunda, oʻquv jarayonlarining nazariy va amaliy mashgʻulotlar ulushini:2024-yil 1-avgustdan turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan amaliyo

26 Jul 10:20
 
46
0
qalampir.uz

Toshkentda hokim yordamchisi onasini o‘lasi qilib kaltaklagani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallardan birida hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxsning o‘z onasini o‘lasi qilib kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isaxonova bilan bog‘landi. Isaxonovaning ma’lum qilishicha, joriy yilning 16 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan voqea oqi